Strategiyasi
XIX asrda va XX asr boshida
Download 114.76 Kb.
|
2 (1)
. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab, ko‘pgina mamlakatlarda to‘g‘ri soliqlar ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to‘g‘ri soliqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib qoldi,
daromad solig‘i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ichida asosiy o‘rin tutardi. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilganimizda, to‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya'ni soliqning huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs hisoblanadi.Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi esa iste'molchilar hisoblanadi.Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, budjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. $o‘nggi yillarda to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i yalpi ichki mahsulot qiymatida biroz kamayib, egri soliqlar salmog‘i oshgan. Bu yerda hozirgi sharoitda to‘g‘ri tendensiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to‘g ridan to‘g‘ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To‘g‘ri soliqlar salmog‘i YIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasi kengayishiga, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog‘i ham ancha oshmoqda. Ular yer, suv va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘bat lantiradi, narx belgilashga ta'sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Download 114.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling