11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Download 85 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza


11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez.


Reja:

1. Urg'ochilik jinsiy organlari.


2. Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o'zgarishlari.
3. Gametogenez jarayonining gormonal boshqarilish.
4. Jinsiy hujayralaraing rivojlanishi.


Tayanch so’zlar: proliferasiya, vaskulyarizasiya, bezli metamorfoz, ravnaq topish bosqichi, sariq tana, progesteron, aks ravnaq bosqichi, tuxumdon.

Urg'ochilik jinsiy organlari. Urg'ochilik jinsiy sistemasi bir juft (uxiimdon, bachadon nayi, bachadon, qin va tashqi jinsiy a'zolardan iborat.


'I'uxumdon. Tuxumdon ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, tuxum hujayrani yetishtirib chiqarsa, ikkinchidan, jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi.
Tuzilishi. Tuxumdonlar bir juft bo'lib, oval shaklda bo'ladi. Uning ustki qismi epiteliy to'qimasi bilan qoplangan. Epiteliy ostida tolali, yoki oqsil pardali biriktiruvchi to'qima qatlami joylashgan. Bu to'qima parda ostiga kelib, tuxumdon stromasiga aylanadi. Bular fibrillardan iborat bo'lib, ular orasida duksimon biriktiruvchi to'qima hujayralari joylashgan. Elastik tolalar va silliq muskul hujayralari mag'iz qismida joylashadi. Tuxumdonning po'stloq va mag'iz moddalari farqlanadi. Po'stloq moddada tuxum hujayraning rivojlanishi va gormonlarning ishlab chiqilishi jarayonlari sodir bo'ladi. Tuxumdon mag'iz qismi qon tomirlari va nerv tolalariga boy bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'ladi.
Tuxumdonning po'stloq qavatida birlamchi yoki primordial follikulalar, o'suvchi follikulalar, yetilgan (Graaf) follikulalar, sariq tana, oq tana, atretik tana joylashadi.
Oqsilli pardaning ostida, tuxumdonning periferik qismida, primordial follikulalar bir necha qator bo'lib, zich joylashgan. Balog'at yoshidan boshlab tuxumdondagi birlamchi follikulalardan Graaf follikulalari yetishadi. Birlamchi follikulalar bir qator epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Birlamchi follikula o'sib kattalashgan sari, epiteliy hujayralar ham bo'linib ko'payadi va ko'p qavatli bo'ladi. Oosit tuxum "do'ngiga" (balandligiga) joylashadi (27-28-rasmlar). Follikula kattalashgan sari, uning ichida suyuqiik miqdori ham ortib boradi. Follikulyar epitehy hujayralari oositni himoya qiladi, har xil moddalarni o'tkazmaydi, faqat kerakli moddalarni o'tkazadi.
Ovulyasiya. Ovulyasiya murakkab jarayon bo'hb, bundagipofizning lyuteinlovchi gormoni (lyutropin) muhim vazifani bajaradi. Ovulyasiya jarayonida follikula qobig'i ichki qavatining kapillyarlariga qon kelishining kuchayishi va follikul suyuqligining ko'payishi natijasida, ichki bosim ortadi va follikula qobig'i yorilib ketadi. Natijada birinchi tartibli ovosit qorin bo'shlig'iga chiqadi. Umuman, ovulyasiya mexanizmi hozirgacha to'liq o'rganilmagan. Qorin bo'shlig'iga chiqqan ovosit tuxum yo'lining voronkasimon uchlari orqali, tuxum yo'liga tushadi. Follikulaning yoiilishida proteolitik fermentlar, gialuron kislota va gialuronidaza fermenti muhim ahamiyatga ega.
Har bir ovulyasiya jarayonida odamda bitta, ba'zi sut emizuvchilarda esa 10-12 ta follikula ovulyasiyaga uchraydi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling