Industrial iqtisodiyot
Download 131.64 Kb.
|
Javoblar 3 industrial
Nominal ish haqibu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqinominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir. 52. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fan –texnika taraqqiyotining qanday yo’nalishlaridan foydalanish mumkin? Fan-texnika taraqqiyoti - bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin: a) an’anaviy yo‘nalish; b) zamonaviy yo‘nalish; v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar. An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, kimyolash kiradi. Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi. Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: - elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish; - yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; - texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish; - mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizatsiyalash. 54. Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati. Download 131.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling