Sug'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo'llari Kirish


Sug‘urta korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish


Download 50.96 Kb.
bet4/11
Sana07.02.2023
Hajmi50.96 Kb.
#1174477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sug\'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo\'llari

Sug‘urta korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish

Bugungi kunda sug‘urta korxonalarida marketingning o‘rni kundan kunga ortib bormoqda. Sug‘urta korxonalari tomonidan mijozlar bilan ishlashga hamda ushbu korxonalarda marketing Kurs ishilarini tashkil etishga aloxida e'tibor qaratish talab etilmokda. Bunda, ma'lumki, korxonalar faoliyatida turli muammolar mavjud bo‘ladi. Sug‘urta korxonalarida marketing faoliyati va xizmatini samarali faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy muammolarni shartli ravishda ichki va tashqi muammolarga ajratish mumkin:
tashqi muammolar - korxonadan tashqarida paydo bo‘ladigan va uning ta'siridan chetda turuvchi muammolar;
ichki muammolar - korxona ichida rahbariyat va xodimlarning xatolari va kamchiliklari bilan bog‘liq xolda yuzaga keluvchi muammolar.
Korxonalarda marketing faoliyatini va xizmatini boshqarish muammolariga quyidagilar kiradi:
korxonaning aniq ishlab chiqilgan marketing strategiyasining yo‘qkligi;
malakali mutaxassislarning yetishmasligi;
aniq axborotlarning yetishmasligi va boshqalar.
Bu muammo quyidagi omillar hisobiga paydo bo‘ladi:
Deyarli barcha kompaniyalarga xos axborotning yopikligi.
Keyingi omil shu bilan bog‘liqki, ko‘pgina tashkilot rahbarlari marketingni o‘ziga katta xajmdagi resurslarni oluvchi serxarajat bo‘linma deb hisoblashadi. Bu rahbarlarning marketingni yaxshi o‘qimaganligidan emas, balki kompaniya rahbarlari va mulkdorlar (investorlar)ning turli motivatsiyaga egaligi va demak ularning “turli tillarda” gaplashishi sababli yuzaga keladi.
Zamonaviy axborot va boshqaruv texnologiyasi marketingni yangi modelidan foydalanishga olib keladi. Avvalambor, bu munosabatlar marketingi yoki ma'lumotlarsiz marketingdir. Biznesni boshqarishda zamonaviy va istikbolli marketing konsepsiyalaridan biri bo‘lib munosabatlar marketingi hisoblanadi. Munosabatlar marketingi ikkita konsepsiya - xaridorlarni egallashga va ularni saqlab qolish konsepsiyasiga asoslanadi.
Ushbu jarayon uchta asosiy holatni ochib beradi:
1.Munosabatlar marketingi strategiyasi korxonaning makro va mikro- muhitidagi o‘zgarishlari bilan tashqi bozorning o‘zaro munosabatlarining keng jarayoni bilan bog‘liq.
2.Munosabatlar marketingi muvaffakiyatga erishish uchun tashqi marketing rejasida muhim bo‘lgan ichki o‘zaro munosabatlarga mo‘ljallangan.
3.Korxonani boshqarishda sug‘urta jarayonlarini yaxshilash iste'molchilar manfatlarini to‘liq hisobga olishga asoslanadi.
Munosabatlar marketingi tizimini yaratish marketing maqsadlarini amalga oshirishda yangi texnologiyalarni qo‘llashdan iborat. Bu korporativ va marketing maqsadlari ustuvorligini o‘zgarishida paydo bo‘ladi.
Marketing kompaniyaning xarakteri, roliga ko‘ra turli xususiyatlari orqali o‘z ifodasini ko‘rsatadi.
Marketologlar korxonani kelajakda uzoq muddatli o‘sishiga va gullab- yashnashiga, uning daromadlarini oshirishga intiladi. Ularning vazifasi bozorni tadqiq etish hamda kelgusi 7-10 yilga talab va tendensiyalarni aniqlashdan iborat. Bunday vazifalarni hal etish ishlab chiqarish va siljitishning yangi texnologiyalariga, ishlanmalar va Kurs ishilarga investitsiyalarni talab etadi. Xarajatlarning asosi bo‘lib kompaniyaning
raqobatli ustunliklariga va xaridorlarning moyilligiga erishish xizmat qiladi.
Marketologlar tomonidan o‘rganiluvchi kompaniya haqida xabardorlik raqobatli ustunliklar yoki bozor ulushi kabi ko‘rsatkichlar hyech kachon rahbariyatning kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi moliyaviy tasavvurlari bilan kesishmaydi.
Shuning uchun marketologning marketing xizmatini tashkil etish va boshqarishga, marketing strategiyasini ishlab chiqishga investitsiya sarflashga har qanday urinishi rahbariyat tomonidan joriy yilda kompaniya foydasini kamaytiruvchi xarajatlar deb baholanadi, bu esa ularning shaxsiy daromad va dividendlar summasini kamayishini anglatadi.
Korxonada marketingni muvaffaqiyatsizligiga olib keluvchi yana bir omil shundan iboratki, hozirgi kunda marketologlar sarmoyalarni foydaliligini ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkichlar va tushunchalar yordamida rahbariyatni xarajatlarning moliyaviy oqlanganligiga ishontira olmaydilar. Bulardan kelib chikib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: marketologlar iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va moliyaviy terminlarni ishlatib, o‘z takliflarini asoslashni o‘rganishlari lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar ularni marketing strategiyalarini — kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishini va, aloxida biznes yo‘nalishlarni to‘ldirishi zarur hamda korxona menejmenti tomonidan strategik qarorlar qabul qilish vositasiga aylanishi kerak.
Aynan shunday yondashuv rahbar bilan marketologning “bitta tilda" muloqot qilishiga va bir-birini tug‘ri tushunishiga olib keladi. Shunda marketing soxasidagi ishlanmalar va Kurs ishilar rahbarlar uchun yuk bo‘lmaydi va kompaniyaning marketing strategiyasini yanada aniq ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Bu o‘z navbatida kompaniyaning faoliyatiga aniqlik kiritadi va investorlar uchun uning jalb etuvchanligini oshiradi. Investorlar, ma'lumki, o‘z sarmoyalarini ishga tikishi uchun ularning bugun va : ertaga qanday ishlashi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, sug‘urta korxonalari marketing faoliyatini tashkil etish hamda takomillashtirishda investorlarni keng jalb etish muhim bo‘lib, investorlar uchun bozor haqida, uning tendensiyalari, raqobatchilar va ularning ustunliklari haqida to‘la qonli axborot zarurdir.



  1. Download 50.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling