Shifokor deontologiyasi bu nima va u qanday yo’nalishlardan iborat?


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana18.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1590750
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
. Qovuqni yuvish  
Ko’rsatmalar: qovuq funksiyasi buzilishi, dori preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli 
muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: kateterlash uchun zarur bo’lgan jihozlar singari, qo’shimcha Jane 
shpritsi, 37°C gacha isitilgan antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi). 
Bajarilishi:
1. Qovuqni kateterlash yo’li bilan bo’shating.
2. Jane shpritsi yordamida qovuqqa kateter orqali antiseptik eritmani (150—
200 ml) kiriting.
3. Kateterdan shpritsni ajratib oling, qovuqqa kiritilgan suyuqlik to’kiladi.
4. Muolajani toza suyuklik chiqquncha bir necha marta takrorlang.
5. Kateterni chiqarib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuvib, kateterni 
sterillang.
 
 
73. Nechiporenko sinamasi, Zimnitskiy sinamasi va umumiy analiz olish uchun 
siydik olish qoidalari. 
Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan 
avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor 
ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi 
kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart. 
Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy 
siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml; 


Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor 
kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat 
8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da unitazga 
siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir idish normasi 
va vaqti ifodalanadi.
 
74. Diurez - bu nima? Sutkalik diurezni aniqlash. 
diurez
— qovuq toʻlganda vaqtvaqti bilan uni boʻshatib turishdan iborat 
murakkab fiziologik jarayon; qovuq muskulining qisqarishi va sfinkterining 
boʻshashi tufayli roʻy beradi. Qovuq toʻlganda mexanoretseptorlar taʼsirotni 
nerv impulyelari orqali markaziy nerv sistemasiga yetkazadi va shu onda 
kishini siygisi qistaydi. Siydik ajratishni boshqarish markazi orqa miyaning 
beldumgʻaza qismida joylashgan

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling