Tabiiyot-geografiya fakulteti


Download 0.59 Mb.
bet12/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

Insert - lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo`lib, o`quvchilar tomonidan o`quv materialidagi asosiy g`oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo`llaniladi.

O`quvchilarni insert yordamida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o`rganiladigan o`quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O`quvchilar har bir abzatsni o`rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi.

Agar abzatsda berilgan ma`lumot shu kungacha o`zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman” - V, agar ma`lumotlar tushunarli va yangi bo`lsa, u holda “Ma`qullayman” +, agar ma`lumotlar o`quvchilar o`zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “O`rganish lozim”-, o`quvchilar o`quv materiallarini o`zlashtirishda qiyinchilik xis etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qo`yadi.

Insertda foydalaniladigan maxsus jadval

Abzatslar



Bilaman”

-V

Ma`qullayman”

+

O`rganish lozim”

__


Tushunmadim”

?




















Ta`lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi:

  • O`quvchilar kichik guruhga ajaratiladi, lekin insert vazifasida dastlab har bir o`quvchi yakka tartibda ishlaydi va jadvalni to`ldirishi, guruh a`zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan so`ng, fikrlarini taqqoslashi;

  • O`quv bahsi orqali kichik guruh a`zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo`lishini ta`minlash, ya`ni jadvaldagi keyingi ikki ustuni bo`yicha bir xillikka erishish;

  • O`qituvchi o`quv materiali asosida tuzilgan savol-topshriqlari va kichik guruh a`zolarining jadvaldagi belgilari asosida o`quv bahsini tashkil etishi lozim.

Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a`zolari o`rtasida, so`ng kichik guruhlar bilan o`zaro o`quv bahsi o`tkazilishi, baxsda o`quvchilar tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklarni to`ldirish, bilimidagi bo`shliqlarni to`ldirish yuzasidan o`qituvchi tomonidan berilgan axborot ta`lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Insertdan foydalangan o`qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbai funksiyasi bir muncha kamayib, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, o`qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.

Biologiyani o`qitishda o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta`minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim o`rin tutadi.

Klaster - cluster - ingliz tilida shajara degan ma`noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o`quvchilar tomonidan o`zlashtirgan va o`zlashtiradigan g`oya, nazariya, qonuniyat va tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.

Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Biologiya kursi mazmunidagi muayyan g`oya doska yoki qog`oz o`rtasiga yoziladi;

  • Ushbu g`oya bilan bog`liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog`liq holati ko`rsatkich bilan belgilanadi, so`ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma`lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi.

  • Avval o`rganilgan mavzu va o`rganiladigan mavzu o`rtasidagi bog`lanishlar haqida xulosa chiqariladi.

Klasterdan foydalaniladigan darslarda o`quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o`quv topshirig`ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so`ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o`zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Klaster aniqlanadi, g`oliblar rag`batlantiriladi.

Klaster bitta mavzu yoki bob bo`yicha yaxlit tuzish o`quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g`oya yoki tushuncha o`rin oladi, masalan, genlarning o`zaro ta`siri bo`yicha quyidagicha tuziladi:

1-topshiriq. Genlarning belgilarga ta`siriga ko`ra guruhlarga ajrating.

1. To`liq dominantlik. 2. Komplementariya. 3. Oraliq irsiylanish. 4. Epistaz.

5. Polimeriya. 6. Pleyotropiya. 7. Ko`p allellik.









Klasterning javobi: Bir genning bir belgiga ta`siri- 1, 3, 7, bir nechta genning bir belgiga ta`siri- 2, 4, 5, bir genning ko`p belgiga ta`siri - 6.

Ta`lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo`llaniladigan texnologiyalardan biri- Venn diagrammasi bo`lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djon Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammasi o`rganilayotgan mavzudan o`rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarii tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun`iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun


kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi tavsiya etiladi.







Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni o`qitishda “Keys”dan foydalanish yuqori samara beradi. “Keys” - case stadies ingliz tilidan olingan bo`lib, jarayon yoki vaziyat degan ma`noni beradi. Biologiyani o`qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek munozarali “O`simliklarning paydo bo`lishi va rivojlanishi”, “Hayvonot olamining paydo bo`lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni o`qitishda foydalanish mumkin. Ta`lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun o`qituvchi:

  • Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni o`qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;

  • Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga ko`ra yakka tartibda yoki o`quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi;

  • O`quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o`quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yo`llarini rejalashtirishi;

  • Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o`quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.

Biologiyani o`qitishda izohlashni talab etadigan biologik muammolar muhim o`rin tutib, o`quvchilarda ob`ektlarni tanish, ob`ektlar o`rtasida bog`lanishlarni aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud. Quyida botanikani o`qitishda Keys stadidan foydalanish imkonini beradigan muammoli masalalar berilmoqda:

  1. masala. Lishayniklar tabiatda keng tarqalgan, hattoki dengiz va okeanlardagi suvdan chiqib qolgan qoyalarda ham o`sadi, lekin shaharlarda uchramasligining sababini aniqlang.

  1. masala. O`rmonlarda qirqquloqlar juda ko`p uchraydi. Qirqquloqlarning ahamiyatini anglagan holda o`rmonchilar boshqa daraxtlarni kesib tashladilar. Natijada qirqquloqlar qirilib ketdi. Mazkur holatning sababini aniqlang va javobingizni sxema tarzida ifodalang.

  1. masala. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg`a ham iste`mol qiladi. Chumchuq mevani cho`qiydi, qarg`a yutib yuboradi. Sizningcha bu qushlarning qaysi biri o`simlik uchun foyda keltiradi?

  1. masala. Oq qayin o`rmondagi o`simliklarning 1-raqamlisi sanaladi, ya`ni dastlab oq qayin o`sa boshlaydi va o`rmon hosil qiladi. Lekin, oq qayinli o`rmon vaqtinchalik sanaladi. O`rmonda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni sxematik tarzda ifodalang.

  1. masala. Ma`lumki, o`simlikning ildiz sistemasi uning o`sayotgan muhitga bog`liq. Botqoqlikda yoki cho`lda o`sayotgan o`simlikning ildizi nisbatan rivojlangan bo`lishini aniqlang.

O`quvchilar ushbu muammoli masalalarni hal etish jarayonida avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo`llashi, o`z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil fikr yuritish ko`nikmalari rivojlantiriladi.

Quyida zoologiya darslarida Keys stadidan foydalanish uchun zarur bo`ladigan muammoli masalalardan namunalar berilmoqda.

  1. masala. Nima sababdan qushlarda diafragma bo`lmaydi-yu, sut emizuvchilar uchun diafragma zarur?

  2. masala. Faraz qiling sizga qushning skeleti berilib, uning qaysi muhitda yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so`raldi. Siz avvalo nimalarga e`tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo`lardingiz?

  3. masala. Xasharotlarda yurak urushining chastotasi tana hajmiga bogliq emas. Buni qanday izohlash mumkin?

  4. masala. Qushlarda tish bo`lmasligi qaysi organlarining o`zgarishiga olib kelgan? Siz bu holatni qanday izohlaysiz?

  5. Masala. Odamni operatsiyaga tayyorlash jarayonida narkoz maskasi yuz tomoniga qo`yiladi. Hasharotlarni tinchlantirish uchun narkoz maskasini qaerga qo`yishni tavsiya etasiz?

Odam va uning salomatligini o`qitishda foydalaniladigan muammoli masalalar nafaqat shu o`quv fani balki avvalgi sinflarda o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo`llashi orqali fanlar o`rtasidagi aloqani amalga oshirish, shuningdek, bilimlarni tizimga solib, yaxlit tasavvur qilish, o`z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari rivojlantiriladi.

  1. masala. 150g go`sht iste`mol qilinganda organizmda 150 kk energiya hosil bo`ladi, u 100 g nondan hosil bo`lgan 300 kkal energiyasiga nisbatan 2 marta kam bo`lishiga qaramasdan odamni to`q tutadi. Mazkur holatning sababini tushuntiring.

  1. masala. Ko`zning to`r pardasida 2 tipdagi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlari bo`lgan hayvonlar, to`r pardasida bir xil tipdagi retseptorlar bo`lgan hayvonlarga nisbatan qanday afzallikka ega bo`ladi?

  1. masala. Ko`z soqqasida suyuqlik bilan to`lgan shishasimon tanacha joylashgan. Mazkur shishasimon tanachaning suyuqlik bilan to`lganligining ahamiyatini tushuntiring. Agar shishasimon tanacha havo bilan to`lganida qanday o`zgarish sodir bo`lardi.

  2. masala. Odam organizmining 1 minutda qancha energiya sarf qilishini yurak urushining chastotasi (puls) yordamida quyidagi formula yordamida:

Q = 0,2 xA- 11,3; aniqlash mumkin. Bu yerda Q- energiya miqdori;

A- yurak qisqarishining chastotasi (puls), qolgan kattaliklar o`zgarmas sonlar.

Agar odam yuragi tinch holatda 70 marta urayotgan bo`lsa, unda bir minutda qancha energiya sarf bo`ladi? Bir soatda-chi? Bir sutkada-chi?

  1. masala. Odamning nafas olish organlari butunligiga qaramasdan uzunchoq miyaning zararlanishi nafas olish jarayonining to`xtashiga olib kelishining sababini tushuntiring.

Biosfera evolyutsiyasi. Biogenez, Noogenez, Noosfera” mavzusida Keysni quyidagicha o`tkazish tavsiya etiladi.

  1. topshiriq. Biosferaning noosfera bosqichida biosfera gomeostaz holatining buzilish sabablarini aniqlang. Yuzaga kelgan muammolarni tartib bilan yozing.

1-muammo:_________________________________

2-muammo:_________________________________

Muammoning namoyon bo`lish sabablari:

Muammoni hal etish yo`llari:

Muammoni barataf etish tadbirlarini rasmiylashtirishda tayanch atamalar asosida konspekt tuzing:

1-muammo: 2-muammo:

Muammoning namoyon bo`lishi

  1. a) Insonning tabiatga salbiy ta`siri

  1. b) Parnik effekti

v) Texnika progressi










Muammoni hal etish yo`llari:

1. 3.



  1. 4.

2-topshiriq. Biosfera gomeostaz holatining buzilishni oldini olish tadbirlarini belgilang.


Biosfera gomeostaz holatini saqlash tadbirlari

Davlat miqyosida

Aholi tomonidan






3-topshiriq. Insonning tabiatga ko`rsatgan salbiy ta`siri yuzasidan fikringizga asoslanib TAKIFMX jadvalini to`ldiring.

T — tahlil ; A — afzalligi; K—kamchiligi; Iimkoniyatlari;

FMfoydalanishdagi muammolar; X— xulosa

TAKIFMXjadvali


Tahlil

A

K

I

FM

X
O`quv jarayonida Keys stadi texnologiyasidan foydalanish bosqichlari berilmoqda.

Keys stadi quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:



  1. - bosqich. O`qituvchining kirish so`zi. Keys qoidalari bilan tanishtirish. O`quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.

  1. - bosqich. Kichik guruhlarga muayyan jarayonni o`rganish maqsadida shakllantirilgan muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.

  1. - bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish.

  2. - bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini tinglash.

  3. - bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv baxsi va munozara o`tkazish

  4. - bosqich. Umumiy xulosa yasash.

Keys stadi” qo`llanilganda o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi, shaxs sifatida aqliy rivojlanishi va kasbiy tayyorgarligi ortadi. O`quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.

Ta`limtarbiya jarayonida o`quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o`zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o`rin tutadi, shu sababli o`qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni Atamalar zanjiri tizimiga keltirishi kerak.

Atamalar zanjiribu atamalar va ularning ta`riflari bo`lib, ulardan o`qituvchi o`tgan mavzuni yakunlash, yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq.

1 — tonshiriq. Atamalar raqamini ularning ta`rifi bilan juftlang.

1

Plazmid

A

Asosiy xromosomaga birika olmaydigan va asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o`z-o`zidan replikatsiya qiladigan xalqasimon DNK molekulalari.

2

Transmissibl

plazmid


B

DNK zanjirining kesuvchi fermentlari.(Restriktaza)

3

Avtonom

plazmidlar



D

Xromosomadan tashqarida joylashgan o`z-o`zini replikatsiya qila oladigan halqali DNK molekulasi

4

Endonukleaza

G

i-RNK matritsa vositasida o`z nusxasini sintezlab, genomning boshqa joyiga ko`chib o`tadigan virussimon DNK molekulasi.

5

Retrotranspozon

F

Bitta hujayradan hosil bo`lgan, irsiy jihatdan o`xshash hujayralar koloniyasi.

6

Transpozon

H

Molekulalarning elektr maydonnda joylashtirilgan maxsus gel ichida kattaligiga ko`ra ajratish usuli.

7

Restriktaza

G

DNK molekulasini maxsus nukleotidlar izchilligiga ko`ra bo`laklarga bo`luvchi ferment.

8

Klon

J

Hujayra xromosomalari tarkibiga rekombinatsiyalana oladigan plazmid.

9

Transpozaza

I

Genomdan o`zini qirqib genomning boshqa joyiga ko`chib o`tadigan genetik tuzilma.

10

Elektroforez

K

Transpozonlarning ko`chib yurishini ta`minlovchi ferment.

Topshiriqning javobi: 1 - D; 2 - J; 3 - A; 4 - B; 5- E; 6 - I; 7- G; 8-F; 9 - K; 10 -H.



Mazkur texnologiyadan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondoshish mumkin.

  • O`quvchilar “kichik guruhlarga" ajratilib, guruh a`zolaridan kichik konsultant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruh a`zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o`quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishi yoki izoxga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to`gri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to`plagan balini belgilaydi.

  • O`quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar ro`yxati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga ko`ra o`zaro mantiqiy bog`langan zanjir Klaster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv ko`p vaqtni talab etsa-da samaradorligi yuqori bo`lib, o`quvchilarning mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

  • Atamalar zanjiri” dan o`tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o`quvchilarning kichik guruh a`zolaridan og`zaki holda atamalarni ketma-ket avvalgilarni takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga ko`ra o`zaro bog`liq holda yangi atama qo`shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o`yin yakunida guruh a`zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta`rif berish va ularni izoxlash talab etiladi.

Biologiyani o`qitishda tezkor o`yinlar va o`yin mashqlardan ham foydalanish muhim o`rin tutadi. Biologik diktant o`quvchilarning o`zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llashga imkoni yaratib, o`quvchilar bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli biologiyani o`qitishsa o`quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda biologik diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, “Genetik injeneriya haqida tushuncha. Irsiyatning moddiy asoslarini o`rganish tarixi” mavzusida quyidagi biologik diktantdan foydalanish maqsadga muvofiq. Biologik diktantning birinchi turida o`quvchilardan nuqtalar o`rniga mos keluvchi tushunchalarni qo`yish tavsiya etiladi.

O`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar. I- topshiriq. Biologik diktant.

1-Organizmlarning irsiyat, irsiylanish va o`zgaruvchanlik qonunyatlarini o`rganadigan fan - . ..............................................................................................

  1. Gomologik bo`lmagan xromosomalarda joylashgan bo`lib bir necha belgining mustaqil irsiylanishi va alternativ namoyon bo`lishini ta`min etuvchi genlar - .....................................................................................................................

  1. Gomologik xromosomolarning bir xil qismida joylashgan bo`lib bitta belgining keskin farq qiluvchi-alternativ holatda rivojlanishi tamin etuvchi dominant va retsetsiv shaklda bo`ladigan genlar-.....................................................

  2. Organizm miqdoriy belgilarining irsiylanishi va rivojlanishi darajasini belgilovchi,bir xil funksiyasiga ega bo`lgan noallel genlar - ..................................

  3. Genlarning epiztatik taъsiri natijasida patlari oq rangdagi tovuq zotlarini o`zaro chatishtirilganda G2 da fenotip va genotip jihatidan ajralish nisbati-...........

  4. Kumulyativ polimeriyada fenotip bo`yicha ajralish nisbati - ........................

  5. O`simliklardagi xromosomalar sonining karra ortishi - .................................

  6. Belgilarning xilma-xillik darajasi yoki o`zgaruvchanlik chegaralari - ........

  7. Genetik materialning irsiy o`zgarishi - ...........................................................

  8. Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotidlarning o`zgarishi yoki almashinishi bilan bog`liq mutatsiyalar - ................................................................

Biologik diktant javoblari : 1. Genetika. 2. Noallel genlar. 3. Allel genlar. 4. Polimer genlar. 5.13:3; 1:2:1:2:4:2:1:2:1. 6. 1:4:6:4:1. 7. Poliploydiya. 8. Reaksiya normasi. 9. Mutatsiya. 10. Nuqtali mutatsiya.

Keyingi yillarda pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlaridan bo`lmish ta`limda blok-modul sistemasidan foydalanish masalasiga e`tibor kuchaymoqda.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling