Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Download 35.62 Kb.
bet1/7
Sana10.10.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1696956
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
295 qaror 27.10.2014



[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-oktabr,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qaroriga
ILOVA
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni olib borish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish, shuningdek chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini yurituvchi davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi faoliyati chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mish, qayta ishlash, utillashtirish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
3. Quyidagilar chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlarini bajarishida ularning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
chiqindilarning hosil bo‘lishi, joylashtirilishi, utillashtirilishi, saqlanishi, ko‘milishi va ulardan foydalanilishi, shuningdek ularni ikkilamchi xomashyo sifatida xo‘jalik ishlariga jalb etilishi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash;
atrof muhitning ifloslanishiga va aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan halokatli vaziyatlarning oldini olish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga barham berish.
4. Davlat hisobi va nazoratini amalga oshirishda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling