Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

4
-masalaning  bayoni:
 
G‗oyaning  G‗oyaning    inson    hayotidagi    о‗rni    va  
ahamiyati    juda    muhim    falsafiy    masaladir.  Inson    о‗zi    g‗oyalarni    yaratadi, 
ulardan    kuch-quvvat    oladi.  О‗zi    yaratgan    g‗oyalari    insonning    ongi    va  
shuurini, tafakkuri  va  e‘tiqodini  egallab, uning  sohibiga  aylanadi. 
Yuksak    g‗oyalar    odamlarni    olijanob    maqsadlar    sari    yetaklaydi.  G‗oyasi  
yetuk,  e‘tiqodi    butun,  qadriyat-lari    yuksak    insongina    mardlik    namunalarini  
kо‗rsata  oladi. 
 inson  hayotidagi  о‗rni  va  ahamiyati  juda  muhim  falsafiy  masaladir. Inson  
о‗zi    g‗oyalarni    yaratadi,  ulardan    kuch-quvvat    oladi.  О‗zi    yaratgan    g‗oyalari  
insonning    ongi    va    shuurini,  tafakkuri    va    e‘tiqodini    egallab,  uning    sohibiga  
aylanadi. 
                                                                 
2
 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch.T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008, 71-bet 


Yuksak    g‗oyalar    odamlarni    olijanob    maqsadlar    sari    yetaklaydi.  G‗oyasi  
yetuk,  e‘tiqodi    butun,  qadriyat-lari    yuksak    insongina    mardlik    namunalarini  
kо‗rsata  oladi. 
 G‗oyalar    hamma  zamonlarda  ham    dolzarb  siyosiy-ijtimoiy  masala 
hisoblanib,  jamiyatni  sog‗lom,  ezgu  maqsadlar  sari    birlashtirib,  ommani 
ma‘naviy-ruhiy jihatdan tarbiyalab kelgan.  
Mustaqil  hayotga  qadam  qо‗yayotgan  yangi  avlod  jamiyatdagi  mavjud 
g‗oyalar  ta‘sirida  tarbiyalanadi,  muayyan  qarashlar  va  g‗oyalarni  о‗z  e‘tiqodiga 
singdiradi, о‗z navbatida, yangi g‗oyalarni yaratadi va targ‗ib etadi.  
G‗oyaviy  jarayonlar  insoniyat,    jamiyat  tarixiy  taraqqiyoti  bilan  bevosita 
bog‗liq.  Insoniyat  tarixida  g‗oya  va  milliy  g‗oyalarning  о‗rni  beqiyos.    О‗z 
о‗rnidag‗oyaviy  jarayonlar    ijtimoiy-iqtisodiy  shaprt-sharoitlar  bilan  bevosita 
aloqador.  
G‗oyalarning  muayyan  bir  davlatchilikning  shakllanishi  va  taraqqiyotida, 
ilmiy tafakkur  rivojida  alohida о‗rni bor.   
Masalan, О‗rta asrlarda jaholat va  inkvizatsiya shaxsning orzu intilishlari, ozodligi 
va tashabbuskorligi yо‗lida tо‗siq bо‗lib turgan bir vaqtda polyak olimi Nikolo 
Kopernik Yerning  quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm nazariyasini 
ilgari surdi. Bu g‗oya ham avvalo bir jasoratli  shaxs qalbidagi intilishlari sifatida 
namoyon bо‗lgan, keyinchalik butun dunyoda tan olinib, ilmiy tafakkurning 
tarkibiy qismiga aylangan. Shuningdek,  qadimgi yunonistonlik faylasuf 
Demokritning atomlar haqidagi g‗oyasi asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni  
topishga, dunyoning tuzilishidagi о‗rnini aniqlashga yо‗naltirib keldi.  Ana shu 
izlanishlarning natijasi sifatida  о‗tgan asrimizda atom kashf qilindi.  Bu kashfiyot 
insoniyatning olam tuzilishi tо‗g‗risidagi tasavvurlarining butunlay о‗zgarishiga 
olib keldi. Bugungi kunda ham yangidan yangi kashfiyotlarning  yaratilishi ham 
avvalo muayyan bir g‗oyalarning shakllanishi bilan bog‗liqdir. 
Insoniyat tarixidan ma‘lumki, har bir davlat va xalqning о‗z oldiga qо‗ygan 
aniq  maqsadi uni  amalga oshirishda    jamiyat  ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka 
undaydigan  milliy  g‗oya  bо‗lmasa  u  muqarrar  ravishda  halokatga    mahkum 
bо‗ladi.  
Maqsad esa – xalqni, millatni birlashtiruvchi, unga kuch-qudrat, ruhiy ozuqa 
beruvchi,  istiqbolga  boshlovchi  bayroqdir.  Yurtboshimiz  fikrlari  bilan  aytadigan 
bо‗lsak,  «Bu  bayroq  butun  О‗zbekiston  xalqining  ruhini,  g‗urur-iftixorini,  kerak 
bо‗lsa,  qudratini,  orzu-intilishlarini  mujassamlantiradigan  ulug‗  kuchdir.  
Davlatimizning,  xalqimizning,  yurtimizning  maqsadi    о‗zining    ulug‗vorligi, 
hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bо‗lmog‗i lozim. Toki 
bu maqsad xalqni xalq, millatni millat qila bilsin, qо‗limizda yengilmas bir kuchga 
aylansin!» 
2010 yil 12 noyabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‗shma 
majlisida  ―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ yuzasidan qilgan ma‘ruzasida shu 
maqsad  yо‗lida  amalga  oshirilishi  lozim  bо‗lgan  vazifalarni  aniq  va  ravshan 
belgilab berdi.  


Tom    ma‘nodagi   milliy    g‗oya,   oxir-oqibatda,   ozmi-kо‗pmi  umuminsoniyat  
taqdiriga  ta‘sir  qiladi. Shu  ma‘noda,  xar  qanday  milliy  g‗oyada  umuminsoniy  
mohiyat    mavjud    bо‗ladi.   Ammo,    aniq    bir    muddat    yoki    umuman    insoniyat  
uchun  ahamiyatli  bо‗lgan  g‗oyalar ham  bor.  Aytaylik,  «milliy  yarash» g‗oyasi  
fuqarolar    urushi    ketayotgan    davlat    uchun    hayotiy    mazmunga    ega    bо‗lsa,  
«manfaatli  hamkorlik»   g‗oyasi  dunyoning  barcha  mamlakatlari  uchun  birdek  
ahamiyatlidir.  Har  bir  xalq  о‗z  tarixining burilish  nuqtalarida,  avvalo  mafkura  
masalasini,    uning    о‗zagini    tashkil    etadigan,    о‗ziga    xos    о‗q,  birlashtiruvchi  
yadro    vazifasini    о‗taydigan    ijtimoiy    g‗oyani    shakllantirish    muammosini    hal  
qiladi. 
Mamlakatimiz    uchun    milliy    g‗oya    haqidagi    masalaning    bugungi    amaliy  
ahamiyati  shundaki,    biz    о‗tish    davrini    boshdan    kechirmoqdamiz.    Aynan  
shunday    paytda    aholining    turli    qatlamlari    manfaatlarini    himoya    qiluvchi  
mafkuralarning  shakllanishiga  sharoit  tug‗ilishi  mumkin.  Shunday  ekan, millat,  
jamiyatning    parokanda    bо‗lib    ketishiga    yо‗l    qо‗yib    bо‗lmayda.    Aks    xolda  
siyosiy,  xuquqiy,  iqtisodiy  islohatlar  о‗z  ahamiyatini  yо‗qotadi,  mustaqqillik  
yо‗lida  g‗ov  paydo  bо‗ladi.   
О‗zlikni anglash  tarixiy xotirani tiklash omili sifatida. Biz ba‘zan oynai jahon 
orqali qandaydir sabab bilan xotirasini yо‗qotgan kishilar haqidagi filmlarni kо‗rib 
qolamiz.  Ular  ota-onasi  u  yoqda  tursin,  hatto  о‗z  ismlarini  ham  unutib,  faqat 
shaklangina  odam,  aslida  ayanch  jonivorlarga  aylanib  qoladilar.  Endi  xotirasiz 
xalqni tasavvur qiling. Bu chinakam fojeadir. Xotira shaxs uchun ham, xalq uchun 
ham bebaho ne‘matdir. Har qanday xotirada, hatto yosh bola yodida ham tarixiylik 
elementlari  bо‗ladi.  Tarixiylik  xotiraning  tayanchidir.  Shu  sababli  bosqinchilar 
doimo  xalqning  xotirasini,  ya‘ni  tarixini  yо‗qotishga  harakat  qilganlar.  Chunki 
xotirasiz xalq manqurt bо‗ladi. Buyruq berilsa bas, о‗zini о‗zi qira boshlaydi. 
Tarixiy xotira - inson  ma‘naviyatining ajralmas qismi,  о‗tmishni  bilish,  uni   
qadrlash, undan saboq olish natijasidir.  Bu  borada  Prezident  Islom Karimovning 
«Tarixiy  xotirasiz-    kelajak  yо‗q»  nomli    asari  katta  ahamiyatga  ega.    Unda 
о‗tmishga xolis yondashish, uni qadrlashga alohida e‘tibor qaratilgan.  Zero,  tarix 
saboqlari insonni hushyorlikka о‗rgatadi,  irodasini  mustahkamlaydi,  ularni dilga 
jo etib, bunyodkorlik va yaratish yо‗lidan izchil  borishga undaydi. 
Buyuk  mutafakkir  Beruniy  ta‘kidlaganidek,  «о‗tmish kelajakning kalitidir».  
Uni  bilish    imkoniga  ega  bо‗lish  muhim  ahamiyatga  ega.    Mustaqillik  tufayli 
xalqimiz tili,  madaniyati,  urf- odatlari,  an‘analari,  qadriyatlarini,  bir  sо‗z  bilan  
aytganda, о‗z  tarixini mukammal bilish imkoniga ega  bо‗ldi. 
Tarixiy  xotira  qanchalik  boy,  mazmunli  bо‗lsa,  xalq  shunchalik  uyushgan, 
hamjihat,  ulg‗vor  ishlarni  bajarishga  qodir  bо‗ladi.  Tarixiy  xotiraning  о‗ziga  xos 
jihatlaridan  yana  biri  о‗z  о‗tmishidan  faxrlanish  tuyg‗usidir.  Dunyoda  hududi 
О‗zbekistondan  bir  necha  marta  katta  bо‗lgan  ba‘zi  davlatlar  ham,  aholisi  о‗rtoq 
bо‗lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, о‗nlab shaharlarining tarixi 2500 
yildan ortiqroq ekanligi bilan  g‗ururlana olmaydi. 
Bir  sо‗z  bilan  aytganda,  tarix  shunday  manbaki,  u  insonning  о‗zini  anglashi, 
jamiyat  oldidagi  burchi,  ajdodlar  ruhi  oldidagi  mas‘uliyatini  tо‗g‗ri  tushunishiga, 
istiqbolni  tо‗g‗ri  belgilashga  imkon  beradi.                Bugungi  tarixni,  unutilgan 


ta‘limotlarni tiklash payti keldi. О‗rta asrlardagi buyuk mutafakkirlarimiz merosida 
har taraflama ishlab chiqilgan «Komil inson» haqidagi nazariya  ham о‗z mohiyati 
bilan  g‗oyat  mukammal  ta‘limot  bо‗lgan.  Lekin  ma‘lum  tarixiy  muhitda  va  
ma‘lum  bir  sabablar  tufayli  unutilgan  edi.  Chunki,  «komil  inson»  tushunchasi 
keyingi  asrlar  davomida  G‗arbiy  Yevropa  fanida  insonga  berilgan  barcha  ijobiy 
ta‘rif va tavsiflarni о‗sha davrdayoq о‗z ichiga olgan edi.    Komillik tushunchasi 
tarixiy nuqtai nazardan ham, zamonaviylik nuqtai nazaridan ham insondagi barcha 
oliyjanob  fazilatlarni  о‗z  ichiga  qamrab  oladi.  Komil  inson  g‗oyasi-  ham  milliy, 
ham  umumbashariy  mohiyatga  ega  bо‗lgan,  odamzotga  xos  yuksak  ma‘naviy  va 
jismoniy  barkamollikni  mujassam  etgan,  uni  hamisha  ezgulikka  undaydigan 
oliyjanob  g‗oyadir.  Bu  g‗oya  nafaqat  alohida  shaxslarni  balki,  butun-butun- 
xalqlarni  yuksak  taraqqiyot  sari  yetaklagan,  ularni  ma‘naviyat  va  ma‘rifat  bobida 
tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. 
Komil  inson  azal-azaldan  xalqimizning  ezgu  orzusi,  uning  ma‘naviyatining  uzviy 
bir  qismi  bо‗lib  kelgan.  U  islom  falsafasidan  oziqlanib,  yanada  kengroq  ma‘no-
mazmun kasb etgan. Barkamol inson haqidagi yuksak g‗oyalar Abu Nasr Forobiy 
va  Alisher  Navoiy  kabi  mutafakkirlarning  asarlarida,  ayniqsa,  о‗zining  teran 
ifodasini topgan. 
Madaniy  merosimizning  ilk  namunalaridan  biri  «Avesto»da  ham  komillik 
g‗oyasiga  alohida  e‘tibor    qaratilganligini  kо‗ramiz.    Asarda  «ezgu  sо‗z»,  «ezgu 
fikr» va «ezgu amal » tamoyillarini о‗z qiyofasida ifodalagan kishi komil bо‗lishi 
mumkinligi  kо‗rsatib  о‗tilgan.  Asarda    insonlarga  yaxshilik  qilish  eng  ezgu  amal 
sifatida ulug‗lanadi va komillik belgisi sifatida e‘tirof etiladi:  
«Amshosipandlarni  olqishlaymiz,  e‘zozlaymiz,  xushnudlik  tilab,  tahsinlar 
о‗qiymiz, toki ushbu xonadonlar  ardoqlasinlar; Ashpah-Haqiqat xilqatini boshdan-
oyoq e‘zoz etsinlar va duruj xilqatini nobud aylasinlar. 
-Ey, Asha! 
Butun mavjudotga yaxshilik istovchi Mazdani olqishlaymiz!»
1

Vatanimiz  tarixidan  ma‘lumki,  umuman  ta‘lim  va  tarbiya  muammolari  va 
xususan  komil  inson  masalasiga  doimo  ulkan  ma‘rifiy  vazifa  sifatida  qarab 
kelingan.  Bu  masala  ayniqsa,  tasavvufning  bosh  mavzularidan  biri  bо‗lgan  va 
о‗tmish  allomalari  ijodida  ham  о‗z  ifodasini  topgan.  О‗rta  asrning  yirik 
namoyondalari  Xorazmiy,  Forobiy,  Ibn  Sino,  Unsurulmaoniy  Kaykovus,  Yusuf 
Xos  Hojib,  Ahmad  Yugnakiy,  Mahmud  Qoshg‗ariy,  Lutfiy,  Alisher  Navoiy  va 
boshqa  kо‗plab  allomalar  ham  о‗z  asarlarida  komil  inson  tarbiyasi  bilan  bog‗liq 
qimmatli fikrlarni  bayon qilganlar. 
Misol  uchun  Unsurulmaoniy  Kaykovusning  44  bobdan  iborat  bо‗lgan 
«Qobusnoma»sini olaylik. «Ey farzand, ogoh bо‗lki, hamma maxluqotlardan kо‗ra 
odam yaxshiroq yaraladi va о‗zga jonivorlardan odam о‗n darajada ziyodadair», - 
deya muallif о‗z о‗g‗lini komillik sari qadam tashlashga da‘vat etadi. 
Alloma  Forobiy  о‗zining  «Aflotun  qonunlarining  mohiyati»  asarida  komillik 
ma‘nosiga uyg‗un bо‗la oladigan «oliyjanoblik»  sifatiga quyidagicha izoh beradi: 
«Oliyjanob  kishi  о‗z  gо‗zalligi,  kuchi,  zaifligi,  sog‗lomligi  yoki  semizligi  uchun 
                                                                 
1
 «Avesto»-T.: «Sharq», 2001 yil, 79 bet.
 


oliyjanob  emas,  balki  qonunlarga  mos  hayot  tarzi  bо‗yicha  ma‘qul  kо‗rilgan 
olatlarga rioya qilgani uchun oliyjanobdir». 
Yoki Alisher Navoiyning quyidagi misralariga e‘tibor qarataylik: 
Kamol et kasbkim, olam uyidin, 
Senga farz о‗lmag‗ay g‗amnok  chiqmoq. 
Jahondin notamom о‗tmak biaynix, 
Erur hammomdin nopon chiqmoq. Bu fikrlar har bir inson komillikni о‗ziga shior 
qilib olishi zarur ekanligini anglatadi.  Komillikka bilim olish orqali erishiladi: 
 Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 
О‗rgangali  ilm tolibi ilm kerak. 
Men tolibi ilmu tolibi ilme yо‗q, 
Men borman ilm tolibi ilm kerak. 
  
Darhaqiqat,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  о‗z  vaqtida  yozib  ketganidek, 
komillikning negizi ma‘rifatli bо‗lish va ilm egallashdir.
1
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling