Industrial iqtisodiyot
Download 131.64 Kb.
|
Javoblar 3 industrial
Nominal ish haqibu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqinominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir. 46. Boshqaruvning ob’ektiv zarurligi Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi. «Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy tarakqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish «Boshqaruv fani»ning vujudga kelishiga olib keldi. Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan. Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko‘p fikr aytishgan va yozib qoldirishgan. Boshqaruv - alohida funksiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning bo‘limlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir. Boshqaruv - tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg‘otish (motivatsiya) va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat turi, jarayonidir. Boshqaruv - shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi. Boshqaruv - ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir. Boshqaruv - muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir. SHuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi: «Boshqaruv - bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng ko‘p - A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir». Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi. «Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy tarakqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish «Boshqaruv fani»ning vujudga kelishiga olib keldi. Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan. Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko‘p fikr aytishgan va yozib qoldirishgan. Boshqaruv - alohida funksiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning bo‘limlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir. Boshqaruv - tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg‘otish (motivatsiya) va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat turi, jarayonidir. Boshqaruv - shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi. Boshqaruv - ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir. Boshqaruv - muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir. SHuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi: «Boshqaruv - bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng ko‘p - A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir». 48. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari hamda ularning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi. Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi. Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari (masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqkiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat hokimiyati oliy idorasi - Oliy Majlis Senati tomonidan muhokama qilinadi va hal etiladi. Iqtisodiyotga va uning asosiy tarmoqlaridan biri sanalgan sanoatga kundalik rahbarlikni davlat hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi - Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali faoliyatiga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan barcha konunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlar ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘bekiston Respublikasi hududidagi barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan karorlar va farmoiyshlar chiqaradi. Download 131.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling