Mustaqillikka


Download 319.94 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi319.94 Kb.
#1395117
Bog'liq
Shukirlaev Allambergen










































1





















































2






O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin fan va texnikaga e’tibor yanada kuchaydi. Respublikada quyidagi yo`nalishlar bo`yicha jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratilgan bo`lib, ularda Kurs ishilar muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Jumladan matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi sohasidagi Kurs ishilar.
Fizika fanining ehtimollar nazariyasi va fizika statistika,differensial tenglama va matematik – fizika,funksional analiz sohasidagi yutuqlari Respublikadan ancha uzoqda ham mashhur” .XX-XXI asrda matematika barcha fanlarni rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lib qolmasdan ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ma'lum bir modelini amalga oshiradigan aparat ham bo‘lib xizmat qiladi va qilmoqda.
Ma'lumki,hozirgi davrda deyarlibarcha sohadagiixtisoschilar, mutaxassislar ehtimollar nazariyasini o‘z sohalariga tadbiq qilmoqdalar.Chunki, bugungikunda barcha fan sohalarining rivojlanishini ehtimollar nazariyasisiz tasavvur qilish qiyin. Barcha sohadagi bo‘lajak fan nomzodlari o‘zlarining dissertatsiyalarida ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan foydalanmoqdalar.Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning davr talabiga javob bera oladigan mutaxasis sifatida shakllanishiga yordam beradi. Bu esa hozirgi kuning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga,san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir.Talim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Fizika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega.U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik,

3



mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakillantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalabboradi.
Maktabda fizika fanini o’qitishjarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o’qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko’zga ko’rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg’or, nostandart (interfaol) shakllari ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llaridan biri.
Umumta'lim maktablari,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilariga fizikadan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o'qituvchining o'zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo'lib, har bir m'avzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.1991-yil O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanladi. Bu yo'l ta'lim tarbiya sohasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi. Natijada ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi.( 1997-yil 29-avgust). Bu esa Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa "Ta'lim to'g'risida"gi qonun zamonaviy didaktik ta'minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo'ydi.O'zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta'lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Fizika fanining har bir bo'limi mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, o'quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o'stirish, o'qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta'lim jarayonining bosh maqsadi bo'lib qoladi.
Bugungi globalizatsiya jarayonida yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yoshlarga

4



yuqori pedagogik salohiyatga ega o’qituvchilar tomonidan dars o’tish jarayonini yuqoridarajada o’tkazish uchun axborot texnologiyalarini o’quvchini o’zi mustaqil ishlashi uchun o’rgatish va tadbiq etishdan iborat.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida Fizika o’qitish metodikasifanini o’qitishjarayoni.
Fizika o’qitish metodikasifanini o’qitish metodlari va vositalari.



1. Mavzuga doir ma’lumotlarni to’plash va aniq rejani shakllantirish;
2. Fizika o’qitishning ahamiyat va vazifalarini o’rganish
3. Fizikani o’qitishjarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

5









Maktab fizika kursining umumiy ta'lim predmetlari orasidagi o‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi.Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o‘rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning roliniko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo‘lib, uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchidarajaga ko‘tardi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘ramizki, fizikani bilmasdan to‘la qiymatli o‘rta ma’lumotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.Boshqa predmetlar kabi fizika o‘qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta'lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko‘rinib turibdiki, maktabda fizika o‘qitishkatta ahamiyatga ega. Fizika o‘qitishjarayonida o‘quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo'llanilishri bilan ta- nishadilar, o‘lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mehnatga tayyorlanadilar.Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o‘rganish orqali o'quvchilar ilg‘or fizik olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo‘lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o‘quvchilarning ilmiy

6



dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to‘g‘ri shakllantirishi, o‘quvchilarga politexnik ta’lim berishilozim.
Fizika kursining mazmuni va hajmini aniqlab beruvchi asos — dasturdir. U o‘quvchilar o‘rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur Davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi.Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to‘la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
b) Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani organish.
d) Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o‘rganish.
O‘rta umumta'lim maktablarida fizika talimining asosiy vazifalari:
— o‘quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o‘lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
— o‘quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo‘llanilishi bilan tanishtirish;
— koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagibilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;
— buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o‘quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
— ta’lim mazmuniniijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasalarida o'qishnidavom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
— fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o‘lchov va tajriba ishlarinibajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.

7



Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni «O‘rta umumta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta'lim standarti»ga asoslangan holda dastur tuzildi.O‘rta umumta'lim maktablarida fizika o‘qitish shu dastur asosida olibboriladi.
Fizika oqitishning asosiy vazifasi:
fizika kursining o‘qitishizchilligini ta'minlash;
— fizikaning barcha bo‘limlari bo‘yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish;
— fizikjarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarni o‘rganish ketma-ketligi mantiqiy to‘g‘ri va oddiydan murakkabga qarabborish tamoyiliga rioya qilish;
fizikhodisalar va jarayonlarnikuzatish usullari bilan tanishtirish;
— tajriba o‘tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish;
— asosiy fizik qonun va hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qilish;
— oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish;
— o‘quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish;
— hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo‘lidagi roli bilan tanishtirish kerakliginiko‘rsatishdan iboratdir.
.Fizika oqitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan tanishtirish.
2. Materialni o‘rganishjarayonida o‘quvchilarning xoli ralarini boyitish bilan birga ularning ijodiy qobiliyallarini ham rivojlantirish.

8



3. O‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllanlirish,
4. Fizika asoslarini o‘qitishjarayonida o'quvchilarni tar biyalabborish: g‘oyaviy
-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshi rish.


5. O‘quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.
Bulaming birortasiniham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo‘lmaydi. Ular hammasi o‘qitishjarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o'quvchining dialektik-materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.Fizika darslarida o'quvchilar ongida dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabiatdagi hodisalar bir-biriga bog‘langanligi; moddiy dunyo hossalarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi.Bu esa ularning dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirish demakdir.O'quvchilar moddalaming atom va molekulalardan tuzilganligini o'rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko‘rinishi maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar.


Butun fizika kursi davomida materiya o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rinishda, ya'ni modda va maydon ko‘rinishida namoyon bo'lishini ko‘rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalariniko‘rib chiqish muhim ahamiyatga egadir.


1. Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.
2. Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to‘lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.
9


3. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.


4. Har ikkala ko‘rinishdagi zarralar barqaror bo‘lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo‘lishlari ham mumkin.
O‘quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar (M:atom, molekula, makro qism...) hosil qilishiga qaratilmog‘i lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zarralar o‘zaro maydon orqali ta'sirlashadi.O‘qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta o‘rgatib borishi orqali o‘quvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.Maktabda avval o‘quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish vaqtida mexanik harakat (o‘tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog‘lanishga va elektromagnit maydonning hosilbo‘lishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim.
Harakatning yo‘qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o‘z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang‘ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o'rganish jarayonida o'quvchilar uchun yangi bo‘lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi.Bu yerda harakatning (energiyaning) yangi ko‘rinishlarga o‘tishiga ahamiyat berish lozim.
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. Masalan: deformatsiyaning sababi jismlarning o‘zaro ta'siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat).Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar haqida o‘quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog‘lanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizikhodisalargina emas, balkiboshqa (biologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlarni ko‘rsatish imkoniyati ortib boradi. Masalan.: elektr maydonining (sabab) o'simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibat). Tabiatda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelishini o‘quvchilar
10


ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga o‘tishini tushuntirishda ko‘rsatib o‘tiladi.U jism ichki energiyasining o‘zgarishi va molekulalaming o‘zaro ta'siriga asosan tushuntiriladi. Fizika kursini o‘rganibborish davomida qarama-qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham o‘quvchilar ongida shakllanib boradi.Masalan: yorug‘lik va moddaning korpuskulyar to'lqin tabiati va uning birligini tushuntirish.llmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv xarakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinliginiko‘rsatib borishkatta ahamiyatga ega. Chunkifan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o'tishda uni tajribada ko‘rsatish va qo‘llanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Ba’zi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta'riflanadi. (Masalan: Arximed kuchi, Om qonuni va h.k.). Ba’zi hollarda xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi.
Butun fizika kursi davomida o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali o‘rganilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Masalan.: atom tuzilishini va koinotni o‘rganishni.
Fizika kursiniizchil o‘rganish orqali o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usuini amaliyotga qo‘llash malakasiga ham ega bo‘lib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining o‘zi dialektik yo‘ldir.





Qiziqish — o‘qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira takomillashadi, tasavvur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to‘plash o'sadi.Fizikani o‘rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli


11




uslublarni qo‘llaydilar. Yaxshi tayyorlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil eksperiment o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanilishiniko‘rsatadigan masalalar yechish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.Masalan, o‘quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtiradi:
Faqat suvli menzurka yordamida yog‘och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin?
Faqat toshlari bilan tarozi va suvliidish bilan jism hajmini qanday aniqlash mumkin?
O‘quvchilarga quyidagicha loyihalash elementlari bo‘lgan masalalarni taklif etish mumkin.1-rasmda idishdagi suv sathi ruxsat etilgan maksimal balandlikka erishganda elektr dvigatelni avtomatik uzadigan suv nasosli qurilmaning suzuvchi rele sxemasi ko‘rsatilgan. Idishdagi suvning sathi minimal pastga tushganda rele dvigatelni avtomatik ulashi uchun, uning sxemasiga qanday o‘zgarishlar kiritish kerak bo‘ladi? O‘quvchilarning ilmiy bilimlami bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning
asosiy omillari sifatida quyidagilami korsatish
mumkin:
o‘quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada
bayon qilish;
darsda muammoli vaziyat hosil qilish va
qo‘yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish;
darsda oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;
o‘quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi topshiriqlarning bajarib borilishi;
— o'quvchilar o‘zlari qiziqqan masalalarni ilmiy ommabop adabiyotlardan o‘rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;
— o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o‘qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqalijavob topishlari.
Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash
12


qobiliyatlarini va diqqatnifaollashtiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim. O‘quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi.
O‘quvchilarni fizikaga qiziqishlarini uyg‘otishdagi asosiy manba — o‘qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.
O‘quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalnibajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o‘qituvchining o‘zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmog‘ilozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi.Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o‘zlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar ana shu rejaga ko‘ra amallami bajarib boradilar.
Masalan:

1. Hodisani boshqa shunga o‘xshash hodisalardan ajratish mumkin bo‘lgan tashqi belgilarni aniqlash.
2. Hodisaning sodir bolish sharoitini aniqlash.
3. Laboratoriya sharoitida hodisanikuzatish (agar uni bajarish mumkin bo‘lsa).
4. Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish.
5. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodir bo‘lish mexanizmini tushuntirish.
6. Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchifizikkattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlash.
7. Hodisaning amaliyotda qo‘llanishlari bilan tanishish.
13


8. Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bo‘lsa) va kuzatish olibborilgan sharoitini tasvirlash.
9. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo‘llari bilan tanishish.
Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir.

1. Tajribaning maqsadini aniqlash.
2. Tajriba asosida yechilishi mumkin bolgan muammoni ta'riflash.
3. Tajribanibajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash.
4. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o‘ylab topish.
5. Ish stolida tajribani o‘tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo‘lgan asboblarni mustaqil ravishda topish.
6. Tajriba qurilmasini yig'ish.
7. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash.
8. Kuzatilgan hodisaning va o‘lchashlar natijasini yozishning eng ratsional usulini aniqlash.
9. O‘lchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlangan usulda
10. yozib borish.
11. O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani tariflash.

1. Amallarni bajarish ketma-ketligining ratsionalligi.
2. Bajariladigan amallarning to‘liqligi.
3. Amalni tola tushunib yetish.
4. Mahoratning umumlashganligi.
14












O‘zR VMning 16.02.06 dagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘rsida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” ga ko‘ra:
1.Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim muassasalari, ta’lim muassalslariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy-tadqiqot va metodik markazlari, jumladan: “zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqadilar” .
2.Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, jumladan: “O‘qitishning interaktiv metodlarini, Internetning global tarmog‘idan foydalangan holda pedagoglarning tanqidiy va ijodiy tafakkurini rag‘batlantirishga, mustaqil ma’lumot olishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarinijoriy etadilar” .
3. Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo‘yiladigan talablarda esa jumladan: “yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik” kabi talab va vazlfalar qo‘yilan O‘zR VMning 25- sonli qarori bilan belgilangan ushbu vazifalardan ko‘ramizki, malaka oshirish jarayonida tinglovchilar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asoslarini, bunday texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali qo‘llashni egallashlarikerakligi nazarda tutiladi.
Pedagogik texnologiyalar quyidagibelgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
- qo‘llanishdarajasiga ko‘ra (umumpedagogik);
15


- falsafiy asosi boyicha (majburlash pedagogikasi umumiy majburiy ta’lim);
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha (sotsiogen, ya’ni asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolaribo‘lgan barkamol insonlarni tarbyalashga qaratilgan; Shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda);
- o‘zlashtirish kontseptsiyasi boyicha (assotsiativ-reflektor);
- shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha (axborotli, ya’ni bilim,malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan);
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha (dunyoviy, texnokratik, umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi);
-boshqaruv turi bo‘yicha (an’anaviy-mumtoz bo‘lib, unga ta’limning texnika vositalari qo‘shilgan);
- o‘quvchiga (talim oluvchiga) yondoshuv boyicha (avtoritar);
- kop qollaniladigan metodlari boyicha (tushuntirish-illtyustratsiya);
- talim oluvchilar toifalari bo‘yicha (ommaviy).
Texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko‘zda tutilgan maqadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o‘qitish usullari va yo‘llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo‘lgan majmuidan iborat. Metodika o‘qituvchining bilim, ko‘nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog‘liq.
Texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1.Ma’lum ilmiy asosga, kontseptsiyaga tayanish.2. Tizimlilik, o‘quv-tarbiya jarayoni va uning tarkibiy qismlarining o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi.3. Samadorligi, ta’lim standartlariga erishishni kafolatlashi, talab qilinadigan vaqt, kuch va


16


vositalarning me’yor darajasida ekanligi. 4.Boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi.
Ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo‘lida o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirishga erishguncha bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar aniq ketma-ketlikda, batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi. Bu dastur ta’lim maqsadida ko‘zda tutilgan darajadagi bilim va ko‘nikmalarni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishini kafolatlashi lozim. O‘zlashtirish jarayonining borishi haqida o‘qituvchi bilan birga o‘quvchining o‘ziga ham axborot yetib turadi. O‘quchi mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy maqsadga yetib bora oladi. Bunday texnologiya o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilishimkonini beradi. Bunda mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalar ketma-ketligi ta’lim jarayonining algoritmini hosil qiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining shunday algoritm asosida tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Ta’lim jarayonini shunday tartibda tashkitl qilinishini hozirda to‘liq ma’noda pedagogik texnologiya deb atash mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagogik jarayonni loyihalash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilshi tavsiya etiladi:
-talim standartlarini tahlil qilish;
- ta’lim standartlarini ular asosida yaratilgan o‘quv dasturi bilan taqqoslash va o‘quv dasturi standart talablarini naqadar ro‘yobga chiqarishga qaratilganligini belgilab olish;
- o‘quv predmeti (mavzuning) maqsadini aniqlashtirish;
- o‘quv materiallar tarkibida DTS bo‘yicha o‘zlashtirilishi talab qilinadigan o‘quv elementlarini ajratish;
- har bir oquv elementining ozlashtirish maqsadlarini belgilash;
- ta’lim vositalarini optimal tanlash;


17


- didaktik jarayonni belgilash va belgilangan vaqt ichida ta’lim-tarbiya maqsadiga erishish uchun o‘quv elementlarining mazmunini didaktik tamoyillarga (uzluksizlik, tadrijiylik, tushunarlilik, ilmiylik, ko‘rgazmalilik) aoslangan holda o‘quvchilarga uzatish yo‘llarini belgilab olish;
- o‘quvchi faoliyatini baholash usuli va mezonlarini belgilab olish;
- ta’lim natijasini tahlil qilish: o‘quvchi faoliyatining natijasini ta’lim jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yilgan maqsadlar bilan taqqoslash.
Metodika – biror ishni maqadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmui.
Metodika ta’lim-tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan va ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalariga suyanib rivojlanadi. Bir muallifning ilg‘or pedagogik ish tajribasini hamma pedagoglar aynan qo‘llayolmaydilar, Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi. Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijalarga erishailar.Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi ko‘plab “agar”lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa ...) yo‘qligi bilan farq qiladi.Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.Shu bilan bir qatorda metodika pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Endi o‘qitish metodlarini tanlash va qo‘llash masalasini qaraylik. Bunda eng asosiy masala, o‘z ishingda eng maqbul, eng samarali yechimlarni qabul qilish darajasiga ershishdir. Optimal o‘qitish metodlarini tanlashni o‘qitishjarayoni va uning barcha komponentlari qonuniy o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishini talab qiluvchi dialektik sistemali yondoshuvdan foydlanibgina amalga oshirish mumkin.
18


Optimal tanlangan metodlar qo‘yilgan vazifalarni ajratilgan vaqtda ko‘ngildagidek hal qilish uchun yetarlicha imkon beradi. Ayrim sharoitlar (mavzular) uchun muvafaqqiyatli, samarali bo‘lgan narsa boshqa sharoitlar, boshqa mavzu uchun mutlaqo nomaqbul bo‘lib chiqishi mumkin. O‘qitish metodlarini qo‘llashkonkret pedagogik vaziyatga bog‘liqligi sababli, o‘quv jarayonida har bir metodning doimiy salmog‘i qandayligini hisoblash, ko‘rgazmalilik, muammolilik va shu kabilar uchun ma’lum prtsentni belgilash mumkin emas.Qisqa qilib aytganda, har bir pedagogik vaziyatda o‘qitish metodlarini standart tanlash emas, balki tushungan holda va aniqqilib tanlash zarurdir. Bunday tanlashni amalga oshirish uchun ma’lum kriteriyga (mezonlarga) ega bo‘lmoq kerak. O‘qitish metodlarini tanlash quyidagilar bilan:
1. O‘qitishning qonuniyatlari va undan kelib chiqadigan printsiplari bilan.
2. O‘qitishningsh maqsad va vazifalari bilan umumiy holda va mazkur bosqichda xususiy holda. Masalan, agar o‘quv maqsadlari “bilim berish” bo‘lsa: ma’ruza, namoyish, videousul, bahs-munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyat, loyihalash, davra suhbatikabi metodlarni tanlash, agar maqsad “ko‘nikma va malaka” hosil qilishbo‘lsa: laboratoriya ishlari, masalalar yechish, amaliy mashqlar, o‘rt pog‘onali metod, ishbop o‘yin, rolli o‘yin kabi metodlarni tanlash maqsadga muvofiq.
3. Mazkur fanning mazmuni va metodlari bilan umumiy holda , umuman va xususan Shu predmet, mavzular bilan xususiy holda.
4. O‘quvchilarning oquv imkoniyatlari.
a) yoshi (jismoniy, psixikimkoniyatlari);
b) tayyorgarlik darajasi (ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari);
v) sinf kollektivining xususiyatlari bilan.
5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish va shunga o‘xshashlar)ning
xususiyatlari bilan.


19





Fizikadan o’quv eksperimenti o’qitish metodlari sistemasiga kiradi. ‘’Eksperiment’’ so’zi lotincha ‘’eksperimentum’’ so’zidan olingan bo’lib sinash degan ma’noni anglatadi. Eksperiment hodisaning borishinikuzatishga imkon beradigan, tekshiriladigan hiodisani kuzatish va tahlil qilish hamda uni istalgan paytda qaytadan takrorlash demakdir. Fizikadan o’quv eksperimentibir vaqtning o’zida bilimlar manbayi, o’qitish metodi va ko’rsatmalilik turi bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida fizikadan o’quv eksperimentining sistemasi tashkil topgan bo’lib, bu sistema fizikani o’qitish jarayonida bilim oluvchilar egallaydigan bilimlarni ko’rgazmalilik metodi bilan mustahkamlashga yo’naltirilgan. Fizika fanining eksperimental xarakteridan kelib chiqqan holda fundamental fizik nazariyalar, qonunlar, hodisalar jarayonlar va dalillardan tashkil topgan bilimlarning mohiyatini bilim oluvchilarga o’rgatishda quyidagi o’quv eksperimentlari mavjud:
1.Namoyish tajribalari;
2.O’quv kinofilm va diafilmlardagi tajribalar;
3.Frontal laboratoriya ishlari;
4.Fizikadan praktikum ishlari;
5.Sinfdan tashqari va uyda bajariladigan tajribalar.
Bugungi kunda o’quv eksperimenti turlarida o’tkaziladigan tajribalarni virtual ko’rinishda kompyuter yordamida ham namoyish qilish keng avj olmoqda. Bunday virtual tajribalarni:
1.O’quv tajribalari o’tkazish uchun asbob-uskunalar yetishmaydigan ta’lim muassasalarida; 2.Tajriba o’tkazish imkoniyati bo’lmagan auditoriyalarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Didaktik talablarga rioya qilmaslik o’quv eksperimentining sifatini va pedagogik samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Birinchidan didaktik talab – ko’rgazmalilikni ta’minlash maqsadida
20


quyidagilarga amal qilish zarur: Demonstratsiya stoli yuqoriroq o’rnatilishi o’quvchilar diqqatinijalb qilgan ortiqcha narsalar undan olib qo’yilishi;
-Yetarli o’lchamga ega bo’lgan maxsus o’quv asbob uskunalarda foydalanish, o’quv asboblarining shkalasi, ularning strelkasi yoki son ko’rsatkichlari katta bo’lishi asboblarning bir-birini berkitib qo’ymasligi; Ko’tarib tushuriladigan asboblardan, shtativlardan, asboblarni vertikal tekislikda o’rnatish uchun ishlatiladigan turli xil balandlikdagi tagliklardan foydalanish;
-Asboblar tuzilishini, shuningdek ko’rsatilayotgan fizik hodisani tushuntirishni yaxshiroq ta’minlash maqsadida hodisani ekranga proyeksiyalashni qo’llash.
Ikkinchi didaktik talab, ya’ni tajribalarning soda bo’lish talabi, fizikani o’rganishda moslik prinsipiga to’g’ri keladi. Eksperimental qurilmalarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning tuzilishi va ish prinspi asosida elektromagnit o’zaro ta’sir kuchlarining, o’zgaruvchan tok generatorlarining ish prinspi asosida esa elektromagnit induksiya hodisasining amal qilishi yotadi.
Uchinchi didaktik talabning bajarilishini ta’minlash, ya’ni namoyish tajribalarining xavfsizligi bo’yicha qoidalarga rioya qilish bilan ta’minlanadi. Bu yerda elektr tokidan, issiqlikdan, turli xil mexanik ta’sirlardan o’qituvchi va talabalarning shikastlanmasligini choralariniko’rish muhimdir.
To’rtinchi didaktik talab ustida to’xtalib o’tamiz. Namoyish tajribalarining ishonchli bo’lishideganda, o’qituvchi namoyish qilish tajribaning yaxshi chiqishi tushuniladi. Agar o’qituvchining tajribasi ma’ruza paytida bir marta yaxshi chiqmaslik sabablari turli-tumandir. Bulardagi eng asosiylari – oldindan tekshirilib ko’rilmaslik, asbobning buzuqligi tajribani qilishga pala-partishlik va h.z.Yetuk pedagogik va fizika eksperimentining ustasi N.S. Drenteln deydi: ‘’tajribaning muvaffaqiyati, albatta, birinchi masala bo’lishi kerak. Agar tajriba chiqmasa ‘’tabiat ovozi’’ o’rniga o’qituvchining ovozi eshitilsa bunday tajribadan yomon narsa yo’q. U holda tajriba o’ziga yengibbo’lmaydigan ishonchsizlikni zerikishni


21


va hatto nafratni vujudga keltiradi. Tajribalarni qo’yishda muvaffaqiyatga kafolat beradigan vosita darsdan oldin tajribalarni bajarib ko’rish hisoblanadi. O’qituvchi shu bilan birga tajribani ma’ruzaning qaysi vaqtida o’tkazishni, tajriba o’tkazish uchun optimal sharoitni aniqlash, tajriba mazmunini tushuntirish va olingan tajriba natijalarini talqin qilinishniham oldindan rejalab qo’yilishikerak. Bu yo’nalishda har bir o’qituvchi L.N. Tolstoy aytgan: ‘’O’qituvchiga qancha qiyin bo’lsa o’quvchilarga shuncha oson bo’ladi va o’qituvchiga qancha yengil bo’lsa, o’quvchilarga shuncha qiyin bo’ladi’’ . O’gitga amal qilish zarur. Puxta tayyorlangan va ishonchli o’tkazilgan tajriba ma’ruza mashg’ulotini o’tkazishda ko’p vaqtni tejab qoladi.
Beshinchi didaktik talab ya’ni tajribalarning takrorlash va tushuntirish zaruriyatligi talabi shu narsa bilan bog’liqki, namoyish tajribasini talabalarga faqat bir marta ko’rsatilishini yetarli emasligi bilan bog’liq. O’qituvchikonsultatsiyalar vaqtida asosiy namoyish tajribalarini takrorlab ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Namoyish tajribalari albatta yaxshi tushuntirish bilan birga olib borilishi kerak, chunki talabalarning hissiy qabul qilishi o’z-o’zidan ularda to’g’ri tasavvurlar hosil qilishga kafolat bermaydi. Kuzatish jarayonida talabalar predmet yoki hodisani muhim belgilariga diqqat qila olmasligi mumkin, natijada fizikhodisa yoki jarayon haqida talabada to’liq aniq bo’lmagan va hatto noto’g’ri tasavvur qilishi mumkin. Qabul qilishi sezgi organlarining faoliyati bilan chegaralanmaydi. Sezishlarga fikrlash faoliyati ham qo’shilgandagina qabul qilish fizik hodisa yoki jarayon haqida haqiqiy tasavvurlar hosilbo’ladi.
Oltinchi didaktik talab ma’ruzaga belgilab berilgan vaqt (80min) orqali aniqlanadi. Namoyish tajribasini bajarilish vaqti talabalarning tajribada ko’rsatiladigan fizik hodisani qabul qilish vaqtida mos kelish kerak. Demonstratsion tajribaning muhim tomoni – uning o’z vaqtida namoyish qilishidir. Tajribani namoyish qilish o’qituvchining hikoyasi tushuntirish jarayoni bilan birga olib borilishi kerak. Ba’zan muammoli vaziyat hosil qilish uchun, tajriba demonstratsion tajribalarning barchasini ko’rsatish, ma’ruzaning qolaversa


22


demonstratsion tajribalarning sifati va samaradorligini yanada oshiradi.
Yettinchi didaktik talab ya’ni namoyish tajribalarining va zamonaviyligi deganda ularga qo’yiladigan asbob-uskunalarning va qurilmalarning zamonaviyligi hamda tajribaning o’zini zamonaviy usulda namoyish qilish tushuniladi. Hozirgi kunda strelkali eski elektr o’lchovi asboblari o’rnini son ko’rsatkichi asboblar egallagan. Namoyish kompyuter texnikasi va video proyektorlar yordamida virtual ko’rinishda ham bajarilmoqda. Ma’ruzaviy namoyishlarda mana shunday zamonaviy vositalardan foydalanish ularning estetik didini va samaradorligini yanada oshiradi.

23





Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innavatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Shunga ko’ra barcha mavzularni innovatsion usullarda o’qitish o’quvchilarni mavzuni ilmiy asosda tushunishlariga, mustaqil fikr yuritishlariga xizmat qiladi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar asosiy figuraga aylanadi.
O’quvchilarni fizikadan o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga o’rgatish
-Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish.
-O’quvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash. -Masala yechishda turli ish shakllaridan foydalanish.
-Sxemalar bilan ishlash.
-Labaratoriyalar bilan ko’proq mustaqil ishlash orqali o’quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish mumkin.


24



1. I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” . Toshkent. O’zbekiston 1997
2. I.A.Karimov Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. Toshkent. O’zbekiston 1998
3. Qurbonov M., Uzoqova G.C., Tursunov K.SH. “Fizika o’qitishning nazariy asoslari” . Toshkent. O’zbekiston 2008
4. O‘zbekiston Respublikasining «Talim to‘g‘risida» qonuni. 1997
5. R.A.Mavlonova N.Raxmonqulova. Boshlangich talimning
integratsiyalashgan pedagogikasi T.: Ili-Ziyo 2009 y.
6. Sadriddinov N. Fizika oqitishning uslubi asoslari . Toshkent “O’zbekiston
2006
7. V.G.Razumovskiy “O’quvchilarni ijodiy qobiliyati o’stirish” Toshkent. “O’qituvchi” 1978
8. “Fizika o’qitish metodikasi asoslari” . A.V.Pyorishkin, V.G.Razumovskiy, V.A.Fabrikant taxriri ostida. Toshkent “O’qituvchi” 1990
9. Azizxo’jayeva N.N. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Toshkent. “O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi nashriyoti”
2006
10. B.Q.Xo’jayev, SH.SH.Olimov Yangi pedagogik texnologiyalar. Nazariya va amaliyot. Buxoro 2004
11. M.T.Hojiyev, K.T.Olimov Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasi va sifatinibaholash metodikasi. Toshkent “Fan nashriyoti” 2005
12. N.X.Avliyoqulov Zamonaviy oqitishning texnologiyalari. Buxoro Matbaa
2001
13. Ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari (mavzusidagi seminar trenning materiallari). Toshkent 2002
14. Fizikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar faniningmajmuasi. Jizzax
25


2014
15. Azizxodjaeva N.N O’qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. Toshkent 2000
16. M.D.Jorayev Fizika oqitish metodikasi Toshkent 2015



1. https://arxiv.uz 6. https://bt-jurnal.uz
2. http://library.ziyonet.uz 7. www.pedogog.uz
3. https://hozir.org 8. http://www.ziyonet.uz
4. https://fayllar.org 9. www.kompy.info
5. https://www.openscience.uz 10. https://www.yumpu.com


11.


26

Download 319.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling