yuzasidan tuzilgan savollar:
Reja:
1. Milliy g„oya va targ„iboti deganda nimani tushunasiz?
2. Milliy g„oya va targ„iboti texnologiyalari deganda-chi?
3. Milliy g„oya va targ„ibotining qanday texnologiyalarini
bilasiz?
Milliy g„oya targ„iboti texnologiyasi tushunchasi
Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyasi tushunchasining
mazmun va mohiyatiga tо‗xtalishdan oldin targ‗ibot‖ va
―tashviqot‖ tushunchalarining о‗zagiga e‘tibor qaratish zarur.
―Targ‗ibot‖ tushunchasining о‗zagini ―rag‗bat‖ sо‗zi tashkil
etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‗batlantirishni
nazarda tutadi. ―Tashviqot‖ tushunchasining о‗zagi esa ―shavq‖
sо‗zidan olingan bо‗lib, u kishida biror narsaga shavq
uyg‗otishga yо‗naltiriladi. Ochig‗i, targ‗ibot insonning ongi va
qalbini egallashga qaratilgan. Targ‗ibotchilarni bekorga «inson
qalbining sozlovchilari» deb atamaydilar. Demak, targ‗ibot-
tashviqotdan maqsad – bilim orttirish emas, balki kishini biror
harakatga undashdan iborat. Demak, yuqoridagilardan kelib
chiqib aytish mumkinki, milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyasi
deganda milliy g‗oyani xalq qalbi va ongiga singdirishning
muayyan texnologiyalar asosida amalga oshirilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |