11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o'zgarishlari


Download 85 Kb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o'zgarishlari. Graaf pufakchasi yorilgandan so'ng uning donador qavati va biriktiruvchi to'qimadan iborat qobig'i, saqlanib qoladi. Bular sariq tana beziga aylanadi. Urug'lanish bo'lishi, yoki bo'Imasligidan qaf'iy nazar, sariq tana bezi taraqqiyotida quyidagi to'rt bosqich farqlanadi:

  1. Proliferasiya va vaskulyarizasiya bosqichi Bu bosqichda oldingi sariq tana donador epiteliy qavati hujayralarining ko'payishi va iming oralariga kapillyar qon tomirlarining tez o'sib kirishi kuzatiladi.

Bezli metamorfoz bosqichida donador qavatning follikulyar hujayralari kattalashadi vaulaming sitoplazmasidalipoxrom guruhigakiradigan sariq pigment-lyutein yig'iladi. Bu hujayralar lyutein hujayralari deb nomianadi. Lyutein hujayralarning gipertrofiyasi vagiperplaziyasi tufayli, sariq tananing hajmi oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada kapillyariar shu darajada ko'pki, liar bir lyutein hujayrasini ko'plab kapillyarlar qamrab oladi.
2. Bezli metamorfoz bosqichida donador qavatning follikulyar hujayralari kattalashadi va ularning sitoplazmasida lipoxrom guruhiga kiradigan sariq pigment – lyutein yig’iladi. Bu hujayralar lyutein hujayralari deb nomlanadi. Lyutein hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi tufayli sariq tananing hajmi oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada kapillarlar shu darajada ko’pki, har bir lyutein hujayrasini ko’plab kapillarlar qamrab oladi.

  1. Ravnaq topish bosqichida sariq tana, progesteron ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon sbilliq qavatining zigataai qabul qiiishga, implantasiyaga va sut bezlarini laktasiyaga tayyorlaydi. Sariq tananing ravnaq topish bosqichi ikki xil bo'ladi. Agar urug'lanish sodir bo'lmasa, bu bosqich 12-14 kun davom etadi va bunday tana hayz sariq tanasi deb ataladi. Agar urug'lanish sodir bo'lsa, sariq tananing ravnaq topish bosqichi homiladorlikning birinchi yarmigacha davom etadi. Bunday sariq tana homiladorlik sariq tanasi deb ataladi. Bu sariq tanalar tuzilishi va vazifalariga ko'ra bir-biriga o'xshaydi. Ularning farqi, o'lchami va faoliyat ko'rsatish muddati har xil bo'ladi. Hayz sariq tanasining diametri 1,5-2,0 sm bo'lsa, homiladorlik sariq tanasining diametri 5 sm bo'ladi.

  2. Aks ravnaq bosqichida faoliyati tugagandan keyin ham homiladorlik, ham hayz sariq tanasi inqirozga, ya'ni involyusiyaga uchraydi. Bunda bez hujayralari lyutein pigmentini yo'qotib, atrofiyaga uchraydi va so'rilib ketadi. Lekin markazda joylashgan biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lgan chandiq, saqlanib qoladi va sariq tana o'rnida oq tana hosil bo'ladi. Oq tana tuxumdonda bir necha oy saqlanib, keyin so'rilib ketadi. Ba'zan unda ohaklanish sodir bo'Mb, uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Follikulalar atreziyasi. Ovogenezning o'sish davrida primordial follikulalarning ko'pchiligi (ba'zan 30%) atreziyaga uchraydi. Atreziya deganda tuxum hujayraning o'lishi va follikula o'rnida atretik tana hosil bo'lishi tushuniladi. Atretik tana balog'at yoshga yetguncha va homiladorlik davrida ko'plab hosil bo'ladi. Atretik tana sariq tanadan kichik bo'lib, uning markazida o'lgan ovositning pardasi saqlanib qoladi va atrofida interstisial (orahq) hujayralar joyiashadi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling