Strategiyasi
Download 114.76 Kb.
|
2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi (1991-yil 15-fevral), «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
- 1997-yilda
2-Mavzu: SOLIQ SIYOSATI, UNING STRATEGIYASI VA TAKTIKASI. SOLIQ TIZIMI TUZILISHI, TARKIBI, SOLIQLARNING TASNIFI. SOLIQ FUNKSIYALARI 2.1. Soliq siyosatining huquqiy asoslari, strategiyasi va taktikasi Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti, bir tomondan, uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o‘ynaydi. Ijtimoiy siyosat, o‘z navbatida, ichki va tashqi madaniy-ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo‘linadi. Iqtisodiy siyosat ham, o‘z navbatida, moliya, pul-kredit, budjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularning yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o‘rinda soliq siyosatining mazmuniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati — bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta'minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi (1991-yil 15-fevral), «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida»gi (1991-yil 15-fevral), «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi (1993-yil 7-may) Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kabi me'yoriy hujjatlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining«Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlari o‘z kuchini yo‘qotishiga olib kelib, ayrimlarining huquqiy bazasining kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, shu kundan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to‘lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar»1. $huningdek, respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir»2. Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining $oliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan izohlanadi. Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. $oliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., «O‘zbekiston», 1992, 51-modda. 2 O‘sha manba, 132-modda. etilgan bo‘lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Download 114.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling