Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


III. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati


Download 35.62 Kb.
bet4/7
Sana10.10.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1696956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
295 qaror 27.10.2014

III. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati
9. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi va nazorati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ta’minlanadi.
10. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
texnologik tartibni, chiqindilarning hosil bo‘lish uchastkalari bo‘yicha alohida — ro‘yxatga olish hujjatlarini, xomashyo resurslari harakatining moddiy balansini va chiqindilarni olib chiqib ketish, zararsizlantirish va utillashtirishning shartnomaviy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi dastlabki hujjatlarini yuritish;
chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilash;
chiqindilarni pasportlashtirish;
chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish;
chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq davlat statistika hisobotini yuritish.
11. Davlat hisobi toksik va notoksik chiqindilar, shu jumladan mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalardagi ro‘yxatlarga muvofiq, qayta ishlanishi lozim bo‘lgan chiqindilar bo‘yicha ham yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2 va 3-ilovalarda keltirilgan Chiqindilar ro‘yxatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Hay’ati qarori bilan tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
12. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazorati:
yuridik shaxslar tomonidan atrof muhit muhofazasi qonunchiligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi talablariga rioya etilishini tekshirish;
subyektlar tomonidan taqdim etiladigan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat bo‘yicha statistika hisobotini kelishish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Monitoring chiqindilarning amalda hosil bo‘lgan hajmlari, chiqindilarning hosil bo‘lish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Chiqindilarning amalda hosil bo‘lgan hajmlari, chiqindilarning hosil bo‘lish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari quyidagi choralarni ko‘radilar:
yuridik shaxslarga monitoring o‘tkazish natijalari bo‘yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida majburiy ko‘rsatmalar beradilar;
qonun buzilishlarining yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga ko‘ra faqat dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha va muddatlarda yoki yuridik shaxsning murojaatiga ko‘ra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrug‘iga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning o‘zida bir nechta qonun buzilishlari bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan hollarda majburiy ko‘rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy ko‘rsatmalarning so‘ngi muddati tugaganidan so‘ng bir marta amalga oshiriladi);
yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida majburiy ko‘rsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jazo qo‘llaydilar.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektga xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, uning qonunchilikka muvofiq to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling