Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari. Maqola va uning turlari


Download 366.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana11.11.2023
Hajmi366.38 Kb.
#1766776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 Mustaqil ish

namunalari bilan ishlash
 
(rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma) 
Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume) 
16. Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga 
topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi nima 
degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda 
qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida 
ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni 
uning ismi
, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari 
va hokazo. 
17. Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday 
hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” 
deb ham atalishi mumkin
, lekin 
rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar 
tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa 
maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha 
menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi. 
Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng 
birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni 
ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume 
ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga 
tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga 
kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish 
beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi! 
Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsiy ma’lumot 
a. Ism-sharif (talab qilinadi) 
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) 
c. Jins (majburiy emas) 
d. Millat (majburiy emas) 
e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas) 
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy) 
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish. 
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini 
mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Magistraturani 
oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega. 
3. Ma’lumot 
a. Ilmiy daraja/diplom, 
mutaxassislik
, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o‘quv 
yurtining nomi, manzili (shart) 
b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas) 


c. Agar a’lo darajada bitirgan bo‘lsa, shuni ham bildirib o‘tish kerak 
ARIZA 
18. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat 
mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va 
keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi 
va talaba
, ishchi va dehqon, muhandis 
va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza 
yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy 
vazifasi turlicha ekan
, ariza 
yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, 
maktab direktoriga, oliy o‘quv 
yurti rektoriga
, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga
korxona rahbariyatiga – xullas, 
oddiy arizachining taklif
, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib 
chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. 
19. 
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u 
ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari: 
Ariza 
yo‘llangan 
muassasaning 
yoki 
mansabdor 
shaxsning 
nomi. 
Ariza yozuvchining turar joyi, 
vazifasi
, ismi, otasining ismi va familiyasi. 
Hujjatning 
nomi 
(Ariza). 
Asosiy 
matn 
(taklif, 
iltimos, 
shikoyat). 
Arizaga 
ilova 
qilinadigan 
hujjatlar 
nomi 
(agar 
zarur 
deb 
topilsa). 
Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi. 
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

Download 366.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling