Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish


Download 1.46 Mb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1603087
  1   2   3   4
Bog'liq
ABROR QAYTA O\'ZLASHTIRISH


Suvda Sa va Mg kationlarining kam eruvchan birikmalarini hosil qilib, bu kationlarni cho‘ktirishga, cho‘kma hosil qilish usuli bilan suvni yumshatish deyiladi. Bu kationlarni cho‘kmaga tushirish ularning SaSO3 va Mg(OH)2 kabi kam eruvchan birikmalarini hosil qilishga asoslangan. YUmshatiladigan suvda bunday birikmalarni hosil qilish uchun suv tarkibidagi SO32- va ON- ionlar konsentratsiyasini oshirish talab etiladi. Bu ionlarning konsentratsiyasini oshirish uchun suvga kalsiy gidrooksidi (Sa(ON)3) natriy karbonat (Na2CO3) natriy gidroksidi /Na OH/ kabi tarkibida ON- yoki SO2-3 ionlari bo‘lgan birikmalar qo‘shiladi. Suvga bunday moddalar qo‘shilganda suv tarkibida va ON- ionlarining konsentratsiyasi oshib, suvda kam eruvchan SaSO3,hamda Mg(OH)2 kabi birikmalar hosil bo‘ladi. Suv tozalash texnikasi sohasida cho‘kma hosil qilib, suvni tozalash jarayoni ham koagulyasiyalashdagi kabi maxsus tindirgichlarda olib boriladi.

9.1 Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish.


Bu usulda yumshatiladigan suvga ohak eritmasi Sa(ON)2 qo‘shiladi. Suvga Sa(ON)2 eritmasi qo‘shilishi natijasida uning erish jarayonida suv tarkibida Sa2- va ON- ionlarining konsentratsiyasi qo‘payadi.
Sa(ON)2=Sa2+-2ON-
Suvda ON- ionlari konsentratsiyasi ko‘payishi natijasida suv tarkibidagi bikarbonat (NSO3-) ionlari hamda SO2 gazi, reaksiyalar asosida karbonat SO32--ionlariga aylanadi.
NSO3-+ON- =SO32-+N2O
SO2+ON- =SO32-- +N2O
Hosil bo‘lgan karbonat /SO32-/ ionlar suvdagi Sa2+- kationlari bilan birikib, SaSO3 holatida cho‘kmaga tushadi. Bu birikmaning cho‘kmaga tushishi suv tarkibidagi Sa2+ va SO32-- ionlar konsentratsiyasi ko‘paytmasi SaSO3 ning eruvchanlik ko‘paytmasiga teng yoki katta bo‘lgan holda sodir bo‘ladi:
SSa2+SSo32-  EKSaSO3
Bu ifodada EKSaSO3 kalsiy korbanat birikmasining eruvchanlik ko‘paytmasi.
Ma’lumki, kimyo fanida kam eruvchan moddalarning suvdagi eruvchanligi ularning eruvchanlik ko‘paytmasi bilan tavsiflanadi va EK harflari bilan belgilanishi.2.2 bo‘limda takidlangan edi. Kam eruvchan moddalarning suvda erishi suv haroratiga bog‘liq bo‘lsa ularning to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalari ko‘paytmasi ayni haroratda o‘zgarmas kattaliklardir. Ximiyaviy moddalarning EKsi qanchalik kichik bo‘lsa, ularning cho‘kmaga tushishi ham shunchalik tez sodir bo‘ladi.
SaSO3 ning 250S dagi EK=43:10-9 g-ion/l ga teng bo‘lganligi uchun Sa(ON)2 eritmasi qo‘shilgan suvda Sa2- kationlari SaSO3 holida cho‘kmaga tushadi
Sa2-+ SO32-=  SaSO3
SHu eritma qo‘shilgan suvdagi Mg kationlari esa Mg(OH)2 holatida cho‘kadi.
Mg2-+2OH- Mg(OH)2
Bunga sabab, Mg(OH)2 ning eruvchanlik ko‘paytmasi MgCO3 ning EK dan kichik ekanligidir;
EKMg(OH)2 < EKMgCO3
Mg(OH)2 cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun ham Mg2- va OH- -ionlari konsentratsiyasi ko‘paytmasi uning EK ga tenglashishi yoki undan katta bo‘lishi kerak.
SMg2+CCOH- >EKMg(OH)2
CHunki 250C haroratda Mg(OH)2 ning EKMg(OH)2 5,510-12 g-ion/l.ga teng bo‘lsa, shu haroratda CO3 EKMg(CO)3=1,0. 10-5g-ion/l.ga teng.
Tajriba asosida aniqlanishicha, agar yumshatilayotgan suv tarkibida Sa2— kationlar konsentratsiyasi NSO3- ionlar konsentratsiyasidan katta bo‘lsa, ya’ni SSa2+>SNSO -, bunday suvlarga qo‘shilgan Sa(ON)2 suvdagi faqat Sa2+ kationlarini cho‘ktirish uchun sarflanadi. Agar suvda bu ionlar konsentratsiyasi, ya’ni SSa2+< SNSO - holatda bo‘lsa, unday suvga qo‘shilgan Sa(ON)2 suvdagi Sa2+ hamda Mg2+ kationlarining birgalikda cho‘kishini ta’minlaydi.
Suvni Sa(ON)2 eritmasi bilan yumshatish umumiy qattiqligi ishqoriyligidan katta bo‘lgan suvlarda KUM > IUM yuqori natija beradi. Bunday holatdagi suvlarni yumshatishda sarflanadigan 100%li SaO dozasi quyidagi ifodadan topiladi:
=28(Qk+KMg+CCO2+ α) mg/l

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling