Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti Bajardi: Shukurov S - Jamoa personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
- Bunday mehnat munosabatlarida xodimlar korxona egalari (mulkdorlari) yoki korxona mulkiga sherik bo’lishlari ham mumkin.Ular bu holda korxona foydasidan o’z ulush (dividend)lariga ega bo’libgina qolmasdan, korxonadagi shaxsiy mehnat faoliyati uchun tegishli ish haqi ham oladilar.
- Shaxsiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar hamda oilaviy korxonalarda mashg’ul bo’lganlar yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olingan bo’lsalarda, yollanib ishlayotgan personal tarkibiga kiritilmaydi. Chunki ular o’z mehnatlari uchun soliklar va boshqa majburiy to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng ixtiyorlarida qoladigan daromadlari hisobidan haq oladilar.
Zamonaviy jamoa tarkibi: - mulkdorlar(aksiyadorlar);
- boshqaruvchilar (menejerlar);
- korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin. - Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin.
- Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |