Industrial iqtisodiyot
Download 131.64 Kb.
|
Javoblar 3 industrial
Javoblar “Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. «Industrial iqtisodiyot” fani ob’ekti umuman sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. shu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug‘iladi. Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo‘lgan. “Nau –Xau” bu nima? Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga turli atamalar va tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, «Nau-xau», innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender, nanotexnologiya va h.k.lar. «Nou-xau» - bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau» tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni - bu, texnik bilimlarning yangiligida va aniq, ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni etkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. «Nou-xau» — bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. Avtomatlashtirish va modernizatsiyalash atamalariga ta’rif bering Download 131.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling