Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish


Download 1.46 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1603087
1   2   3   4
Bog'liq
ABROR QAYTA O\'ZLASHTIRISH

9.3. Ohak eritmasini tayyorlash va reagent xo‘jaligi.


IESlarida so‘ndirilmagan ohak qattiq holatda vagonlarda keltirilib, maxsus katta hajmdagi baklarda yoki temir-betondan qurilgan hovuzlarda quruq yoki ho‘l holida saqlanadi. Temir-beton hovuzlar doira yoki to‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi sharoitda ohak eritmasi tayyorlashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, ular xar xil qurilmalarda amalga oshiriladi.
9.2-rasmda ohak eritmasini quruq holatda saqlash hamda eritma tayyorlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxemada so‘ndirilmagan ohak temir-beton hovuzlardan (4) yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri vagonlardan (1) kran to‘siniga (3) o‘rnatilgan greyferli kovushlar (2) yordamida qabul qiluvchi voronka (5) orqali ohak so‘ndiruvchi apparatga (6) yuboriladi. So‘ndiruvchi apparat tishli hildirak yordamida o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida ohak, unga yuborilgan suv bilan to‘la aralashadi. Bu apparatda hosil bo‘lgan ohak suspenziyasi oqizoq orqali (7) ohak eritmasi saqlanadigan temir-beton hovuzga (15) beriladi, so‘ndirgichdagi ohakning erimay qolgan qismi vagoncha orqali chiqindiga qo‘shiladi. Hovuz tagiga havo (10) va bug‘ yuboruvchi quvurlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu quvurlardan hovuzga berilgan havo ohak eritmasining to‘la aralashishini ta’minlaydi, berilayotgan bug‘ esa eritmani past haroratda muzlashdan saqlaydi. Ohak eritmasi hovuzdan so‘rg‘ichlar (11) yordamida so‘rib olinib, ohak aralashtirgich (12) ga yuboriladi. Eritmani suyuultirish unga suv yuborish (9) bilan amalga oshiriladi. Ohak aralashtirgichdagi kerakli konsentratsiyali eritma so‘rg‘ich dozator (14) yordamida tindirgichlarga yuboriladi.



9.2-rasm. Reagent xo‘jaligi va ohak eritmasini tayyorlash
qurilmaning sxemasi: 1–ochiq vagon; 2–yuradigan kranli kovush; 3– kran to‘sini; 4–ohak saqlanadigan hovuz; 5– voronka; 6–so‘ndiruvchi apparat; 7–vagoncha; 8–eritma saqlanadigan hovuz; 9–suv beruvchi quvur; 10–havo va bug‘ beruvchi quvur; 11–so‘rg‘ich; 12–aralashtirgich; 13-aralashtirgich so‘rg‘ichi; 14–so‘rg‘ich dozator; 15–temir betonli havuz.
9.3-rasmda esa ohak eritmasini tayyorlovchi mexanizatsiyalashgan qurilmaning chizmasi berilgan. Bu qurilmada vagonlarda stansiyaga keltirilgan ohak to‘g‘ri ohak maydalagich tegirmoni (1)da maydalanib, elevator (2) orqali qabul qiluvchi bunker (3)ga yuboriladi. Bunkerdan taqsimlagich (4) orqali ohak so‘ndiruvchi apparatga (5) kelib tushadi va so‘ndiriladi. Apparatda tayyorlangan ohak suspenziyasi maxsus baklarga (6) suv bilan yuvilib oqib tushadi. Erimay qolgan qoldiq so‘ndirgichdan vagoncha orqali yig‘ilib chiqindiga qo‘shiladi. Ohak suspenziyasi so‘rg‘ich (7) yordamida bakdan so‘rib olinib, ohak eritmasining konsentratsiyasini tayyorlovchi gidravlik aralashtirgichga (8) yuboriladi. Aralashtirgichda tayyorlangan eritma – so‘rg‘ich – dozator (9) yordamida quvur (10) orqali tindirgichga yuboriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling