Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui)


Download 304.85 Kb.
bet45/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui.
Ma’lumot - kishi sezgi a’zolari, asboblar va boshqalar уordamida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar to‘plamidir.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li,
usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash; ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; doimiy ravishda rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar,
usullar va qadamlar, harakatlar. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi.
Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat
usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
Pedagogik diagnostika va korreksiya”– maqsadi pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat o‘quv fani.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.

Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling