Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi fanidan yozma oraliq nazorat ishi №24


Download 326.18 Kb.
bet2/4
Sana07.12.2020
Hajmi326.18 Kb.
#161949
1   2   3   4
Bog'liq
tabiatshunoslik. Tolipova SH


Geografik maydonchada qanday mavzudagi darslarni olib borish mumkin?

Geografik maydoncha. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi maktab oldidagi maydonning geografiya maydonchasida o’tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning harakatini muntazam kuzatib borish, joyda mo’ljalga olish, masofani o’lchash kabi ishlarni bajarish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan bog’liq topshiriqlarni amalga oshirish mumkin.

O’quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki aniq uquv va ko’nikmalarni egallashda ham o’quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. o’quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o’iganishga, o’simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo’jaligi ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari - tashkiliy qism, o’qituvchining yo'1-yo'riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir. 1-2- sinf o’quvchilari o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarni mehnat ta'limi bilan bog’liq holda, 3-4- sinflar - yana tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan bog’liq holda o’tkazadilar. Boshlang’ich sinflarning o’quvchilari o’quv-tajriba maydon-chasida sabzavot va manzarali o’simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog’liq bo’lgan kuzatishlar, ekskursiyalar, agrotexnik va texnik-texnologik ma'lumotlar, shuningdek, o’quv-chilar olishi kerak bo’lgan zarur o’quv va ko’nikmalar dasturda ko’rsatilgan. Tajribalarni o’tkazish rejasi tabiatshunoslik darsligida aks ettirilgan, shunga ko’ra o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarning eng muhim xususiyatlarini belgilab o’tamiz. Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablarga muvofiq olib boriladi. 0'rganiladigan material (urug’lar, ko’chatlar, o’simliklar) tabiiy holda

ko’riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog’liq yo'1-yo'riqlar beriladi, so’ngra o’quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar. Maktaboldi maydonchasidagi mashg’ulot rejasini keltiramiz:

 darsning vazifalari;

 darsga tayyorlanish;

 darsni jihozlash;

 dars o’tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo’yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o’qituvchining tushuntirishi, o’qituvchining ish uslublarini ko’rsatishi, suhbat, ko’rsatilgan uslublarni o’quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha yo'1-yo'riqlar berish); yakuniy suhbat. Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashni, ularni tozalab, ko’rsatilgan joyga qo’yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o’quvchilarning o’zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qafiy intizomga erishish uchun o’qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o’quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko’rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak. Maktab geografiya maydonchasida o 'tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko’p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’iganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo’ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo’liga har xil to’siqlar qo’yilsa, qiiB'oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog’i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko’ringani uchun, yotiq va tik yonbag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda tepalik modelini tayyoriaydilar. Shuningdek, soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin. Bunda o’quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o’quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo’yteha aniqlash, quruqlik yuzasining shakllari, tog’lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir. Takrorlovchi


2 – topshiriq: Mustaqil o‘rganish uchun ttopshiriqlari.

1.Ekskursiya jarayonida qanday metodlardan foydalanish mumkin?

Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlami qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish qiladi. Amaliy ishlarni bajarish yo’li orqali o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Avvalgi boblarda yozganimizdek, sinfdagi darsda hayoti uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayonini, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalarda bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligida, muzeylarda o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Ekskursiyalar avval qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi: ekskursiyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta yodga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi eks-kursiyalarda o’quvchilar avval olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tka-zadilar va material yig’adilar. Darslarning uy vazifalari bilan, xususan, eksperimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. o’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni amalga oshiradilar, kuzatishlar o’tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini chizadilar). Bu o’qitishning eng yuqori ko’rgazmalilikka va o’quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir. Dasturning deyarli har bir mavzusi bo’yicha ekskursiyalar mo’ljallangan. Vatanimizning tabiiy sharoiti ular sonini ancha ko’paytirishga imkon beradi. Ekskursiya o’quv-taibiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o’qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi o’quv yilining boshida bir yil uchun choraklar bo’yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

 ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;

 aniq o’quv-tarbiya vazifalarini belgilash;

 obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;

 kengaytirilgan ish rejasini tuzish;

 ekskursovodni yoki korxona xodimlarini o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

 o’quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo’yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);

 kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yo’nalish tanlash;  ekskursiya o’tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash. Ekskursiya vaqtida o’tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:

I) ekskursiya vaqtida o’quvchilar ekskursiya joyigacha yo'1-yo'lakay kuzatishlar o’tkazib boradilar;

2) ekskursiya davomida o’qituvchi tushuntirib boradi;

3) ekskursiya joyida o’quvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar;

4) ishchilar va muhan-dislar bilan suhbatlashadilar;

5) tabiiy material yig’adilar va oldindan tayyorlab qo’yilgan jild, quticha, bonkalarga soladilar;

6) o’lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda) olib boradilar;

7) kompas bo’yicha yo’nalishlarni aniqlaydilar;

8) rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar, xulosalarni umumlashtiradilar;

9) kuzatayotgan obyektda baholi qudrat ijtitnoiy foydali mehnat qiladilar. Ekskursiya vaqtida to’plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo’lib xizmat qiladi yoki ulardan ko’rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foydalaniladi. Ekskursiyada to’plangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Alifbe” o’qitilayotgan davrda o’quvchilar bilan “Kuz” mavzusi bo’yicha ikkita ekskursiya o’tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o’quvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida o’simliklar hayotidagi o’zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig’adilar. Qish va bahorda o’quvchilarning o’simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni ko’rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o’sha obyektlarda o’tkaziladi. 2- sinfda tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar mavzusi bilan bog’lq holda ekskursiyalar o’tkaziladi, ularda o’qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqur-lashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi. 1- sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 o’simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2- sinfda bunga yana 3-4 o’simlik turi qo’shiladi, 3- sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6-8 o’simlik turlari (daraxt, buta va o’t o'simliklari)ni taniy va ta'riflay olishlari, 4- sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak. Ekskursiya o’quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiravchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur bo’lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko'p tarqalgan suv o’simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o’tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3sinf):

1) ilgari tabiatga (bog’cha, xiyobonga) o’tkazilgan ekskursiya mazmuni bo’yicha suhbat;

2) yangi mavzu bo’yicha (suv havzasining mavjudotlari haqida) kirish suhbati

3) o’smliklarni kuzatish;

4) hayvonlarni kuzatish;

5) yaqinda joylashgan suv havzasidagi o’simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;

6) ekskursiya materialini yig’ish;

7) umumlashtiruvchi suhbat;

8) uyga vazifa berish (jadval). Ekskursiya jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og’zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o’quv-chilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foy-dalanadi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o’iganilayotgan obyekt to’g’risida yangi ma'lumotlar olishlari va ulardan amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini o’quvchilar so’zlab bera olishlari lozim. 0'qitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga o’xshash bo’lgan ekskursiya ayni vaqtda o’ziga xos belgilarga ham egadir. U maktabdan tashqarida o’tkaziladi va ko’proq vaqt talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki o’rganish obyekti tomon va orqaga qarab harakatlanishga ham sarflanadi. Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o’qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi - atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirishdir. Sinfda esa tabiiy obyektlar ko’pincha ko’rgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga qaraganda o’rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog’lanishlari osonroq belgilanadi.



  1. Hayvonlarni asrash va muhofaza qilish" ommaviy mashgulotlarning senariysini loyihalash.

TADBIR SENARIYSI

“Qushlar bizning do`stimiz” bayrami

Maktab sahnasi o`ziga xos bayramona usulda chiroyli gullar va qushlar bilan bezatilgan ohista musiqa yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.

1-boshlovchi: - Assalom deganda ochilgay gullar

Assalom deganda sayrar bulbullar

Assalom deganda quyosh kuladi,

Dillarga ezgulik nuri inadi.



2-boshlovchi: - Assalom, davramizning siz aziz mehmonlari,

Assalom, ilmu fanning sohibi davronlari!

Mo`tabar otaxonu onaxonlar assalom!

Yuzlarga kulgu balqqan bolajonlar, assalom!

(Boshlovchilar ta`zim ila sahnadan chiqishadi ohista musiqa yangraydi. Boshlariga gulchambar taqqan qizlar raqsga tushadilar).

1-o`quvchi: - Tinchlik bo`lsin dunyoda,

Olam gullarga to`lsin!

Biz kabi bolajonlar,

Bog`larda o`ynab kulsin.



2-o`quvchi: - Bayramlarni sevamiz,

Bayramlar bizda bisyor.

Ezgu qalblar sevguvchi,

Yurtda hamisha bahor.



1-boshlovchi: - Bolalar, qaranglar, davramizga kim mehmon bo`lib keldi. (Sochlariga taqqan gul, Bahoroy tashrif buyuradi va egilib salom beradi).

O`quvchilar: (jo`r ovozda): - Axir bu Bahoroy-ku!

2-boshlovchi: - Xush kelibsan, Bahoroy!

Bahoroy: (ta`zim qilgan holda).

Mana men, go`zal bahor,

Yetib keldim sizlarga.

Jon kirdizdim daraxtlaru

G`unchalar, ildizlarga.

Oppoq o`rik gullarim bilan,

Iliq quyosh nurlarim bilan.

Kamalakday etti tovlanib

Yashillanib goh olovlanib,

Mehmon bo`lib keldim bolalar.

(Bolalar “Hey lola” qo`shig`ini ijro etishadi.)



1-boshlovchi: -. Bilasizmi, dugonajon bahor kelishi bilan yurtimizga juda uzoqlardan qushlar uchib keladi. Bugun, axir Qushlar bayramini nishonlayapmiz.

2-boshlovchi: Ha, qushlar bizning do`stimiz. Keling bolalar qushlar haqida nimalarni bilishar ekanlar, so`rab ko`ramiz.

1-boshlovchi: - Bolalar qushlar haqida nimalarni bilasiz.

1-o`quvchi: - Bahor kelishi bilan issiq mamlakatlarga uchib ketgan qushlar yurtimizga qaytib keladilar. Bularga qaldirg`och, bulbul, zarg`aldoq hisoblanadi.

2-o`quvchi: - Ko`p qushlar esa yil davomida bir joyda yashaydilar. Bunday qushlarga chittak, musicha, ko`k kaptar, kaklik, chumchuq kiradi.

2-boshlovchi: - Qushlar haqida she`rlar ham bilasizlarmi?

3-boshlovchi: - Chug`urchuqlar churqillaydi

Bulbullar sayrashadi.

Qaldirg`ochlar kuylashadi.

Barcha qushlar jam bo`lsa.



4-o`quvchi: - Chug`ur-chug`ur qaldirg`och,

Eshigingni tezroq och.

Mana boshoq, mana don

Manziling shu xonodon.



5-o`quvchi: Turnalar ko`p sayraydi.

Chug`urchuqlar kuylaydi.

Shox – shabbalar qo`ynida

Oq turnalar o`ynaydi.



6-o`quvchi: Nima ekan bu qush nomi

Suvlar to`qay o`rmoni

Qo`shiq aytar ku-ku

Shu sababli nomi kakku.

(Keyin o`quvchilar qushlar haqida ma`lumot beradilar).

1-o`quvchi: Qarg`a qushlar sinfining chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan qarg`alar xar-xil oziqlar bilan oziqlanadi. Bular o`rmonlarda bog`, park va daryo bo`ylarida yashaydi. Qishda shahar va qishlarga kam keladilar. Uyasini daraxtlarga qamish va buta o`simliklariga quradi. 4-5 dona tuxum qo`yadi. Ba`zi bir yerlarda foydali qushlarning tuxum va bolalarini yeb, zarar ham yetkazadi.

2-o`quvchi: Qirg`iy, burgut yirtqich qushlar turkumining qarchig`aylar oilasiga kiradi. Qirg`iy Yevropa, Osiyo Afrikada tarqalgan.

Burgutlarning 12 tagacha turi bor. Ular tog`larda o`rmon cho`l va sahrolarda yashaydi. Burgutlar o`ljasini havodan, yerdan va suvdan turib tuta oladi. Ular baliqlar, qushlar bilan oziqlanadi.



3-o`quvchi: Ukki yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa o`xshash ikki to`p pati dikkayib turadi. Ukki ko`proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ba`zan o`rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.

4-o`quvchi: O`rdaklar bundan 3000 yil oldin yovvoyi o`rdaklardan kelib chiqqan. O`rdak tuxumining ta`mi uncha yaxshi bo`lmaganligi sababli odatda go`shti uchun boqiladi. O`rta Osiyo uv suv havzalarida suqsar o`rdaklar uchraydi.

5-o`quvchi: Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko`p boqiladi. Hozirgi tovuq zotlari tropik o`rmonlarda yashaydigan yavvoyi bankiv tovuqlardan kelib chiqqan.

Bundan taxminan 4500 yil ilgari qadimgi Hindistonda tankiv tovuqlari xonakilashtira boshlangan. Hozirgi tovuqlar tuxum, go`sht, go`sht-tuxum yo`nalishidagi zotlarga ajratilgan. Zotlar tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.



1-boshlovchi: Mana azizlar “Qushlar bizning do`stimiz”ga bag`ishlangan kechamiz ham oxirlab qoldi. Aziz o`quvchilar har birimiz tabiatga mehr-muruvvatli bo`lishimiz va tabiatning tabiiy go`zalligini saqlashimiz kerak.

2-boshlovchi: Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish har bir insonning muqaddas burchidir. Ona tabiatni asrang aziz o`quvchilar!

(O`quvchilar “Tabiatni asrang” qo`shig`i bilan kechani yakunlaydilar).



3 – topshiriq. Mavzular bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob bering.

Keys topshiriqlari.

Boshlang`ich ta’lim tabiat fani bo`yicha o‘quv rejasini o‘rganish bo‘yicha:

a) o‘quv rejasi tuzilishi bilan tanishib chiqish;

b) o‘quv jarayoni grafigi bilan tanishib chiqish;

v) o‘quv jarayoni rejasi bilan tanishib chiqish;

g) tabiiyot(, 3-4-sinf Tabiatshunoslik) fanlarini o’rganishga har bir sinfda haftasiga necha soat, o’quv yilida jami necha soat vaqt ajratilganligini aniqlash;



Boshlang`ich sinf tabiat fani bo`yicha o`quv reja bilan tanishib chiqdim. Har bir sinf uchun o`quv rejasi 5ta bo`limdan iborat ekan. O`quv rejaga asosan har bir sinfda yillik 34soat va haftasiga 1soatdan dars rejalashtirilgan. shulardan 30tasi yangi mavzu 4tasi esa nazorat ishi darslarini tashkil etadi. Haftasiga 1soatdan jami o’quv yiliga 34 soat

Boshlang`ich ta’lim DST tabiiyot fani bo`yicha o‘quv dasturini o‘rganish bo‘yicha:

a) o‘quv dasturi bo‘limlari va ularning mazmuni bilan tanishib chiqish;

b) o‘quv dasturining tushuntirish xatida nimalar bayon qilinganligini aniqlash;

v) o‘quv dasturining mavzuli rejasi va mazmunini tahlil qilish;

g) mavzuli rejasida qanday bo‘limlar va mavzular mavjud ekanligini aniqlash va ularga ajratilgan vaqt miqdorini tahlil qilish. (3-sinf)



3-SINF

TABIATSHUNOSLIK

TUSHUNTIRISH XATI


Tabiiyot va geografiya fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan geografiyaning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.

Tabiiyot va geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, aholisi va uning xo’jaligi, jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;

o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.

Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning ikkinchi davri – umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari bo‘lib, geografiya kurslarida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari geografiya ta’limida takrorlanmasligi e’tiborga olingan.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiyot va geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.

(34 soat, haftasiga 1 soat, A1+: 68 soat, haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:

A1

muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.



A1+

mavzuga doir tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tilda ayta olish.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.

A1+

manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.

dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.



A1+

maktabda tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.



A1+

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lib ulg‘ayib borish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.



A1+

o‘zi yashaydigan joyning tabiiy boyliklari haqida kichik referatlar tayyorlay olish.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.



A1+

o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (suv, yoqilg‘i boyliklari) tejab foydalanish; bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish.


KIRISH

(1 soat, A1+: 1 soat)
1-mavzu: Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? (1 soat, A1+: 1 soat)

Tabiatning tarkibiy qismlari. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari.


1-BOB. TABIATDA SUV VA HAVO

6 soat, A1+: 12 soat)
2-mavzu: Yer usti va yer osti suvlari. (1 soat, A1+: 2 soat)

Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari.



3-mavzu: Suv – hayot manbai. (1 soat, A1+: 2 soat)

Suvning ahamiyati. Suvning xususiyatlari. Suvning uch holati.



4-mavzu: Suvni muhofaza qilish va tejash. (1 soat, A1+: 2 soat)

Oqar suvlar. Toza va chuchuk suvlar. Suvlarning ifloslanishi. Ichimlik suvlari. Suvlarni tejash va muhofaza qilish.



5-mavzu: Tabiatda havo. (1 soat, A1+: 2 soat)

Havo nima? Havoning ahamiyati. Havo harorati.



6-mavzu: Ob-havo. (1 soat, A1+: 2 soat)

Ob-havo. Ob-havoning mahalliy belgilari. Shamolning paydo bo‘lishi.



7-mavzu: Yog‘inlar. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat)

Yog‘inlar, ularning turlari. Tabiatda suvning aylanishi.


2-BOB. YER OSTI BOYLIKLARI

(5 soat, A1+: 12 soat)
8-mavzu: Foydali qazilmalar qayerdan olinadi? (1 soat, A1+: 2 soat)

Foydali qazilma haqida tushuncha. Foydali qazilmalar qanday hosil bo‘ladi? Ular qayerlardan qazib olinadi?



9-mavzu: Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalar. (1 soat (A1+: 3 soat)

Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, ulardan olinadigan mahsulotlar.



10-mavzu: Qora va rangli metallar. (1 soat, A1+: 2 soat)

Qora metallar. Temirtosh rudalari: magnitli, qo‘ng‘ir, qizil temirtosh. Ulardan temir eritib olish. Rangli metallar: oltin, mis, aluminiy. Ulardan yasalgan buyumlar.



11-mavzu: Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar. (1 soat, A1+: 2 soat)

Marmar. Granit. Ohaktosh. Qum va gil. Ularning ishlatilishi.



12-mavzu: Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish. Nazorat ishi. (1 soat (A1+: 3 soat)

Foydali qazilmalarni nima uchun tejash kerak? Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish va ularni tejash.


3-BOB. TUPROQ

(2 soat, A1+: 4 soat)
13-mavzu: Tuproq, uning tuzilishi. (1 soat, A1+: 2 soat)

Tuproqning tarkibi va tuzilishi. Undagi jonzotlar. Tabiatdagi qattiq jismlarning parchalanishi, tuproqning hosil bo‘lishi.



Download 326.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling