Strategiyasi


Download 114.76 Kb.
bet5/11
Sana22.04.2023
Hajmi114.76 Kb.
#1381305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 (1)

8-bandi va «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, hukumatning taqdimiga asosan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilaydi. Davlat soliq qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunchiligini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni hukumatga kiritish huquqi uning Oliy Majlis bilan o‘zaro munosabatlari hukumatning ishtiroki bilan qurilishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasi Davlat soliq qo‘mitasiga nisbatan vakolatlari bo‘yicha rahbar organ hisoblanadi. Soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyotini doimiy ravishda umumlashtirishi, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlarini mazkur sohaning xususiyatli jarayonlari haqida muntazam xabardor qilib borishi lozim. Davlat soliq qo‘mitasining boshqa hokimiyat organlari, tashkilotlar bilan turli yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan o‘zaro hamkorligini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zaro hamkorlik o‘zining yuridik tabiatiga ko‘ra, huquqiy bo‘lgani holda munosabatlar predmetining o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Mahalliy hokimiyat organlari va davlat soliq organlarining o‘zaro hamkorligini tartibga soluvchi me'yorlar turli yuridik
kuchga ega bo‘lgan qator me'yoriy hujjatlarga tayanadi. Umumiy xususiyatlarga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik Konstitutsiya me'yorlarida, boshqa qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, o‘zaro hamkorlikning yanada aniq yuzaga kelishi, ko‘pincha, soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa me'yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan.Mazkur davlat tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari xususiyatiga ta'sir etuvchi obyektiv omil mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari hududning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi, mahalliy budjetlarni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlarni belgilash, budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun konstitutsiyaviy belgilanishi hisoblanadi. Bu bilan davlat hokimiyatini tashkil etishning tegishli darajalarida hal etiladigan boshqaruvning barcha masalalarida, shu jumladan, moliyaviy sohada ham yuridik vakolatlilik mustahkamlanadi.Soliq organlari va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan o‘zaro hamkorlik respublikada yagona soliq siyosatini olib borishda, soliqlar va boshqa soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning hudud budjetiga kelib tushishini ta'minlash bo‘yicha vazifalarning bajarilishi natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish orqali namoyon bo‘ladi.

2.2. Soliq tizimining tuzilishi, tarkibi va soliqlarning tasniflanishi




Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta'rif soliq tizimini keng ma'noda tushunishdir.
Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma'noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvning ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta'kidlash o‘rinli.
Qayd etilgan ta'rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya'ni «majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat, budjetga tushishini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya'ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo‘l fondlari va boshq.) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtayi nazaridan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud1.
Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga, xususan, soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmuyi) sifatida qarash mumkin emas.
Download 114.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling