Strategiyasi
Download 114.76 Kb.
|
2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy soliqlar
- . Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan
- Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan shaxs aslida soliqni yig‘uvchi
shaxsiy soliqlarga o‘tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo‘lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida, asosan, sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan.Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbayida yoki deklaratsiya bo‘yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda obyekt (daromad, mol-mulk) har bir to‘lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va h.k.) e'tiborga olinadi. Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o‘z huquqlarini da'vo qilish bilan aslida yangi qiymat taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste'mol tovarlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pulli aylanmasi, tomosha ko‘rsa
tadigan va transport korxonalarining pattalari hamda shu kabilar soliqqa tortish obyekti bo‘ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.Xaridor-iste'molchi egri soliqlarning to‘lovchisi bo‘ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan shaxs aslida soliqni yig‘uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo‘shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo‘lganida va talab barqaror bo‘lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to‘lanadi. Egri soliqlarning asosiy to‘lovchisi pirovard oqibatda iste'molchilar bo‘lishadi.Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o‘z daromadlarining miqdoridan qat'i nazar, bunday soliqlarni to‘laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo‘lgan tovarlarni iste'mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.Egri soliqlarning stavkalari qat'iy (tovar o‘lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo‘ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko‘proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko‘payadi. $oliq stavkalari oshirilishi tovarlar narxidagi hissasining ortishiga olib keladi.Egri soliqlar aksizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o‘z ichiga oladi. Aksizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va h.k.) va universal (qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshq.) turlarga bo‘linadi. Ular, asosan, xo‘jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.Soliqlarning ayrim turlari nisbati jamiyat rivojlanishiga qarab o‘zgardi Download 114.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling