Olmosh so’z turkumini o’rganishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish


Download 17.58 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1648919
Bog'liq
olmosh


Olmosh so’z turkumini o’rganishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish.
Ot, sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari o'rnida qo'llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so'z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma'nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish, ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan: Bizga qalin do'st kitob, u go'yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o'ringa kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog'ligining posbonisiz. Bu gapda ana shu olmoshi sifat o'rniga kelib, beligiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o'qiganman. Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o'rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan.
Olmosh so'z turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega: 1) olmosh mustaqil so'z turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama (nom) bo'lmagan holda ko'rsatish xususiyatiga ega. 2) olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga ko'ra 4 guruhga bo'linadi;
A) ot o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: Men, sen, u, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar
Bu olmoshlar ot singari so'z o'zgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, to'ldiruvchi, qaratuvchi, ba'zan, kesim) bajaradi. Masalan: Kimning ishi to'g'ri bo'lsa, u doim bexovotir bo'ladi. Nimani qilsang xor, o'shangga bo'lasan zor (Maqol).

So’z turkumi olmosh haqida bo’ladi. Siz shiyorlardan birini tanlab, quvnoqlar va zukkolar guruhlariga bo’lishingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz qo’shimcha adabiyotlardan tezkor bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quvchilar bilan hamkorlikda ishlab, mustaqil fikrlashga o’rganing. O’quv faoliyatingizni 1 bosqichida to’g’ri, notog’ri o’yinini boshlaymiz: Bunda guruhlarga bir biriga savollar berishadi. Guruhlar to’g’ri - notog’riligini tekshirishadi. Javobi to’g’ri topsangiz kartochka olish huquqiga ega bo’lalsiz. Darsimizning nixoyasida kartochkalar yordamida g’olib guruh aniqlanadi.


O’yinni boshladik:
Quvnoqlar va zukkolar guruhi navbat bilan olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot bera boshlaydi. To’g’ri javob uchun 1 tadan kartochka beriladi
O’qituvchi: bu o’yinda ikkala guruh ham juda yaxshi qatnashdingiz. Qarang mana bu ko’rgazmada Mustaqil O’zbekistonimiz gerbi, bayrog’i tasvirlangan. Hozir shu tasvir asosida izoxiy diktant o’tkazamiz. Sizning vazifangiz gaplarni yozib olish va birinchi gapdagi “hoshiyaviy” ikkinchi gapdagi “hoshiya” humo 3 gapdagi “O’z tilim” so’zlariga izox berishdan iborat bo’ladi.
1. Bayroqning o’rtasidagi oq rangli enining chetlaridan teng qizil xoshiyalar o’tkazilgan
2. Gerbning markazida qanotlarini keng yozgan humo qushi tasvirlangan.
3. O’z elim, o’z uyim, o’z tilim, bor bo’l.
O’quvchilar o’qituvchining savollariga o’z fikrlarini mustaqil bayon etgan xolda javob berishadi. Savollarga olmosh qatnashgan bo’lishi kerak.
Navbatdagi o’quv faoliyatida “ijodkor” o’yini o’tkaziladi. Yozuv taxtasiga quvnoqlar guruhi ot so’z turkumi ishtirok etgan gaplardan namunalar yozadi, zukkolar esa shu gaplardan egani olmoshdan topib fikrni davom ettirishlari yoki yangi gap tuzishlari talab qilinadi. Masalan: (Anvar juda ziyrak bola, uning ziyrakligi o’qishga qo’l keladi)
Keyingi mashg’ulot. Berilgan gaplardagi nuqtalar o’rniga kerakli olmoshlarni qo’yish.
1. (Bunda)……..bor harorat, muhabbat, shavqat.
2. (nima)……kishiga ko’p ziyon keltiradi?
3. (O’zingni)…….er bilsang, (o’zgani)….sher bil
O’qituvchi yozuv taxtasiga guruhlar, olmoshlar ishtirokida gapning bo’laklari vazifasida kela oladigan gaplar tuzing.
O’qituvchi: Hozir bilimingizni yana sinab ko’rish maqsadida magnit lentasidan 3 marta saylanma diktant matni o’qiladi. Matnda olmoshlarni topib, daftaringizga yozing. So’ngra matndan olgan xulosalaringizni olmoshlar ishtirokida bayon eting va matn mazmuniga mos keladigan maqollardana ayting.
„Izlanish“ sahifamizda quvnoqlar guruhlariga 7 sinf adabiyotida darsligining she’riy matnlari tarkibida, zukkolar guruhiga „O’zbek tili va adabiyoti“ jurnalidan o’rin olgan maqola tarkibidan olmoshning satrlaridan misollar keltirish topshiriladi. Topshiriq baxribayt shaklida olib boriladi.
Navbat grammatik topshiriqlarga
1. Oti sifat, sonlarga ham olmoshlardan so’zlarga har doim o’rin bosar, ot kabi turnalar. Almashadi ot bilan, ham soni sifat bilan Aytingchi bu qanday so’z turkumi? (olmosh)
2. “Seni”, “Men”dan tushar unga bunga qo’shilar (n undoshi)
3. Men, Sen, Biz, U, ular. Topingchi qanday so’zlar? (Kishilik olmoshlari)
4. Ma’nosida bor so’roq qanday olmosh top o’rtoq? (So’roq olmoshi)
O’qituvchi: Mana dars davomida guruhlar bir – biringiz bilan hamkorlikda do’stona ishladingiz. Topshiriqlarni yakdillik bilan bajardingizda ustozingiz o’z o’rni bor deb o’ylayman. Shunday ekan, hozir “Ustoz” haqida kichik matn yarataylik. Matnni albatta olmoshlar ishtirok etgan gaplarda tuzishingiz kerak bo’ladi,
Darsimiz yakunida tanlangan shioringiz qanchalik to’g’ri ekanini isbotlashingiz kerak. Bugungi darsimizdan qatra bo’lsada ilm oldingiz deb o’ylayman. Yiqqan baho kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib – yig’ilib albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning “Bilmaslik ayb emas, o’qimaslik - ayb” Doimo kitob sizning hamrohingiz bo’lsin!
Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling