Strategiyasi


Download 114.76 Kb.
bet4/11
Sana22.04.2023
Hajmi114.76 Kb.
#1381305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga berilgan. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatlar bo‘g‘inlari bilan birga sud hokimiyatining bo‘g‘inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar, soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida budjetga kelib tushishi ustidan nazorat o‘rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo‘llanadi.Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek, uni ishlab chiqishda soliq xizmati bilan shug‘ullanmaydigan subyektlar, aniq rog‘i soliq to‘lovchilar qatnashishi mumkin, ya'ni bunda soliq to‘lovchilarning o‘zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali tashkil etish kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Soliq solish sohasidagi davlat boshqaruvining samaradorligi ko‘p jihatdan davlat apparatining turli bo‘g‘inlari faoliyatidagi moslashuvchanlikka bog‘liq. Vakolat har bir organning o‘ziga xos rolini belgilaydi va bir vaqtning o‘zida uning boshqa organlar faoliyati bilan moslashuvini ta'minlaydi. Davlatning asosiy vazifa- laridan biri hal etilishi — budjetni to‘ldirish, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy va yuridik xatti-harakatlariga ta'sir etishning u yoki bu dastagiga ega bo‘lgan barcha davlat hokimiyati organlar faoliyatining muvofiqlashtiruvisiz mumkin emas. Ko‘pgina adabiyotlarda ta'kidlanganidek, konseptual soliq tamoyillaridan biri davlat organlarining soliq siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda birgalikdagi ishtiroki hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, asosiy iqtisodiy huquqlar va soliq to‘lovchilarning erkinligini ta'minlash qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning doimiy nazorati ostida turadi. Prezident tomonidan ularning faoliyatiga nisbatan bildiriladigan asosiy talablar bevosita soliq sohasidagi ishlarning umumiy ahvoli, uni boshqarish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar bilan belgilanadi. Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa soliqlar bo‘yicha bevosita va bilvosita vakolatga ega bo‘lgan organlar ishini muvofiqlashtirgan holda hokimiyatning ushbu sohalari soliq solish bilan bog‘liq shaxs huquqlarini ta'minlash uchun yuqori darajali javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi hamda ularning manfaatlari yo‘lida muammoli vaziyatlarning oldini olish maqsadida o‘zaro hamkorlikning barcha jihatlarini mukammal tartibga soladi.
Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-moddasi
Download 114.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling