Strategiyasi
Download 114.76 Kb.
|
2 (1)
soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.Soliq siyosati konsepsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya'ni kam o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatining mohiyatini tashkil qiladi.Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
-mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish; -amal qilayotgan soliqlarning samarali ishlashini ta'minlovchi mexanizmni shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish; -soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularning ushbu sohadagi vazifalarini belgilash; -soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishga erishish. Yuqorida qayd qilinganidek, soliq siyosati davlat, ya'ni uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Agar ushbu vakolatli organlar hokimiyat turi nuqtayi nazaridan olib qaraladigan bo‘lsa, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Ayrim hollarda davlatning soliq siyosati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan olib boriladi, degan fikrlar uchraydi. Amalda esa soliq siyosati davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘in lari: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida kompleks tarzda amalga oshiriladi.Bu hokimiyatlar tomonidan soliq siyosati quyidagi tartibda ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta'minlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinadi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat faoliyati bilan bog‘liqdir. Ijro hokimiyati bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo‘linmalari, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, mahalliy hoki miyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo‘li bilan joriy etilgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning ishlash mexanizmini ta'minlashga xizmat qiluvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta'minlanadi. Bunda, albatta, ijro hokimiyatining bir bo‘g‘ini hisoblangan Davlat soliq qo‘mitasining soliq siyosati ijrosini ta'minlashdagi alohida o‘ringa ega ekanligini qayd etish lozim. Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o‘zgartirishlar kiritish vakolati Download 114.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling