Milliy g„oya va targ„iboti samaradorligini ta‟minlashda
Respublika milliy g„oya ilmiy amaliy markazi hamda
Respublika ma‟naviyat targ„iboti markazining o„rni
Milliy g‗oya va targ‗iboti samaradorligini ta‘minlashda Respublika milliy g‗oya
ilmiy amaliy markazi hamda Respublika ma‘naviyat targ‗iboti markazining o‗rni
benihoya katta. Buni birgina mazkur markazlarning asosiy vazifalari misolida
kо‗rishimiz mumkin bо‗ladi:
1. Milliy g‗oya va mafkura masalasi bilan bog‗liq dolzarb muammolarni,
bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil
qilish va baholash; ustuvor yo‗nalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga
ta‘sirini o‗rganish; milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‗lgan zararli
g‗oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish.
2. Xalqimizning ko‗p asrlik ma‘naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari
va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma‘naviy jihatdan qaram
etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borish bo‗yicha
ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;
3. Fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‗lom dunyoqarash asoslarini
mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‗z fikriga ega bo‗lishga, turli ma‘naviy
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qdir bo‗lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar
insonlar etib tarbiyalashga yo‗naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada
ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy
axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini
Do'stlaringiz bilan baham: |