Strategiyasi


To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan


Download 114.76 Kb.
bet8/11
Sana22.04.2023
Hajmi114.76 Kb.
#1381305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 (1)

To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘ri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo‘yiladigan tovarning iste'molchisi esa egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi.Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va h.k.) va uning mol-mulkining (yer, uylar, qimmatli qog‘ozlar va h.k.) qiymati to‘g‘ri soliqlar obyekti bo‘ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichid undiriladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z solig‘ining summasini aniq biladi.
Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi. To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi. Real soliqlar soliq to‘lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (yer, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to‘lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o‘rtacha daromadliligini hisobga oladi. $oliqqa tortish obyektiga qarab, quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha daromadliligi asosida amalga oshiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bunday soliqlar regressiv tusga egadir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi
Download 114.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling