Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


IV. Maxsus vakolatli davlat organlarining chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati bo‘yicha vazifalari


Download 35.62 Kb.
bet5/7
Sana10.10.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1696956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
295 qaror 27.10.2014

IV. Maxsus vakolatli davlat organlarining chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati bo‘yicha vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilikka muvofiq, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish idoraviy va hududiy dasturlarini kelishadilar;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqarish, idoraviy, hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
toksik va notoksik, shu jumladan ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va ko‘milishi lozim bo‘lgan chiqindilarning hosil bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratadilar.
16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
chiqindilarni to‘plash va utillashtirish korxonalarini tashkil etishda ko‘maklashadilar.
17. Ma’lumotlar bazasidagi umumlashtirilgan tarzdagi ma’lumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan — chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan — atrof muhitning kimyoviy va bakteriologik ifloslanishi, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda belgilangan sanitariya me’yor va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan — konchilik sanoatida va kon qazilmalarini qayta ishlash korxonalarida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida nazorat uchun;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan — moddiy balanslarni shakllantirishda;
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan — chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi umumdavlat dasturlari chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlash, tegishli hududda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini joylashtirish masalalarini hal etish uchun foydalanishga mo‘ljallanadi.
Toksik va notoksik, shu jumladan ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va ko‘milishi lozim bo‘lgan chiqindilarning hosil bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasi chiqindilarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda, ma’lumotlar bazasidan umumlashtirilgan tarzdagi axborotni har yili, ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralarga yuboradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling