Tajriba ishi. Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini hisoblash


Download 1.52 Mb.
bet3/39
Sana05.11.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1748787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
тажриба ишлари

3-Tajriba ishi.


Maydalangan tog‘ jinslarining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash.
1.Kirish
1. Ishdan maqsad:
1.1. Maydalangan tog‘ jinslarining to‘kma og‘irligini aniqlash (namuna).
1.2. Tog‘ jinslarining maydalanganlik koeffitsientini aniqlash (namuna).


2. Nazariy qism:
Maydalangan tog‘ jinslari tabiiy maydalangan va kon ishlari jarayonida maydalangan jinslarga bo‘linadi.
Maydalangan (yumshatilgan) tog‘ jinslari alohida tuzilishga ega bo‘lmaganligi uchun qattiq jinslar bo‘laklaridan barcha fizik parametrlari keskin farq qiladi. Yumshatilgan tog‘ jinslarining asosiy parametrlaridan biri to‘kma og‘irlik bo‘lib, yumshatilgan jinslarning hajm birligidagi og‘irligiga teng. To‘kma og‘irlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

bunda: G – idish bilan maydalangan tog‘ jinsining birgalikdagi og‘irligi, g
g – idishning og‘irligi, g
V - idishning hajmi, sm3

SI birliklar sistemasida to‘kma og‘irlikning o‘lchov birligi – N/m3, din/m3, kg/m3, g/sm3 deb qabul qilingan. Ushbu o‘lchov birliklari 1N/m3= 0,102 kg/m3 ga bog‘liq holda aniqlanadi.


To‘kma og‘irlik hajmiy va solishtirma og‘irliklarga nisbatan kichik bo‘ladi, chunki tog‘ jinslari maydalangandan keyin hajmlari ham ortadi. Tog‘ jinslarining ushbu parametrlari orasidagi bog‘liqlik tog‘ jinslarining qattiqlik koeffitsienti orqali aniqlanadi:


yoki

Agarda tog‘ jinslarining maydalanganlik koeffitsienti va hajmiy og‘irligi aniq bo‘lsa, u holda tog‘ jinslarining to‘kma og‘irligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Tog‘ jinslarining maydalanganlik koeffitsienti (kmay) qattiq tog‘ jinsi massivining hajmi (Vm) va ushbu tog‘ jinsining maydalangandan keyingi hajmi (Vmay), ning nisbatlari orqali aniqlanadi.



Agarda to‘kma og‘irlik va hajmiy og‘irlik aniq bo‘lsa, u holda maydalanganlik koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Maydalanganlik koeffitsienti kmay tog‘ jinsining maydalanganlik o‘lchamlari, tog‘ jinsi bo‘laklarining kattaligi va maydalanganlik vaqtidagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Maydalanganlik koeffitsientining maksimal qiymati kmay turli xildagi tog‘ jinslari uchun turlicha bo‘ladi:
o‘ta qattiq (skal) tog‘ jinslari uchun – 2,5 ÷ 2,7;
qo‘ng‘ir ko‘mir uchun – 1,4;
argelita – 1,3;
tuproqlar uchun (glina) – 1,25;
qumlar uchun – 1,2.


3. Tajribani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va materiallar:

To‘kma og‘irlikni aniqlash uchun:



  • maydalangan tog‘ jinsi bo‘lagining eng katta o‘lchamlari 10 mm bo‘lgan namuna 3 kg;

  • o‘zgarmas hajmli slindrik shisha idish;

  • 0,01 g aniqlikdagi texnik tarozi;

  • kataklarining o‘lchamlari 2; 4; 6; 8; 10 mm. ga bog‘liq bo‘lgan elak (sito);

Maydalanganlik koeffitsientini aniqlash uchun:

  • hajm o‘lchagich (ob’emomer), menzurka;

  • o‘lchamlari 10× 10×10 sm ga yaqin tuzulishi ixtiyoriy ravishda tanlangan tog‘ jinsi namunasi;

  • o‘lchami 50×50 sm bo‘lgan metall list;

  • molotok. (bolg‘a)

4. Ishni bajarish tartibi.
4.1 Tog‘ jinsining to‘kma og‘irligini aniqlash:
1. Tog‘ jinsini elak (sito) jamlanmasi yordamida 2; 4; 6; 8; 10 mm kattalik- dagi o‘lchamlarga ajratiladi.
2. Silindr ko‘rinishidagi quruq shisha idish 1 g aniqlikda texnik tarozi yordamida o‘lchab olinadi (g).
3. Har bir o‘lchamdagi maydalangan tog‘ jinsini idishga joylashtirib 1 g aniqlikda o‘lchab olinadi (G).
4. Maydalangandan keyin tog‘ jinsining hajmi Vmay o‘zgaradi, uni idishning ostki yuzasi S va idishning tog‘ jinsi bilan to‘ldirilgan balandligi h yordamida aniqlanadi Vmay = S·h
5. Maydalangan tog‘ jinsining to‘kma og‘irligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
6. Har bir kattalikdagi tog‘ jinslari uchun tajriba takroran o‘tkaziladi va to‘kma og‘irlikning o‘rta arifmetik ko‘rsatkichlari qayta hisoblanadi.
Tajriba natijalari 4-jadvalga to‘ldiriladi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling