11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Download 85 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

Bachadon. Embrion rivojlanishi davrida bachadon qin bilan birgalikda Myuller naylarining pastki bo'limidan hosil bo'ladi. Embrion rivojlanisnining 3-oyida bu bo'limlar qo'shilib, bachadon qin kanalmi hosil qiladi. Bu kanalning distal bo'limidan qin, proksimal qismidan bachadonning bo'yin qismi rivojlanadi.
Bachadonning ikki qismi: tanasi va bo'yni farqlanadi. Bachadon devori uch qavatdan iborat: shilliq parda, yoki endometriy, muskul parda, yoki miometriy, seroz parda, yoki perimetriy.
Bachadon shilliq pardasi. Bachadon shilliq pardasi, menstruasiya va ovulyasiya davrlarida siklik o'zgarishlarga uchraydi. Ayollarning jinsiy faolligi 12-14 yoshdan 45-50 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin hayz ko'rish va ovulyasiya tugaydi. Bachadonning shilliq pardasi menstruasiya davrida destruktiv va regenerativ o'zgarishlarga uchraydi. Faqat ikkita menstruasiya o'rtasida tinch holatda bo'ladi. Bu davr interval, yoki tinch davr deyiladi.
Bachadonning shilliq qavati hilpillovchi silindrik epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, ular orasida shilliq sekret ishlab chiqaradigan bezlar, yoki kriptalar bor.Bu bezlarning sekretlari bachadonning bo'yin qismida to'planib, kuchsiz to'sqinlik hosil qiladi. Bachadonning tana va tub qismidagi bezlarning sekreti kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'lib, bachadonga tushgan spermatozoidning faol harakati uchun qulaylik yaratadi.
Shilliq qavatning epiteliy hujayrakrining ostida shakllanmagan biriktiruvchi to'qima hujayralari bo'ladi. Bundan tashqari, sitoplazmasida glikogen va ipoproteid kiritmalari bo'lgan hujayralar - desidual hujayralar bo'ladi.Bu lujayralar yo'ldoshning ona qismida ham joylashib, desidual qavatni hosil qiladi. Desidual hujayralaming ahamiyati hozircha aniq bo'lmasa-da, trofik va fagositoz funksiyalarni bajarishi qayd etilgan.
Miometriy yoki muskul parda. Bu parda qalinligi 50 mkm bo'lib, homiladorlik davrida 500 mkm gacha yetuvchi silliq muskul hujayralaridan iborat. Miometriy uch qavatdan iborat. Ichki qavati bo'ylama muskuldan tuzilgan bo'lib, sbilliq osti qavati deb ataladi, o'rta qavatida aylana muskullar joylashgan. Tashqi qavati bo'ylama muskuldan iborat bo'lib, tomir usti qavati deb nomlanadi.
Perimetriy yoM seroz parda. Bu parda bachadonni tashqi tomondan o'rab turadi. Perimetriy siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qimadan iborat. Bachadonning bo'yin qismi, oldi va yon tomoni parametriy deb nomlanadigan yog' kletchatkasidan iborat.
Bachadon bo'ynining kanali shilliq ishlab chiqaradigan silindrik epiteliy bilan qoplangan va u burmalar hosil qiladi. Bu yerda joylashgan bezlar faoliyati tufayli, bachadon bo'yni doimo sekret bilan to'lib turadi. Bu yerdagi muskullar qisqarganda bo'yin bezlari sekret ajratadi, bo'shashganda sekret bo'yinyuzasiga so'riladi. Bu esa, spermaning qindan bachadon bo'shlig'iga o'tishiga yordam beradi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling