Ta‟lim texnologiyalari
o„qitish metodikasi mavzusidagi ma‟ruza bayoni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
o„qitish metodikasi mavzusidagi ma‟ruza bayoni
(1-qism) Reja: 1. Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyasi tushunchasi. 2. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. 3. Milliy g‗oya va targ‗iboti samaradorligini ta‘minlashda Respublika milliy g‗oya ilmiy amaliy markazi hamda Respublika ma‘naviyat targ‗iboti markazining o‗rni. 1-masalaning bayoni:О‗zbekistonda amalga oshirilayotgan tub о‗zgarishlarning taqdiri, sо‗zsiz, insonning faolligiga bog‗liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‗iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» kо‗rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham О‗zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‗ib qilishni talab etadi. Bunday targ‗ibot islohotlarni «mafkuraviy ta‘minlash»ga xizmat qiladi. О‗zbekiston hayotidagi о‗zgarishlar insonlar ongida ham katta о‗zgarishlar qilishni talab etadi. О‗tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi insonni tarbiyalash haqida jiddiy qayg‗urishi tabiiy. Demak, О‗zbekistonda ham «komil inson» g‗oyasiga mos sifatlarni fuqarolarda qaror toptirish vazifasi kо‗ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta‘sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yо‗l qо‗yib bо‗lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qо‗poruvchi ta‘siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‗ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi. Bundan tashqari, О‗zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan Milliy istiqlol g‗oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari 1 ishlab chiqildi. О‗zbekistonda milliy istiqlol g‗oyasining targ‗ibot-tashviqoti ana shu asosiy g‗oyalar, tushunchalar va tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Milliy g‗oya va targ‗ibot, tashviqot tushunchasi, milliy istiqlol g‗oyasining targ‗ibot-tashviqoti haqida tо‗xtalishdan avval ―targ‗ibot‖ va ―tashviqot‖ tushunchalarining о‗zagiga e‘tibor qaratish zarur. ―Targ‗ibot‖ tushunchasining о‗zagini ―rag‗bat‖ sо‗zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‗batlantirishni nazarda tutadi. ―Tashviqot‖ tushunchasining о‗zagi esa ―shavq‖ sо‗zidan olingan bо‗lib, u kishida biror narsaga shavq uyg‗otishga yо‗naltiriladi. Ochig‗i, targ‗ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ‗ibotchilarni bekorga «inson qalbining sozlovchilari» deb atamaydilar. Demak, targ‗ibot-tashviqotdan maqsad – bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bо‗lsak, ―milliy istiqlol g‗oyasi‖ haqida ma‘lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‗oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki milliy g‗oya chuqur e‘tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bо‗ladi. Buning uchun esa xalqda mafkuradan о‗rin olgan g‗oyalarga kuchli ishonch, e‘tiqod va unga amal qilish bо‗lishi lozim. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyasi deganda milliy g‗oyani xalq qalbi va ongiga singdirishning muayyan texnologiyalar asosida amalga oshirilishi tushuniladi. Milliy g‗oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yо‗nalishlari XXI asrda insoniyat о‗z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qо‗ydi. Dunyoda katta о‗zgarishlar sodir bо‗layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni о‗zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bо‗ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli kо‗rilmagan darajada о‗stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xо‗jaligida qо‗llanilmayapti, balki ma‘naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham о‗z samarasini kо‗rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondoshish milliy istiqlol g‗oyasini targ‗ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini kо‗rsatadi. Milliy istiqlol g‗oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va meyori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muhimligi shunda kо‗rinadiki, masalan, targ‗ibotda meyorning buzilishi, milliy mafkura tо‗g‗risida hadeb va noо‗rin 1 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т, «Ўзбекистон», 2000 йил. gapiraverish, meyorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ‗ibot texnologiyasi milliy g‗oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bо‗lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling