Strategiyasi
undirib olish manbayiga qarab, ikki
Download 114.76 Kb.
|
2 (1)
undirib olish manbayiga qarab, ikki guruhga — to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya'ni budjetga o‘tkazish nuqtayi nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbayiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarni qayd etilgan guruhlarga ajratib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatishni o‘rga- nishning ilmiy va amaliy uslubidir.Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi subyektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulk- dan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi. Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga ta'sir etishiga qarab, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar.Bunday soliqlarga, asosan, egri soliqlar kiradi, ya'ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajrat- malar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar. Soliqlarning to‘g‘ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tor tish obyektiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Download 114.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling