Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet14/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llashni engillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlash-tirish jarayonidir.
Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarish-ning o‘sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlar-ning rivojlanishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zarurat bo‘lib qoldi. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omillari – elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, biotexnolo-giyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog‘likdir.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbob- ukunalardan, materiallardan bekami-ko‘st foydalanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo‘llashda, mehnat unumdorigini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlarini tejashda katta samara keltiradi.
146. Korxonaning tavsiflanishi
Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin:

  • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;

  • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;


  • Download 131.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling