Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


chiqindilarni vaqtincha joylashtirish


Download 35.62 Kb.
bet3/7
Sana10.10.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1696956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
295 qaror 27.10.2014

chiqindilarni vaqtincha joylashtirish — chiqindilarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududida ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan yoki boshqa maydonlarda, ulardan keyinchalik texnologik jarayonda foydalanish yoki qayta ishlashga, utillashtirish yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish obyektiga jo‘natish paytigacha saqlash;
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan korxonalar — faoliyati chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
II. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan davlat hisobi va nazoratini olib boruvchi subyektlar hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
6. Chiqindilarning egalari bo‘lgan yuridik shaxslar va ixtisoslashtirilgan korxonalar chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari hisoblanadi.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari quyidagilarga majbur:
toksik va notoksik chiqindilar hisobini yuritish, belgilangan tartibda davlat statistika hisobotini taqdim etish;
chiqindilarni to‘liq utillashtirish, ularni boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarga sotish yoki berish chora-tadbirlarini ko‘rish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish borasida ushbu Nizom talablariga muvofiq ichki tartibni o‘rnatish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning idoraviy va hududiy dasturlari bajarilishini ta’minlash.
7. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazoratni olib borish subyektlari hisobot yili yakuniga ko‘ra, chiqindilarning hosil bo‘lishi, joylashtirilishi, ulardan foydalanilishi yoki ularni ixtisoslashtirilgan korxonalarga qayta ishlash, utillashtirish, ko‘mish uchun berilishi haqidagi davlat statistika hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan shakllarga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Statistika hisoboti elektron shaklda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan kelishilgandan so‘ng, hududiy statistika organlariga yuboriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladigan statistika hisobotlari ko‘rib chiqilishi va kelishilishini uch kun muddatda ta’minlaydilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi belgilangan tartibda:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
statistika hisobotlarini umumlashtiradi va chiqindilarning hosil bo‘lishi, utillashtirilishi va ular bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishini tahlil va nazorat qilish hamda ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuboradi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling