Kirish Qadimgi Yunоn mаd
Download 44.32 Kb.
|
Qadimgi.....
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Qadimgi Yun оn m аd аniyati
- Krit-Mikena yoki Egey madaniyati
Kirish Qadimgi Yunоn mаdаniyati Suzish sportining O‘zbekiston va Xalqaro federasiyasi Suzishning qanday turlari bor? Suzishning sport uslublari: kroldan kapalakgacha 1.Kirish Respublikamizda jamiyatning barcha soxalarini yangilash, rivojlantirish jarayoniga faol kirishilmoqda. Bu yo’lda jismoniy tarbiya va sport ilmiga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bejiz emaski, xukumatimizning «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» (1992 yil 14 yanvar), «Sog’lom avlod kompleks dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1992 yil 3 iyul) va qarorlarida hamda aholining keng qatlamlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada yoyish kerakligi ta’qidlangan.Suzish bilan shug’ullanish, jismoniy mashqlarning eng foydali turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu o’quv—uslubiy majmuada suzish tarixi, suzishning ahamiyati, suzishga o’rgatish, suzish usullari, suzish turlari bayon etilgan.Suzish va uni o’qitish uslubiyati fani talabalarga suzish bo’yicha mashg’ulotlar olib borishni, nazariy va uslubiy ma’lumotlar berishni, asosiy usullarini bajarish mahoratini, shuningdek, maktabda suzish bo’yicha mustaqil pedagogik faoliyat olib borishga yordam berishni ko’zda tutadi.Muammoli ma’ruzalar to’plamiga Suzish va uni o’qitish metodikasining predmeti, uning paydo bo’lshi manbalari va rivojlanish bosqichlari, sportga va amaliy suzish usullari texnikasi hamda suzish bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi bo’yicha nazariy bilimlar berilgan.Amaliy mashg’ulotlarda talabalar suzish usullarini mahorat bilan bajarish bo’yicha malaka va ko’nikmalarni egallaydi hamda malakasini oshiradi. 2.Qadimgi Yunоn mаdаniyati Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib keyingi davr, umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bo`la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qo`shni davlatlar, ayniqsa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bo`lgan.Qadimgi yunon madaniyati o`zining ulug`vorligi, nafisligi, qamrab olgan ko`lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratlantirib keladi. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga keltirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini ko`rsatib berdi. Hozirgi zamon san‘ati va adabiyotining ko`pgina tur va janrlarining shakllanishiga sabab bo`ldi.Yunon madaniyati o`sha davr kishilarining his-tuyg`ulari, intilishlari-yu, orzu-umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllangan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g`oyaviy va badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi hislatlarni madh etishib, pastkashlik, qurqoqlik, sotqinlik kabilarni qoralaganlar. Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday cho`qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari o`z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan O`rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan.Uyg`onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr/,,antik"so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib, ,,qadimgi"degan ma‘noni anglatadi/ madaniyatidan madad olib butun Yevropani chulg`ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar.Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari to`g`risida to`liqroq tasavvurga ega bo`lish uchun uni davriylashtirib o`rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir tarixiy-madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan mazmunan boy va g`oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi ko`zga tashlanadi. Qadimgi yunon madaniyatini o`rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning madaniy hayoti va ma‘naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz. 1. Krit-Mikena yoki Egey madaniyati./mil.avv.Ill ming yillikdan to mil.avv.XII asrlargacha bo`lgan davr./ 2. Gomer davri madaniyati./mil.avv.XI-VIII asrlar./ 3. Arxaika davri madaniyati./mil.avv.VII-VI asrlar./ 4. Klassika davri yoki grek demokratiyasi davri madaniyati /mil.avv-V asr IV asrning 40 yillarigacha bo`lgan davr./ Albatta bu davrlar madaniyatining o`ziga xos jihatlari, rivojlanish qonuniyatlari mavjud bo`lib, umumjaxon, ayniqsa, Yevropa madaniy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Yuqoridagicha, davriylashtirish shuni ko`rsatadiki, qadimgi yunon madaniyati uzoq davrlarni bosib o`tib rivojlangan va insoniyat madaniyatining umumboyligiga aylangan.Qadimgi yunonlar o`zlaridan keyingi avlodlarga shunday madaniy meros qoldirganlarki, bu madaniy boylikpar minglab yillar o`tsa-da, o`z jozibasini, nafisligi-yu, nafosatini hanuzgacha yo`qotmagan va ko`rgan kishini beixtiyor hayratlantiradi.Suzishning kelib chiqish ta’rifi. Ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, Yunonistonda bizning eramizdan 3000-4000 yil ilgari ham, odamlar suzishni bilganlar, suzishdan keng foydlanishgan va ular suvda cho’milishni gigiyenik jihatdan yuqori a’lo baholashgan. F.Engelsning yozishicha, o’rta asr sarkardalari o’z askarlarini kiyimsiz qanday so’zsa, qurol-aslaha bilan ham shunday suzishga majbur etganlar. Suzish ular uchun eng birinchi eismoniy tayyogarlik hisoblashgan. Sababi oddiy eang paytida bir joydan ikkinchi joyga hujum qilayotganda suvliklarni piyoda kechib o’tishga to’g’ri kelgan.Suvliklar yaqin yashagan qabilalar nafaqat o’zlarining kundalik ehtiyoji uchun, balki yillar o’tishi bilan ongi shakllanib-taraqqiy etishi natijasida suv osti boyliklaridan foydalanishni o’rgana boshlagan. Masalan: suv osti chig’anoq va dur kabi ziynat buyumlar, keyinchalik esa suv osti minerallarini olib chiqishni o’rgana boshlagan. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Gretsiya, Fransiya, AQSH, Avstraliya, Avstriya, Germaniya, Belgiya, Angliya, Vengriya, Gollandiya, Daniya, Italiya, Shvetsiya, Finlandiya, Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlarda suzishni o’rgatuvchi maktablar tashkil etildi, sun’iy basseynlar qurib ishga tushirilgan.Sharq mamlakatlarida, xususan, O’rta Osiyoda ham suvda suzishga intilish, o’rinish bo’lgan. Ayniqcha Amudaryo bilan Sirdayo, va Orol soxillarida yashovchi xalqlar bir tomondan tirikchilik uchun bo’lsa, ikkinchidan harbiy mashg’ulotlar sifatida, uchinchidan zaruriyat yuzasidan o’rganishgan. Suzishning tarixiy rivojlanishi va uni inson salomatligi foydali tomonlari haqida qadimgi asarlarda yozib qoldirilgan. Masalan: mashhur “Qobusnoma” asarida suzishni bilishning ahamiyati va uni farzand tarbiyalashda tutgan o’rni haqida ibratli fikrlar ifodalangan.“Bu o’rgatgan xunarlaringizni zarur bo’lganda o’g’limni o’rniga boshqa kishi ham bo’ladi, uning uchun boshqalar qila olmaydigan hunar o’rgatmabsizlar” dei amir o’g’limning ustoziga.Ustozlar bir ovozdan suradi, amir suvda suzish deb javob berdi. Shundan so’ng shaxzoda suzishga o’rgatiladi.Oradan kun yillar o’tib, Shaxzoda o’z yaqinlari bilan dengiz safariga chiqadi. Ular dengizdan o’tayotganida xavfli girdobga duch kelib kemachi kemani boshqara olmasdan yigirma yetti kishi suvga cho’kadi. Shundan faqat shaxzoda bilan bir nafar suzishni yaxshi bilgan quli omon qoladi.Bundan ko’rinib turibdiki suzish – avvalo kishini halokatdan asraydi qolaversa salomatligini mustaxkamlaydi. Afsuski suzishga oid ma’lumotlar bizgacha yetib kelganlari esa tadqiq etilgani yo’q.Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda suzish sportini rivojlanishda Moskva, Leningrad shaharlaridagi suzish maktablarining roli katta bo’lgan. 1931 yilda GTO, 1934 yilda BGTO tashkil qilingan va ular sinov me’yorlariga suzish majburiy modda qilib kiritilgan.1935 yildan boshlab suzish – sport tariqasida ommaviy tarzda tan olindi va uning qonun-qoidalari, mashg’ulot rejalari (programma) o’quv kurslari ishlab chiqildiyu 60-yillarga kelib K. Inyasevskiy bolalarga suzishni o’rgatish bo’yicha olti bosqichdan iborat reja tuzib berdi. Bu rejaga ko’ra, bola yoshiga qarab suzish qoidalarini bosqichma-bosqich o’rganish kerak. Masalan: bola 5-6 yosh bo’lganida suv bilan tanishish, suv yuzida tura olish va oddiy harakatlarni bajara olishi kerak: 7-8 yoshda bolaga sportcha suzishni texnikasini o’rgatish: 9-10 yoshda salomatlikni mustahkamlash: 11-12 yoshda harakatlarni tez va har xil usulda bajarish: 13-14 yoshda turli xil texnikali harakatlarni takomillashtirish: 15-16 yoshdan boshlab bolani qobiliyatini aniqlash.Suzish sportini rivojlanishi shu bilan cheklanib qolmasdan, suzishning metodikasi, texnikasi borgan sari boyib bordi. Natijada bolalarga suzishning 5 dasturi tavsiya qilindi. Bu metodikaga ko’ra 11-12 yoshli bola 65 mashg’ulotda suzishning har qanday usuli bilan 25-50 m masofani, 9-10 yoshli bola 85-mashg’ulotda shu masofani bosib o’tish kerak. «Suzish va uni o’qitish metodikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - Suzishni qisqacha tarixi, turkumlari, davrlari, pedagogik axamiyati. - Suzish tushunchasini aniqlash. - Suzishni tasnifi (klassifikatsiyasi). - Suzishni taxlil qilish. - Suzishni tashkil qilish va o’tkazishni bilish kerak; Ko’nikma - talabalar suzish fanidan suvda o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish jismoniy mashqlar hatti harakatlarini bajarishni amalga oshirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; Malakka – Suzishni tashkil qilish va o’tkazish: tayyorgarlik ko’rish. Suvda o’yinlarni tanlash va tashkil etish. O’yin jarayoniga raxbarlik qilish suvda yuklamani boshqarish. O’yinni yakunlash va uni natijalarini aniqlash hamda avtomatizim shakliga keltirish malakalariga ega bo’lishi kerak; Amaliy mashg’ulotlarda talabalar turli-xil suzishni tashkil qilish va o’tkazishni o’rganadilar. Amaliy mashg’ulotlarda tavsiya etiladigan mavzulari: 1. Suzishning umum texnik asosi suzish texnikasi xaqida tushuncha. 2. Suzishni osonlashtiruvchi texnik usullari. 3. Boshlang’ich etap. 4. Suzishning sport turlari bo’yicha texnikasi. 5. Amaliy suzishning texnikaviy asoslari. 6. Suvda o’yinlarni tashkil etish. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy mashg’ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qullanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materialllardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, o’yinlarni tashkil qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Download 44.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling