Ta‟lim texnologiyalari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
3-masalaning bayoni: Milliy g‗oya va targ‗iboti samaradorligini
ta‘minlashda Respublika milliy g‗oya ilmiy amaliy markazi hamda Respublika ma‘naviyat targ‗iboti markazining o‗rni benihoya katta. Buni birgina mazkur markazlarning asosiy vazifalari misolida ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi: 1. Milliy g‗oya va mafkura masalasi bilan bog‗liq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash; ustuvor yo‗nalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta‘sirini o‗rganish; milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‗lgan zararli g‗oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish. 2. Xalqimizning ko‗p asrlik ma‘naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma‘naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borish bo‗yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish; 3. Fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‗lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‗z fikriga ega bo‗lishga, turli ma‘naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qdir bo‗lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo‗naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublar ishlab chiqish; 4. O‗z faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalarida chop etib, keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2006 yil 25 avgustda imzolangan «Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish tо‗g‗risida»gi qarori shunday jumla bilan boshlanadi: «Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an‘ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‗ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda» 1 . Mazkur qarorning Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash tо‗g‗risidagi jumla bilan boshlanishi yoshlarni ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalashga naqadar katta e‘tibor berishimiz zarurligini kо‗rsatadi. Shu bilan birga, yoshlarni ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalashda ma‘rifiy tadbirlarning ahamiyati ham Prezident qarorida aniq belgilab berilgan. Qarorning Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalariga bag‗ishlangan qismida, jumladan, shunday deyiladi: «Aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar о‗rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf- odat, an‘ana va qadriyatlarning hayotimizdagi о‗rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yо‗naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma‘rifiy tadbirlar о‗tkazish» 2 – zamonning dolzarb muammolaridan biridir. Prezident qarorida milliy g‗oyani targ‗ib qilishda madaniy-ma‘rifiy tadbirlarga alohida о‗rin ajratilishi mazkur 1 Халқ сўзи газетаси, 2006 йил 26 август. 2 Ўша жойда. tadbirlarning bir qator xususiyatlari bilan bog‗liq. Bu tadbirlardan milliy g‗oyani targ‗ib qilishda samarali foydalanish uchun mana shu xususiyatlar haqida aniq tasavvurlarga ega bо‗lish zarur. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ‗ibot mashinasiga ega bо‗lishga intilayotganini alohida ta‘kidlash lozim. Masalan, о‗z faoliyatining targ‗ibotiga AQSH hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bо‗lmasa kerak. Fransiya ham о‗z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma‘lumotlar targ‗ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini kо‗rsatadi. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan voz kechmagan. Puxta ishlab chiqilgan strategik yо‗nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. О‗zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g‗oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi. MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR Milliy g‗oya va targ‗iboti, milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalari, mafkuraviy siyosat, tashviqot tushunchasi, milliy istiqlol g‗oyasining targ‗ibot- tashviqoti, milliy g‗oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yо‗nalishlari, О‗zbekistonda mafkuraviy jarayonlar va g‗oyaviy targ‗ibot, milliy istiqlol g‗oyasining targ‗ibot-tashviqotini tashkil etish, targ‗ibot tamoyillari MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Milliy g‗oya targ‗iboti deganda nimani tushunasiz? 2. Ma‘naviy yetuk komil insonni tarbiyalashda milliy g‗oya va milliy mafkuraning roli nimalardan iborat? 3. Milliy g‗oya va mafkura targ‗ibot markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 4. Fanning maqsadi nimalardan iborat? 5. Fanning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling