O’quv ishlari bo’yicha prorektor. R. G’


Download 32.43 Kb.
bet1/8
Sana14.12.2022
Hajmi32.43 Kb.
#1003777
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Umumiy fizika Namunaviy 2022 2023 2 kurs mexanika va modellashtirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor ._____________R.G’.Jumayev
“_____” ___________ 20___ yil



Ro’yxatga olindi:


№__________________
“_____” ___________ 20___ yil

UMUMIY FIZIKA
FAN DASTURI


Bilim sohasi: 500000 - Tabiiy fanlar,matematika va statistika
Ta’lim sohasi: 530000 - Fizikaga oid fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 60531000 - Mexanika va matematik
modellashtirish.
Buxoro

Fan/modul kodi
UKFB108

O`quv yili

Semestr
3

ECTS-Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy

Talim tili
O`zbek/rus

Haftadagi dars soatlari 6



1.

Fanning nomi



Auditorya mashg`ulotlari
(soat)

Mustaqil talim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Umumiy fizika

90

90

180


I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni.
Fizika boshqa tabiiy fanlar kabi, bizni o’rab olgan moddiy dunyoning ob’ektiv xossalarini o’rganadi. Fizika materiya harakatining eng umumiy (mexanik, issiqlik, elektromagnit va h.k.) formalarini va ularning bir-birlariga aylanishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Harakatning fizikada o’rganiladigan formalari harakatning oliy va ancha murakkab bo’lgan hamma formalarida (geofizik, biologik va boshqa jarayonlarda) ishtirok etadi va ularning ajralmas qismidir.
Ushbu dastur umumiy fizikaning asosiy hodisalari, qonunlari, qonuniyatlarini o’rganish, ularning texnikada va hayotda qo’llanishi, tabiatdag*i jarayonlarni hayotga ta’sirini qamraydi.
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi.
Fanni o’qitishning maqsadi — Umumiy fizika fanining asosiy maqsadi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo’llanishlari bilan tanishtirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to’g’ri tasavvur qilish, tabiiy fanlar sohasida qo’yilgan har bir aniq vazifalar mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog’lash, asosiy fizikaviy o’lchov asbob-usqo’nalaridan foydalana bilish, fizika fanining rivojida o’zbek allomalarining qo’shgan hissalaridan g’ururlanishni shakllantirishdir. Talabalarning mustaqil ishlash malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobiliyatini, shuningdek asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o’stirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

  • asosiy fizika qonunlari va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarning ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va prinsiplarni mexanik hodisalarga qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflash, fizikada qo’llaniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar to’g’isida tasavvurga ega bo’lishi;

  • Umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish uquviga, fizik qonun va formulalarni nostandart masalalarga tadbiq etish, fizik qonunlar asosida tavsiflashni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • Oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchashni bajarishni va natijalarni hisoblashni, ekspriment xatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalashni bilishlari kerak. Tajribalarda ishlatiladigan o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydlanish, qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling