Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet2/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Avtomatlashtirishilg ari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni.
Modernizatsiyalash – bu barcha voqea, hodisa va jarayonlarni, jumladan ishlab chiqarishni zamonaviy talabga moslab o‘zgartirish, ya’ni zamonaviylashtirish va
yashartirishdir. Modernizatsiya (fransuzcha modernisation, moderne – yangi, zamonaviy)jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida kechadigan murakkab global jarayon bo‘lib
hisoblanadi.

  1. Balans usuli tushunchasiga ta’rif bering

Balans usuli rejalashtirishning bosh usuli hisoblanadi. Faqat balansusuligina asosiy proporsiyalarni belgilash, resurslarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligini aniqlash, rejalarni real va natijali qilish imkonini yaratadi. Balanslardan istiqbol va joriy rejalarning barcha bo‘limlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda balans usulidan keng foydalaniladi, chunki u iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sohalarini muayyan sharoitda aniq vaqt va ma’lum fazoda yaxlit holda, bir biriga bog‘liq texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida aks ettira oladi. Balanslar
ishlab chiqarishning ko‘lami va dinamikasi, uning tarkibi va tuzilmasi hamda samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Ularda sanoat tarmog‘i va boshqa milliy iqtiso-diyot tarmoqlarining o‘zaro munosabatlarini ko‘rish mumkin.
Rejalashtirishda balanslarning qiymat, natura-qiymat, moddiy, mehnat va moliyaviy turlaridan keng foydalaniladi.
An’anaviy qiymat balanslari qatoriga: yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi, asosiy fondlar balansi, tovar oboroti va resurslar balansi, tashqi savdo va to‘lov balanslari kiritiladi.
Balanslarning eng muhimlaridan biri moddiy balans bo‘lib, u
mahsulotlarning eng muhim to‘plamini qamrab oladi. Balanslarni ishlab chiqish katta bilim va ilm, tajriba, ijobiy yondashuvlar talab qiluvchi murakkab ishdir.
Rejalashtirish amaliyotida natura yoki moddiy balanslarning quyidagiuch turidan:
 mehnat qurollarining balanslari;
 mehnat buyumlarining balanslari;
 xalq iste’moli buyumlarining balanslaridan foydalanish mumkin

  1. Bashorat qilishning maqsadi nimadan iborat?

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bashorat qilish jamiyat rivoji, shu
jumladan, moddiy ishlab chiqarishning eng muhim sohasi bo‘lgan sanoat rivojining kelajakda amalga oshishi mumkin bo‘lgan maqsadlarini va ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni aniqlash, iqtisodiy va texnikaviy siyosatning uzoq va o‘rta muddatli yo‘nalishlarining eng ehtimolga yaqin iqtisodiy samarali variantlarini qidirib topish uchun zarur.

Download 131.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling