Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Korxonalarning innovatsion yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi lozim


Download 1.5 Mb.
bet90/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

Korxonalarning innovatsion yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi lozim:

    • innovatsion jarayonlarni boshqarishning yangi usullari va yondoshuvlari asosida innovatsiyani joriy etish mexanizmlarini takomillashtirib borish;

    • iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va korxonalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan loyihalar uchun katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish va yangi mahsulotlarni yaratish;

    • innovatsiya davrining barcha bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarish – tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish;

    • korxonalarning barcha ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarida axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish.

Innovation so‘zi inglizcha bo‘lib, yangilikning kiritilishi degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda I.A.SHumpeter tomonidan berilgan konsepsiyasiga asoslanadi:
- innovatsiya – uning tadbirkorlik faoliyatida ilk bor qo‘llanilish;
- diffuziya – innovatsiyaning keng tarqalishi.
Xalqaro amaliyotda innovatsiya:

    • birinchidan ilmiy-texnik natijasi;

    • ikkinchidan yangi usullar, tashkiliy-boshqaruv shakllari, texnologiya, texnikani yaratish va uni joriy etish;

u chinchidan, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini tashkil etish tushuniladi.
12.1-rasm. Innovatsiya faoliyati sohalari


Texnik-texnologik innovatsiya – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qiladi:

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish hisobiga);

  • tijorat nuqtai nazaridan an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo‘lmagan yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish imkoniyati tufayli;

  • tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatini mavjudligi.

Innovatsiya uchta asosiy fuksiyasini bajaradi: qayta ishlab chiqarish, investitsiya, rag‘batlantirish.
Bu uch komponent innovatsiya faoliyatining asosini tashkil etadi.
Innovatsiya deganda keng ma’noda yangiliklarning rentabellik (foydalilik) darajasini oshirish uchun yangi texnologiyani qo‘llash, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatish, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, tijorat, boshqarish va boshqa sohalarda qo‘llanishini tushunamiz.
YAngilik to‘g‘risidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va yaratilishi hayotga tadbiq etilib keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni deb ataladi.
Mahsulot sifatining kompleks tizimini boshqarish metodologiyasi, mahsulot hayot davrining bosqichini tavsiya etadi:
Tadqiqot va ishlab chiqarish;
Tayyorlash;
Muomalaga chiqarish va sotish;
Ekspluatatsiya qilish va istemol.
Xalqaro amaliyot (ISO 0 004) talablariga mos ravishda mahsulotlar hayot davri kichik bosqichlarga bo‘linadi:

  1. Marketing, izlanish va bozorni o‘rganish;

  2. Loyihalash va texnologik talablar;

  3. Mahsulotni ishlab chiqish;

  4. Moddiy texnika ta’minoti;

  5. Ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tayyorlash;

  6. Ishlab chiqarish;

  7. Nazorat va sinovdan o‘tkazish;

  8. Montaj qilish va ekspluatatsiya;

  9. Texnik yordam va xizmat ko‘rsatish;

  10. Foydalangandan keyin mahsulotni chiqindiga chiqarish.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling