Ta‟lim texnologiyalari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
2-masalaning bayoni: Ma‘lumki, О‗zbekistonda mafkuraviy jarayonlar va
g‗oyaviy targ‗ibotni tashkil etishning ustuvor yо‗nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: - belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan о‗tkazilishini ta‘minlash; - milliy istiqlol g‗oyasining targ‗iboti sifatini muntazam oshirib borish; - davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yо‗llarini izlash; - bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yо‗l qо‗ymaslik; - mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish; - mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik kо‗rinishlariga baxram berish; - mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etishdan iborat. Milliy istiqlol g‗oyasining targ‗ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq: - keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a‘zolariga g‗oyalar xilma- xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bо‗g‗inlari mafkuraviy ta‘sir doirasida qamrab olinadi; - umumiy maqsadga yо‗naltirilganlik; - faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi; - uzluksizlik - milliy istiqlol g‗oyasi targ‗ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy istiqlol g‗oyasini xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta‘lim tizimidagi о‗quv rejalari, dasturlar, darsliklar, о‗quv qо‗llanmalari, sinf va auditoriyalar, kо‗rgazmali qurollar milliy istiqlol g‗oyasiga uyg‗un bо‗lishi talab etiladi; - ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi; - bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ‗ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog‗liq bо‗lib, ham targ‗ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan о‗tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang‗ich sinf о‗quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari tо‗g‗risida gapirish noо‗rin bо‗lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog‗chada, boshlang‗ich sinflarda, tо‗liqsiz о‗rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy о‗quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va о‗quvchilarning yoshi, bilimi, ma‘lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak; - meyoriylik – aksil targ‗ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yо‗l qо‗ymaydi; - shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ‗ib qilishda muvaffaqiyatni ta‘minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda о‗quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari tо‗g‗risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, о‗zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ‗ibotning samarasi nolga teng bо‗ladi. Mamlakat va millat ravnaqi tо‗g‗risida og‗iz kо‗pirtirib gapiradigan boshliq bо‗shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, о‗ziga qarashli, lekin bu о‗ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qо‗ygan bо‗ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg‗ibot qilgan bо‗ladi. Shuning uchun, milliy g‗oyani aholi ongiga singdirishda targ‗ibotchilar faoliyatida ish bilan sо‗z birligini ta‘minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat kо‗rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta‘minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bо‗lishidan qat‘iy nazar о‗z jamoasidagi ma‘naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas‘ul bо‗lishi kerak; - ilg‗or targ‗ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ‗ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy istiqlol g‗oyasining targ‗iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va‘z aytish va ma‘ruza о‗qish kabi targ‗ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bо‗lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ‗ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ‗ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va tо‗laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlari va‘z va ma‘ruzalarni emas, kо‗proq interaktiv usullar va sanab о‗tilgan targ‗ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi. Mazkur targ‗ibot tamoyillari milliy istiqlol g‗oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bо‗lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma‘lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ‗ibot olib borishda sanab о‗tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta‘minlash targ‗ibot samaradorligini ta‘minlaydigan eng muhim omildir. Fanning predmeti, maqsad va vazifasini talabalarga tushuntirishda ana shu omillarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bir sо‗z bilan aytganda, milliy g‗oyani yoshlar ongi va qalbiga singdirish usullari, vositalari, texnologiyalari, ustuvor yo‗nalishlarini o‗rganish – milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalari fanining Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling