Sodda gap tasnifi


Download 66.79 Kb.
bet4/8
Sana11.05.2023
Hajmi66.79 Kb.
#1453867
1   2   3   4   5   6   7   8
BOSH BO‘LAKLAR
Bosh bo‘laklar – gapning grammatik asosini tashkil etuvchi va boshqa bo‘laklarni o‘ziga tobelantiruvchi gap bo‘lagi turi. Bosh bo‘lak – kesim va ega.
Kesim. Kesim – tasdiq/inkor, mayl, zamon shaxs/son ma’nosi va shakliga ega bo‘lgan, gapning egasi haqidagi xabarni ifodalovchi bo‘lak. Nutqda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili uchun to‘liqsiz gap. Kesim qaysi turkum so‘zi bilan ifodalansa, shu turkum so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U qo‘llanishiga ko‘ra ikki xil: 1) mustaqil kesim; 2) nomustaqil kesim5.
Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradi. Mas., Karim keldi, lekin Salim kutmadi gapidagi har ikki kesim shu qo‘shma gap tarkibida ham, ajratilgan sodda gap tarkibida ham bir xil ma’noga ega. Qiyoslang: Karim keldi. Salim kutmadi.
Nomustaqil kesim. Ayrim kesim sodda gap tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’no beradi: Salim kelsamen boraman gapi tarkibidagi ergash gapning kesimi “shart” ma’nosini ifodalamoqda. Lekin qo‘shma gap sodda gapga ajratilsa, bu kesimning ma’nosi o‘zgaradi: Salim kelsa (istak). Bu – nomustaqil kesim. -sa shart mayli qo‘shimchasi, uning -sa edi, -ganda edi o‘tgan zamon ko‘rinishi, -di ham, -ganicha yo‘q, -ganicha yo‘q edi, -gan edi, -ardi, -ar ekan o‘tgan zamon qo‘shimchasi kabilar nomustaqil kesimni shakllantiradi6.


Qo‘shma gap tarkibida


Sodda gap tarkibida




Havo ochilsa, ishni boshlaymiz.


Havo ochilsa.


Kitobim bo‘lsa edi, tezda bajarar edim.


Kitobim bo‘lsa edi.


Salim kelganda edi, bir zumda hal qilar edik.


Salim kelganda edi.


U aytardi (aytsa edi), men bajarardim.


U aytardi.

Boshqa shaklli kesim mustaqil kesim sanaladi.
Kesimning ifodalanishi. Kesim ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim.
Fe’l kesim. Sof fe’l bilan ifodalangan kesim fe’l-kesim deyiladi: Men maktabga boramanPo‘lat xatni kecha yuborgan.
Ot kesim. Ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid, modal va harakat nomi bilan ifodalangan kesim – ot kesim: 1) ot-kesim: Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u – qarg‘a, biz – odam; 2) sifat-kesim: E taqsir, qissamiz uzun; 3) son-kesim: Ikki karra ikki – to‘rt; 4) ravish-kesim: O‘zlashtirishing – yodaki. 5) taqlid-kesim: Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur. 6) olmosh-kesim: Sen – mensan-u, men – senman, qissamni bayon etsam; 7) modal-kesim: Tinchlik yo‘q.
Kesimningtuzilishi. Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) sodda kesim; b) murakkab kesim.

Download 66.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling