Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar


Download 364.76 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi364.76 Kb.
#1439107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar

Sulfolash reaksiyasi (H2SO4 ta’siri).

Alkanlar odatdagi sharoitda sulfat kislota bilan ta’sirlashmaydi, ammo yuqori temperaturada oksidlanadi va sulfobirikmalar hosil qiladi.

Sulfolash reaksiyalari alkanlarning molekulasida uchlamchi uglerod atomi bo’lsa osonroq ketadi. Sanoatda to’yingan uglevodorodlarning sulfo birikmalari sulfolash reaksiylari bilan emas balki sulfoxlorlash va sulfo oksidlash reaksiyasi yordamida olinadi.

Sulfooksidlash reaksiyasining sxemasi:

Ikkala reaksiya ham ultrabinafsha nur va katalizator ishtirokida olib boriladi. Katalizator sifatida organik peroksid birikmalar ishlatiladi.
Sulfoxlorlash reaksiyasi radikal zanjir mexanizm bo’yicha boradi:







Alkanlarni sulfoxlorlash reaksiyasi 1934 – 1940 – yillarda Germaniyada birinchi marotaba sun’iy yuvish vositalarini olishda ishlatilgan.

  1. Kislorod va oksidlovchilar ta’siri, oksidlanish reaksiyasi

Alkanlar odatdagi sharoitda havo kislorodi bilan ham, kuchli oksidlovchilar bilan ham oksidlanmaydi. Faqat yuqori temperaturada kaliy permanganat (KMnO4) va kaliy bixromat (K2Cr2O7) ta’sirida alkanlar oksidlanib, turli xil molekulyar massadagi organik kislotalarga va karbonat angidrid (CO2) gacha parchalanadilar.
Bulardan tashqari oksi va ketokislotalar, spirtlar, aldegidlar va ketonlar ham hosil bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozomki, quyi molekulyar uglevodorodlar yuqori molekulyar uglevodorodlarga nisbatan qiyin oksidlanadi. To’yingan uglevodorodlar havo kislorodi bilan yuqori temperaturada qizdirilsa yonadi CO2 va H2O hosil bo’ladi. Masalan :

2C2H6 + 7O2 →4CO2 + 6H2O



Har qanday yonish reaksiyasi yorug’lik va ko’p miqdordagi issiqlik chiqishi bilan sodir bo’ladi.
Alkanlarning oksidlanish reaksiyasi ham radikalli mexanizm bo’yicha boradi. Dastlab alkanlar qizdirilganda bitta vodorod va erkin radikalga parchalanadi :



Gidroperoksidning oksidlanish reaksiyasi sharoitga va uning molekulasidagi uglerod atomining holatiga bog’liq. Masalan : propanning oksidlanish reaksiyasi quydagicha boradi:



Sanoatda shu usuldan foydalanib alkanlardan tarkibida C1 dan C20 gacha va bundan ham ko’p uglerod atomi bo’lgan aldegid, keton, spirt va sintetik yog’ kislotalar olinadi.


  1. Download 364.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling