8-sinf. Geometriya. Mavzu


Download 212 Kb.
bet1/5
Sana20.08.2020
Hajmi212 Kb.
#127030
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf. Geometriya. dars ishlanma1429210632


8-sinf. Geometriya.

Mavzu: Qavariq ko`pburchak ichki va tashqi burchaklarining yig`indisi.

Maqsad:


Ta`limiy maqsad:

1) Qavariq ko`pburchak ichki va bittadan olingan tashqi burchaklarning yig`indisini topish, formulalari bilan tanishtirish.

2) Tarbiyaviy maqsad: o`qituvchilarning ilmiy tadqiqotchilik faziliyatlarini tarbiyalash, ularda o`zaro hurmat, birovni tinglay olish, xususiyatlarini tarbiyalash.

3) Rivojlantiruvchi maqsad: masalalar yechish orqali o`quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish.

Dars jihozi: 8-sinf “Geometriya” darsligi, test topshiriqlari yozilgan tarqatma materiallar, ko`pburchak chizilgan plakat.

Dars turi: Savol-javob, musobaqa, yangi tushunchalar berish – aralash dars.

1. Darsning borishi: Tashkiliy qism o`tkaziladi navbatchining axboroti tinglanadi

2.O`tilgan mavzuni takrorlash.

O`qituvchi: Qavariq ko`pburchak deb qanday ko`pburchakka aytiladi?

O`quvchi: Agar ko`pburchak tomonini o`z ichiga olgan ixtiyoriy to`g`ri chiziqqa nisbatan bitta yarim tekislikda yotsa, u qavariq ko`pburchak eyiladi.



O`qituvchi: Qavariq n burchakning diagonallari soni qaysi formula yordamida topiladi?

O`quvchi: Qavariq n burchak diagonallari soni ga teng bo`ladi.

3. Yangi mavzu: Yangi mavzuni suhbat usulida o`quvchilar bilan savol-javob tarzida olib boriladi.

O`qituvchi: Qavariq beshburchak chizing va uning biror uchidan barcha diagonallarni o`tkazing.

Har bir o`quvchi o`qituvchi aytgan rasmni yasaydi.

O`qituvchi: bunda nechta uchburchak hosil bo`ladi?

O`quvchilar: 3 ta uchburchak hosil bo`ladi


O`qituvchi: Shu beshburchakning burchaklari yig`indisini toping.

O`quvchi: 180*3=540 bo`ladi.

Mavzu: o`quvchilarga uyda o`qib kelish uchun berilgan bo`lishi kerak. O`quvchilar qavariq burchak, uning tashqi va ichki sohasi haqida bilishadi.

O`qituvchi: Ko`pburchakning ichki burchagi deb nimaga aytiladi?

O`quvchi: ko`pburchakning berilgan uchidagi ichki burchagi deb, uning shu uchida uchrashuvchi tomonlari hosil qilgan burchakka aytiladi.



O`qituvchi: qavariq n burchak burchaklarining yig`indisi ga teng, bunda n-tomonlar soni?

Isbot. A1 A2 A3…An – n burchak berilgan bo`lsin. Uning biror ichidan, masalan A dan ko`pburchakning barcha diaganallarini o`tkazamiz. Diagonallar ko`pburchakning nechta uchburchakka aylantiradi ?


Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling