Ta‟lim texnologiyalari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
4-masalaning bayoni: Milliy g‗oya nazariyasi va tarixi fanini faqat
shu fanni о‗rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash bir tomonlama va notо‗g‗ri tasavvurdir. Aksincha, milliy istiqlol g‗oyasi bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, ijtimoiy iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan uzviy bog‗liq. Bu fanlarning qanday g‗oyaga asoslanishi, ularni о‗qitish yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g‗oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun ahamiyatlidir, Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni о‗ta mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yо‗li, milliy-madaniy merosiga, qadriyatlariga ham «sinfiy» manfaatlar «kommunistik g‗oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada, О‗zbekiston xalqi hayoti, tarixi «о‗zga xalqlar tarixi»ni о‗rganishdak iborat bо‗lib qolgandi. Milliy madaniyat, qadriyatlar о‗rnida soxta baynalmilallashtirilgan, mohiyatan milliylikni e‘tirof etmaydigan, milliy qadriyatlardan begona shaklan milliy, mazmunan sotsialistik bо‗lgan prinsipga bо‗ysundirilgan edi. Butun ta‘lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniy-ma‘rifiy ishlar, adabiyot va san‘at, ijod uchun «sotsialistik realizm» muhim mezonga aylangan, tо‗g‗rirog‗i, aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning bir xil qolipga solinishiga, yagona kommunistik g‗oya va mafkuraning targ‗ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda, ijtimoiy- siyosiy fanlar rivojlanishdan tо‗xtadi. Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularning samaradorligi keskin pasayib borganligi ma‘lum. 5 И.А.Каримов. ―Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар‖ рисоласидаги сўзбошидан. Т.9. - Т.: «Ўзбекистон», 2001. – 222-бет. 1 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. -Т.: «Ўзбекистон», 1999, 84-85 б. Bugun Milliy g‗oya nazariyasi va tarixining boshqa fanlar bilan munosabati tо‗g‗risida fikr yuritilganda, avnalo, uni kommunistik g‗oya prinsiplaridan tub farqini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, fikrlar xilma-xilligi, g‗oyalar xilma xilligi prinsipiga asoslanish, xalqning milliy-madaniy merosi va qadriyatlariga tayanishi hamda umumbashariy prinsiplarni e‘tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan. har bir fan yо‗nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g‗oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g‗oyasining tarixiy negizlarini — tarix orqali, falsafiy jihatlarini — falsafa, iqtisodiy asoslarini — iqtisod, diniy asoslarini — dinshunoslik, adabiyot va san‘at bilan bog‗liq tomonlarini о‗rganish orqali milliy g‗oya kishilarning ishonch va e‘tiqodig‗a aylanib boradi. Milliy g‗oya nazariyasi va tarixini alohida fan sifatida о‗rganish esa uning о‗ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e‘tiqodga aylanish byalan bog‗liq qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida о‗rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma‘noda, milliy g‗oya nazariyasi va tarixi bilan bog‗liq bо‗lgan qonuniyatlarni о‗rganish, uning о‗ziga xos jihatlarini bilish О‗zbekiston xalklari hayotida muhim ahamiyatga ega. U quyidagi yо‗nalishlarda о‗zining aniq ifodasini topadi; Milliy g‗oya nazariyasi О‗zbekistonning har bir fuqarosni О‗zbekiston xalqlari, о‗zbek xalqi hayoti ma‘naviy-ruhiy, madaniy merosi, milliy- ma‘naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga undaydi. Bu g‗oya ularda milliy-ma‘naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg‗ularini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Milliy g‗oya nazariyasi har bir fuqaroning ishonch va e‘tiqodiga aylanishi, kishilarning hatti-harakati va faoliyati orqali mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma‘naviy-ruhiy kuch-quvvat beradi; Milliy g‗oya yoshlarni zararli, begona g‗oyalarning ta‘siridan saqlaydi, mafkuraviy immunitetni oshiradi. Prezidentimiz aytganlaridek, fikrga qarshi fikr bilan, g‗oyaga qarshi g‗oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma‘rifat bilan» kurashishni talab etadi. Chunki, о‗zining mustaqil fikri, g‗oyasi bо‗lmagan odam yet va begona, yovuz goyalarg‗a qarshi kurasha olmaydi; Milliy g‗oya nazariyasi va tarixini о‗rganish orqali inson turli xil g‗oyaviy ta‘sirlarning maqsad va muddaolarini bir- biridan farqlay oladi. Fuqarolarda, xususan, yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy о‗zligini anglashi milliy-ma‘naviy qadriyatlarga bо‗lgan sog‗lom muxitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi; Milliy g‗oya nazariyasi va tarixi о‗rganish, milliy g‗urur, avlodlarga munosib vorislar bо‗lish, ular bilan faxrlanish va ularga о‗xshab о‗z Vatanining ravnaqiga munosib hissa qо‗shish bilan bog‗liqdir. Hozirgi zamon ilm-fan yutuqlarini egallash, fan va texnologiyalarni о‗zlashtirishga da‘vat etadi. Vatanparvarlik tuyg‗ularini oshiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling