Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish


-rasm. Mexanizatsiyalashgan ohak eritmasini tayyorlovchi qurilmaning chizmasi


Download 1.46 Mb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1603087
1   2   3   4
Bog'liq
ABROR QAYTA O\'ZLASHTIRISH

9
.3-rasm. Mexanizatsiyalashgan ohak eritmasini tayyorlovchi qurilmaning chizmasi
. 1–ohak maydalagich; 2–elevator; 3–bunker; 4–taqsimlovchi; 5–so‘ndiruvchi apparat; 6–eritma saqlanadigan bak; 7–so‘rg‘ich; 8–gidravlik aralashtirgich; 9–dozator; 10–eritmani tindirgichga yuboruvchi quvur.
Suv tozalash jarayonida kamroq miqdordagi suvlarni ohak eritmasi bilan yumshatishda soddaroq tuzilishdagi qurilmalardan ham foydalanish mumkin. Bunday qurilmalardan biri 4.4-rasmdagi gidravlik aralashtirgichli qurilmadir.
Gidravlik aralashtirgichli qurilmaning so‘ndirgichi (1) maydalangan ohak bilan to‘ldirilib, unga sekin oqim bilan suv beriladi va ohakning to‘la so‘nishi, ya’ni uning quyuq bo‘tqasi hosil bo‘lgungacha 2-3 soat kutiladi. So‘ng hosil bo‘lgan bo‘tqani suv bilan yuvib, aralashtirgichga (2) tushiriladi. So‘ndirgichdagi erimagan qoldiq uning tag qismidagi tirqish orqali vagonchaga (4) chiqarib tashlanadi. Aralashtirgichdagi ohakning quyuq eritmasidan esa ishlatiladigan eritma tayyorlanib, so‘rg‘ich yordamida quvur (6) orqali tindirgichga yuboriladi. SHu so‘rg‘ich yordamida (5) aralashtirigichdagi eritmani bosim ostida qayta aralashtirilib ohakning to‘la erishini ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.
9
.4-rasm. Ohak eritmasini aralashtirgichda tayyorlash chizmasi.
1 – so‘ndiruvchi bak; 2 – aralashtirgich; 3 – ohakning erimay qolgan qismini tutib qoluvchi to‘r; 4 – vagoncha; 5 – aralashtiruvchi so‘rg‘ich; 6 – eritmani mikdorlovchiga yuboruvchiquvur; 7 – yig‘ilgan tashlamani chiqarib yuborish.
Tur simli qurilmalar birmuncha soddaroq shaklda bo‘lib, bu qurilmalarda quruq holdagi ohak bilan to‘ldirilgan so‘ndirgich (2) blok kran (1) yordamida apparat ichiga ketmaydigan qilib mustahkam yopiladi va apparat tagidagi quvur orqali (3) unga yuqoriroq bosimda suv beriladi. Ohak erishidan hosil bo‘lgan eritma apparatning ikki yonidagi tirqishidan (4) trubalar orqali aralashtirgich (5) ga oqib tushadi. So‘ndirgichdagi ohakning erimay qolgan qismi shu to‘r sindirgich yordamida chiqindiga chiqarib tashlanadi. Aralashtirgichdagi ohak eritmasi so‘rg‘ich (6) yordamida miqdorlovchi bakka yuboriladi.







9.5-rasm. Ohak eritmasining to‘r so‘ndirgichli qurilmalarda tayyorlanish chizmasi. 1-blokli qo‘zg‘aluvchi kran; 2-to‘r so‘ndirgich; 3-suv yuboruvchi quvur; 4-tirqishli cho‘ntakchalar; 5-aralashtirgich; 6-so‘rg‘ich
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling