«tariyxiy ulketaniw»
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.t.
- Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 1. Ulkashunoslikda etnografiyaning roli? 2. Ulkashunoslikda etnografik tadqiqotlar? 3. Uzbek xalqining etnogenezi masalasi? Tasviriy va amaliy san`at Reja: 1. Tasairiy san`at namunalari- tarixiy manba sifatida 2. Amaliy san`at
1. I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyq»-T., 1998. 3. Ashurkov V.N.Katsoba D.V., Matyushin G.N. Istoricheskoe kraevedenie.M., 1980 4. Jabbarov I. O`zbek xalqi etnografiyasi.T., 1994 5. O`zbekiston xalqlari tarixi.T., 1992. 1-jild 6. Bijanov e., Xujaniyazov G`, Qaramanova G. Tarыyxыy үlketanыo`. Nөkis, «Bilim», 2001.
1. O`zbek ajdodlari ajdodlari tasviriy san`at sohasida ibtidoiy jamiyat davridan boshlab ajoyib asarlar yaratganligini arxeologik kashfietlar tasdiqlaydi. Respublikamizning ko`p joylarida ayniqsa Boysun, Qurama tog` tizmalari, Samarqand tevaragidagi tog`larda topilgan qoya toshlarga bitilgan ibtidoiy rasmlar o`zining haqiqiy va rang-barangligi bilan hozirgacha kishilarni hayriyatda qoldiradi. Ibtidoiy jamoa san`at namunasi 1879 yili ispan arxeologi M.Sautuola tomonidan Ispaniyaning Altamir goridan topilgan edi. Undagi evvoiy buqa (aubr) rasmlari qirmizi va boshqa rasmlar bilan ishlatilgan. 1895-yilda ibtidoiy odam surati Frantsiyada Lya Mut goridan topildi. 1901 yilda esa Frantsiya Anri Breyl` Vezer vohasidagi Le-Kombatel` 27
goridan mamont, biaon, ot, ayiq kabi hayvonlar tasvirini topadi. Bu erda 300 ta rasm bo`lib, odamlar ko`pincha niqobda tasvirlangan. Shu joyga yaqin joydan usha yili arxeolog Pestroni Fon de Gom gorida deyarli «suratlar galereyasi» ni topdi, unda 40 ta evvoiy ot, 23 mamont, va boshqa hayvonlar rasmlari bor. Usha yillarda qadimshunoslar E.Kartal`yak va A.Breyl` Al`tamir gorini batafsil tekshirib urganadi. 280 metr uzunlikdagi joyda 150 ta rasm mavjud. San`atshunoslar bu ibtidoiy odamlarning ishlarini dunega mashhur Fidiy, Mikelanjelo, Leonardo do Vinchi ishlari bilan taqqoslaydilar. O`zbekistonda bunday rasmlar mezolit davrida kashf etilgan. Ularning ba`zisi rang berib chizilgan, ba`zilari uyib ishlangan. Surxandare viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru uylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qullagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. Ma`dandan olingan ranglar erdamida ibtidoiy odamlar nimani qurgan bo`lsalar (ov hayvonlari, atrof-tabiat) shuni tasvirlaganlar. Toshga uyib tushirilgan rasmlar-petroglif deyiladi. (yunoncha «petros»-tosh, «glife- uyish). Insonning atrof-muhitni bilish eki duneni anglashga intilishi ibtidoiy tasviriy san`at rivojiga asos bo`ldi. Moddiy va ma`naviy madaniyat bilan bevosita bo»liq bo`lgan san`at namunalari, ibtidoiy chizma rasmlarda antik dav rva o`rta asrlarda yaratilgan monumental badiiy obidalar mintaqada yashagan turli elat va qobilalar tomonidan ijod qilingan. Mezolit davri odamlarning diniy qarashlari va tasviriy san`at olamini tadqiq etishda O`rta Osiening ikita hududida uchraydigan qoyatosh rasmlari nihoyatda boy manba bo`lib xizmat qiladi. Bulardan Quxitong va Zarodutkamar qoya suratlari O`zbekistonnning janubiy qismida joylashgan. Qoyatosh suratlarining boshqa bir guruhi esa Pamir tog`ida joylashgan. Tuproqal`a-milodning II-III asrlarida qurilgan ulkan inshoat bo`lgan. Shahar qudratli mudofa devori bilan uralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan Markaziy maydonda kasr va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi Saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, musiqachilar, hayvon va qushlar rasmlari saqlanib qolgan. VI-VII asrlardagi iasviriy san`at, haykaltaroshlik nomunalarini usha davr qal`a va saroylarni bezagan devordagi rasmlar, shuningdek uyma naxssharda, buddizm ibodatxonalariga urnatilgan haykallarda, ael xudolarning haykallari, eg`ochdan ishlangan butlarda va tangalarga solingan odamlar qiefasi va boshqalarda urinadi. Ularda iok feodal davrida yuz bergan ijtimoiy uzgarishlar, iqtisodiy siljishlar va siesiy munosabatlar ma`lum darajada o`z ifodasini topdi. Surxan vohasida Balaliktepa, Zarafshon vodiysida Panjikentdan, Varaxsha va Afrosiebdan, Far»ona vodiysida Kuva xaborabalaridan va boshqa esdaliklardan topilib urganilgan devoriy suratlar, haykallar va loydan ishlangan idishlarga uyilgan naxshlar usha davrning noyeb edgorliklari hisoblanadi. Ularda ilk feodal davrining murakkab siesiy munosabatlarning ta`sirida vujudga kelgan ma`naviy haeti va kundalikli turmush tarzi ifodalanadi. Masalan: Volaliktepa devorlaridagi rasmlarda qo`llariga qadaq ushlab yasanib kiyingan erkak va aellarning tasvirlarini, Varaxsha saroiyda esa oq filning ustiga mingan chavanduz va polvonlarning old va orqa tomonidan panja uraetgan arslon va konotli grifonlar bilan olinishi tasvirlangan, ushingdek qonatli tuya shaklida ishlangan oltin taxt ustida utirgan hukmdor va o`tga tizza bukib kabob qilaetgan zieratchilarning tasvirlari berilgan. Panjikent shahrining qarobalaridagi 60 dan oshiq xujralardan topilgan devor surtalari ham mazmunan juda boy. Ularda harbiy yurishlar, sug`dlarning qadimgi eposlari, dehqonchilikga va diniy marosimlarga bog`ishlangan har xil mazmundagi rasmlarni ko`rish mumkin. Deyarli 15 metrga etadigan tasvirda otliq askarning ajdrxo va otliq dushman Bilan yakkama-yakka olshishi, choqarlarning devlar bilan kurashi va nihoyat ajdaxoni yanchib tashlagan askarning uz chokarlari Bilan qahramonana qaytib kelaetganligi beriladi. Bu 28
ajoyib badiiy tasviriy san`at asarini topib urgangan arxeolog olim A.Belinitskiy uni Abdulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asarida baen etilgan Rustam haqidagi dostonnning X asr mualliflaridan sarros uch asr avval sug`d rassomlari tomonidan qil qalom bilan chizilgan tasviri deb talqin etadi. Panjikent dveor suratlari orasida galla xirmoni, uni taqsimlash bilan bog`liq bo`lgan odatdagi haeti ko`rsatilsa, yana birida Siyavushning ulimi bilan bog`liq aza marosimi ko`rsatiladi. Afrasebdagi devor suratlarida bayram saltanati tasvirlanadi. Zalning g`arb devorida shoxnoma libos kiygan kishilar sovg`a kutarib tur. Devorda 16 qator sug`d ezuvini kuramiz. Unda: Men Chag`anien davrpati (elchisi) Buxarzoda hukmdor Turantosh nomidan podshoga hurmat-izzat bildirish uchun Samarqandga keldim» degan mazmundagi so`zlar bilan baen etiladiyu. ezuvlardagi mazmun bo`yicha bu suratlar rassomning haeliy uylari emas, balki unda Samarqandta yuz bergan Samarqand podshosining Choch, Farg`ona va Chaganien davlatlari bilan olib borgan elchilik munosabatlari tasvirlangan. Demak, ilk o`rta asrdagi devordagi suratlar үz davrining faqat oddiy badiiy san`at edgorligi emas, balki usha dvarning murakkab haeti, diniy e`tiqodlari o`z-aro munosabatlari haqida so`z etlishi qimmatli manba bo`lib hisoblanadi. IX-XII asrlarga kelib tasviriy san`at sohasida o`zgarishlar ro`y beradi. Endi jonli- jonzodlarning rasmini solishdan murakkab geometrik har xil naqshlar ishlana boshlaydi. Islam dinining g`oyalariga asoslanib tirik jonzodlarning suratini chizish olovga topinish va butparastlik deb qat`iy ma`n etilishiga qaramastan san`atning bu sohasidagi asrlar davomida yashab kelaetgan an`analari butunlay yuqolib ketmadi. Tasviriy san`at namunalri tarix uchun ham ahamiyatli. Ularda ma`lum tarixiy davr haeti aks ettirilgan buladi. Maslan: Temuriylar davrining taniqli musavviri Xirotli Kamoliddin Bexzod chizgan rasmlarda mehnatkash ommo haetini ham aks ettiradi. Bexzodni Sharq Rafazli deb ham atashadi. Tarixiy shaxslardan Alisher Navoi, Xusayn Bayqora, Shaybaniyxonlarning qiefalari bizga Bexzod chizgan potretlardan ma`lum bo`ldi. 2. Antik davrda yaratilgan turli xildagi amaliy bezak san`ati namunalri qadimiy xorazmliklar, baktriyaliklar, sug`diylar, marg`ienaliklarning yuksak madaniyatiga ega ekanligini nomoen qiladi. III-IV asr obidasi bo`lmish Tuproqqalaning serxasham Saroy mehmonxonalaridagi uyma ganchli rasmlar, usha davrga oid Baraxsha shaharchasida kashf etilgan ganchga bitilgan o`simliksimon naxshlar, pal`metta, burrtirib ishlangan baliq tasvirida uyilgan ganch, geometrik shakllar, qushlar, hayvonlar va baliqlarning tasvirlari ajoyib san`at namunalaridan. Ilk o`rta asrlarda afsonoviy hayvonlar tasvirini uchratamiz. Ganchgorlikning gullab- yashnashi XVII-XIX asr boshlariga to`g`ri keladi. Bu sohada o`zbek usalarida ayrim mintaqag`a xos badiiy uslub va belgilar saqlanib qolgan. Ular o`ziga xos uymakorlik maktablarini yaratibgina qolmay, o`zaro tarixiy davr jihatidan ham farqlanadilar. Agar qodimgi ganch uymakorligia deyarli hajmlik realistlik mazmun va ornamental motivli rasmlar xarakterli bo`lsa, o`rta asrlarda o`simlik va geometrik shakldagi chuqur uyib yasalgan hashamatli bezaklar paydo bo`ladi. Bizning asrimizga kelib ganchgorlik san`atida mayda rel`efli, nozik va rangli teks fonda yasalgan me`morchilik namunalari keng tarqalgan. Ganch uymakorligida yirik uyma, chuqur uyma, yassa uyma, kirma zamini kuzguli uyma, zamini rangli uyma kabi uslublar hozirgacha ishlatilmoqda. Bunday ajoyib milliy bezaklar Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet teatrida, Muqimiy nomli teatrda, kata san`at va madaniy saroylarda, juda ko`p ma`muriy va jamoatchilik binolarida, oshxona va dukonlarda keng ishlatilgan bo`lib, ular shahar xusniga xusn bag`ishlamoqda. Mashhur badiiy ganchkar ustalaridan O`zbekiston FA faxriy a`zosi, respublikada xizmat ko`rsatgan 29
san`at arbobt Shirin Muradov, Xalqaro mukofotlar sovrindori, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Abdulla Boltaev, elda kata hurmatga sozovor bulgan mohir ustalar Tashpulat Arslonqulov, Usmon Ikromov, Anvar Quliev, Shamsiddin Gofurov, Quli Jalilov, O`zbekiston FA Faxriy a`zosi Yusuf Ali Musaev va boshqalar yaratgan uymakorlik va me`morchilik san`ati xalqimizning badiiy boyligidir. e»och uymakorligi ham O`zbekistonnning barcha viloyatlarida qodimdan keng tarqalgan. eg`och uymakorligi namunalri ilk o`rta asrlarga oid Surxondare vohasidagi Yumaloktepadan, Buxoro, Xiva, Samarqand, Shaxrisabz va boshqa joylardagi kazilmlardan topilgan. Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, arablar kelishdan oldin e»ochdan yasalan ma`budoni har bir xonadonda uchratish mumkin. Arab istilosidan keyin islom aqidalarig binoan tasviriy san`atning bunday turlari, ayniqsa haykaltarashlik butunlay barhom topadi. Endilikda usta naqqoshlar eg`och buyumlarga geometrik shaklda chiziqlardan murakkab shakllar yasashga, tabiat manazarasi va o`simliklar aksini ifodalashga utdilar. XI-XIII asrlarda xalq amaliy san`atida murakkab geometrik naxsh asosiy urinni egallaydi. Bunga misol qilib XI-XII asrlarga oid Samarqanddagi Shoxi-Zinda devorining orasidan topilgan u»och uymakorlik namunasini, Quxna Urganch obidalaridagi naqshli eshik va ustun namunalarini keltirish mumkin. Temuriylar davrida yaratilgan u»oya buyumlarda hattoki tirik mavjudodlar uyib tasvirlanganligini kurish mumkin. Utgan asr oxirlariga kelib har bir zonlikda o`ziga xos turli uslubdagi uymaqorlik maktablari paydo bo`ldi. Masalan, Buxoro yog`och uymakorlik naxshning jozibadorligi, jinjima bezaklarning oltin, kumush suvi Bilan bezatilishi bilan ajralib turadi. Xiva ustalari eg`och uymasining monumentalligi, tabiiy tangning mustaxkamligi bilan farqlanadi. Marg`ilon ustalari chuqur zaminli uymani qullab kelganlar. Quqondagi Xudoerxon saroyi, Buxorodagi Sitoran Moxi-Xosa, Xivadagi Toshhovli, Marg`ilondagi Saydaxmadxo`ja madrasasi, Toshkentdagi N.K.Romonov saroyi va A.A.Polovtsev uyi va boshqalarda o`zbek ug`och uymakorligi san`atining bebaho namunalari yaxshi saqlanib qolgan. O`zbekistonning mohir ustalari o`z ishlari bilan 1925 yilda Parijda, keyin Leyptsikdagi, 1927 yilda jahon bo`yicha, 1937 yilda gazmalarda qatnashib ikkita «Gran pri», ikkita kumush medal` bilan mukofatlanganlar. 1939 yilda N`yu Yorkda bo`lgan «Kelajak olam» qurgazmasida ham qatnashib o`zbek ustalari diplom olganlar. An`anaviy naqqoshlik noeb badiiy san`at turalridan biritosh va suyak uymakorligi hisoblanadi. Bu san`atni xalq orasida toshtaroshlik va sangtaroshlik deb ham otaydilar. Ma`lumki, dastlabki ishlab chiqarish qurollari toshdan yasalgan. Ibtidoiy ajdodlarimiz toshning turli navlaridan va suyakdan har xil qurol-asboblar, uy-ruzg`or buyumlari, bezaklar taerlaganlar. Eramizning birinchi asrlariga oid obidalar (Faeztepa, Ayritom, Karatepa, Tuproqqal`a) xarsangtosh va marmardan bezak ishlarida keng foydalanilgan. O`rta asrlarda toshtaroshlik yuksak darajada rivojlanib toqomillashgan. Misol sifatida Amir Temur va Axmed Yassoviy mahbaralari, Bibixonim masjidi, Xiva, Shaxrisabz, Buxoro, Samarqanddagi masjid va madrasalarning jozibador uymakorlik toshlar Bilan bezatilganligini keltirish mumkin. Xozirgacha binokorlikda mayolika va mozaika tarzida ishlatiladigan Buxoro, Samarqand, Xiva, Quqon kabi shaharlardagi masjid-madjrasalar, karvonsaroylar va qabrlarni bezatib turgan rang barang koshinlar ham amaliy san`atning ajoyib namunalari hisoblanadi. XIX asr oxirlariga kelib bir oz inqirozga uchragan koshinchilik keyingi yillarda ta`mirchilik ishlari tufayli qayta tiklanib yana jonlandi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanib amaliy san`atning barcha sohalariga kata e`tibor berilmoqda.
1. Tasviriy san`at namunalari? 2. Tasviriy san`at ulkani urganishda axamiyati?
30
Mavzu: Toponimika ulka tarixini urganishning asosiy manbalaridan biri Reja: 1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida 2. O`lka tarixini urganishda toponimik material tuplash va ulardan foydalanish T.t. Toponim, toponim atamalar, eski atamalar. Adabietlar: 1. Nabiev A. Tarixiy ulkashunoslik. T., 1979 T., 1996 2. Murzaev E.M. «Ocherk toponimiki». M., 1974. 3. Nafasov T. O`zbekiston toponimlarining izohli lug`oti.T.,1988 4. Abdimuratov K. «Nege usыlay atalg`an».N. 1965 4. Nafasov T. O`zbekiston toponimlarining izohli lig`oti. Toshkent, 1988. 5. Nikonov V.A. Vvedenie v toponimku. M., 1965. 6. Hakimov Z. Buxoro yaqinidagi Chorbakr majmuosi. «Moziydan sado» №1-2 (5- 6). 2000. 70-73 betlar.
1. 1917 yilga qadar toponimikaning vazifasini tarixiy geografiya Fani bajrib kelgan. Toponimika geografik nomlarning, kishi ismlarining kelib chiqishini urganadigan Fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili» ya`ni er tili deb atashadi. Toponimika termini latin tilidan olingan bo`lib, «topos»-joy, «onoma –nom so`zlaridan yasalib joy nomlarini urganadigan fan degan ma`noni bildiradi. Geografik nomlar vaz amin qa`rida urganilmay etgan nomlar, insonlarga quyilgan ismlar toponimikaning urganish manbai hisoblanadi. Mikrotoponimika esa (grammatik jihatdan mayda ob`ektlarni, ya`ni turdosh otlarni) mikroob`ektlarning nomlarni tadqiq qiladi. Hozirgi vaqtda toponimika faqat kata va yirik ob`ektlar (tog`lar, urmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlar) nomlarigina emas, balki kichik ob`ektlarning (mahallalar, daralar, jarliqlar, anxorlar, dare irmoqlari, ariq va kullar) ham nomlarini urganmoqda. Nomsiz «ob`ekt» toponim emas. Toponimlar bir vaqtning o`zida tilshunos, tarixiy va geografik faktlar ham hisoblanadi hamda manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Toponimika ko`pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtojdir. Masalan, biror edgorlikning nomini urganish uchun albatta uning qaysi davrda yaratilgnini va nima sababdan shu nom berilganini tarixiy davr sharoiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi. ezma manbalarga suyangan holda nomlar quyilgan davrini aniqlashga, nomlar paydo bulishini urganishga qul keladi. Toponimika, metodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida urganishda quyidagi asosiy talablarni hisobga olish lozim: toponimlarning paydo bulishiga doir ma`lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo`lgan barcha formalarini aniqlash, nom va terminlarni usha joy bilan bog`liq holda to`plash va eng muhimlarini urganish zarur. Toponimik asarlarga vaqt, manbalar va yo`nalishlar bo`yicha joylarga aholining kuchishi, o`rnalishi kiradi. Toponimika jamiyatning muomila vositasi bo`lgan tilini, iqtisodietini, madaniyatini va tarixiy taqqietini urganish jaraenida o`sib rivojlanib boradi. Toponimika o`z ob`ektining «eshini» ham aniqlaydi. O`z navbatida toponimik nomlar tarix uchun bebaho manbadir. Geografik nomlar ma`lum hududdagi u eki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma`lum bir aholining tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma`lum bir aholining hamjihatini eki tarqoqligiga ham bo»liqdir.
31
Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida nomlar juda kam bo`lgan, keyinchalik aholi paydo bo`lib, quyilgan nomlar ham ko`p vaqtlar utishi Bilan boshqa nomlarga uzgartirilib borilgan eki butunlay yo`q bo`lib ketgan. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari urniga yangi nomlar quyiladi, bu eski nom nima uchun yo`qoldiyu, nima uchun yangi nom quyiladi, buning sabablarini aniqlash mumkin. Toponimikaga oid ma`lumot tuplashda, joylarning nomlarini urgnishda aholidan eppasiga surash uslubi qullaniladi. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hajjatxona hujjatlarini sinchiklab urganish, xalq og`zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilmgan noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimikaga oid tadqiqot olib borilaetgan tumanning tabiiy geografiyasini, utmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Shuningdek materiallar to`plash uchun bevosita tilshunoslikka oid bo`lgan va toponimlar deb hisoblangan quyidagi terminlarni bilishlari kerak. Antroponim suzi-lotin tilidan olingan bo`lib, «atropo»-odam, «onoma»-nom, kishi nomi, laqabi, familiyasi demakdir, (masalan, Mahmud Qashg`oriy, Munis Xorazmiy) antroponomika-kishi ismi, shahar, qishloq, ovul vash u kabi joylarning nomidan olingan topinimlarni urganadi (Masalan: Tokentboy, Quqonboy, Xo`jaqul, Nukusboy, Shumanoy) etnotoponim esa qabila, urug`-aymoq nomiga quyilgan nomlarni urganadi. (Qozoqboy, Qir»izboy, O`zbek, Mang`itboy). Gidronim-grekcha «gidro»-suv, «onoma»-nom, suv ob`ektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, dare, soy, jil»a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, kul va qultiq, bug`oz, sharsharalarning nomlarini urgnadi. Shu jumladan alohida terminlar qullanilishi mumkin: pelagonim-dengiz nomlarini: limonim-qo`l nomlarini, gelonimlar- baqoqlik nomlarini urganadi. Diminutiv- lotin tilidan olingan so`z bo`lib, kichraytilgan, shakldan toponim yasalishi demakdir. O`zbekistonda-cha va aq ba`zon-ik effikslari diminutiv shakldagi toponimlar yasaydi: bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Rudak), sifatlardan (Kukcha, Koracha, Saricha), etnonoimlardan (Durmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Metateza-lotin tilida metatesis-joy olmashtirish-so`zdagi tovushlarning o`rin olmashish (Besheg`och-Bechog`osh, Sayram-Sarem). Metafora (grekcha-»ko`chirich)-so`zining ko`chma ma`noda
ishlatilishi (Mingbo`loq-ko`p buloq, Tuyatosh-katta qoya). Metanomiya (grekcha-»qayta nom qo`yish»)-toponimikada joy nomining qushni ob`ekt nomiga o`tishi,asalan, dare nomining shahar, tuman nomiga aylanishi (Zarafshon daresi-Zarafshon shahri, Chirchiq daresi- Chirchiq shahri, Amudare-Amudar`e to`mani). Mikrotoponomiya (grekcha «mikro»-kichkina, «onoma»-nom)-kichik ob`ektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o`tloqlar, jorlar, yo`llar, kichik tepalar, kuchalar va hatto atoqli otga ega bo`lgan ayrim daraxtlarning nomlari. Oronomiya-er yuzining rel`f shakllari-tog`lar, chuqqilar, qirlar, daralar, teksliklar, jarlar nomlarini urganadi. Speleonim-g`or nomlarini urganadi. Polinimiya (grekcha-»polis»-shahar). Urbonomiya so`zi ham lotin tilidan olingan bo`lib, «urbs»-shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, qishloq, shaharcha, stantsiya, shaharlarning nomlarini urgatadigan maxsus fandir. Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik jihatdangina emas, balki so`z yasalishi jihtidan ham tahlil qilmoqdlar. Masalan: Jizzax, Quqon, ezevon, Galcha kabi toponimlar ikki komponentdan tuzilgan. Ammo, Qarshi (Saroy, qasr), Xisor (Qurg`on), Buxoro (bixara-ibodatxona), chim (qurg`on), en (bekat), ep (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida uchraydi. Ba`zi toponimlar xalq o»zida qisqartilib aytilishi mumkin. Masalan: Taxta (Taxtakupir, Qum (Qumqishloq), Zax (Zaxarik). Shunday qilib, toponimika uch printsipga asoslanadi: 1. Tarixni urganish; 2. Toponimlarning geografiyaga oid ma`lumotnomalarini aniqlash; 3. asosiy qidirilaetgan 32
toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida urganib, ulardan xulosa chiqarishdir. Toponimika sohasiga qiziqish ertaroqdan boshlangan. Masalan: XI asrdagi Maxmud Qashg`ariyning «Devonu lug`ot turk» asarida S.Remezov, M.V. Lomonosov, V.N.Tatiщev, A.P.Sumarokov, G.V.Miller asarlarida uchraydi. Sibir`-turk va mug`ul toponimikalariga rus arxeologi B.V.Radlov asos solgan. Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi Bilan bo»liq holda rganish, ularni klassifitsikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kata. XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch eydi. 2-jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I.Sobolevskiy, N.Ya.Marr, S.V.Veselevskiy, V.V.Bartol`d, V.P.Semenov- Tyanщanskiy, V.G.Shostakovich toponimika sohasida samarali ishlar qildi. Endilikda butun olimlar jamoasi toponomika tadqiqotlar yurgazmoqda. Bu sohada T.Nafasov («Qashqadare toponimikasi»), Sh.Qodirova («Toshkent mikrotoponimikasi») va E.Beshmatovlar o`z hissalarini qushib kelmoqda. Respublika toponimikasini o`rganishda Ya.G.Gulomov, R.N.Nabiev, A.R.Muxamadjonov F.Abdullaev, S.Ibrohimov, O`zbekistonda 1- toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov, geograflardan X.Xasanov, S.Koroev va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir. 2. Toponimikani o`rganish ma`lumot tplashdan boshlanadi. Ma`lumot yig`ish ishini boshlashdan avval ma`lumotlarni qanday va qaerlardan to`plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbat o`tkazishning hech bo`lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Shu reja va dastur asosida puxta taergarlik ishlaridan so`ng dala tadqiqot ishlari o`tkaziladi. Dalada tadqiq ishlarini amalga oshirish jaraenida aholidan eshitgan hikoya afsona va utmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam ezib boradigan maxsus daftar bulishi shart. Shundan so`ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma`lumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo`yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug`atlar tuziladi. Tadqiq qilingan va turlangan toponimik ma`lumotlar urkashunoslik muzeylarida aniqlanadi. Shuningdek, bu ma`lumotlar maxsus kutubxonalarda alohida bo`lim qilib saqlanadi. Toponimlardan nom olgan buyumlar, o`simlik, hayvonlar shu qadar kupki ba`zan hatto ularninn etimologiyasi to`g`risida uylab ham utirmaymiz. Quqon arava, buxori qovun chust pichog`i kabi so`zlarda usha joy nomlari hamon esga kelishi mumkin. Quyida toponim nomlariga misollar keltiramiz. Kimeviy elementlar: ameritsiy (Amerika). Galliy (Frantsiyaning lotincha nomi Galliya). Gol`miy (Shvetsiyaning poytaxti Stokgol`mning lotincha Gol`miya), litetsiy (Parijning lotincha nomi-Lyutetsiya), ruteniy (Rossiya) va hoqazolar. O`simlik va hayvonlardan olingan nomlar. Apel`sin-gollandcha «xitoy olmasi» demakdik, srdinka-baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan). Yorqshir-chuchqazoti (Angliyadagi York-shir grafligi). Geologiya va geografiya atamalaridan olingan toponimlar, Agat-kimmatbaho tosh (Sitsiliyadagi Akaita daresi nomidan, xalq tilida aqiq deyiladi). Alebastr-ok gips. (Misrdagi shahar va tog`). Xozarasp-ming ot, Sariosie-bosh tegirmon. Hindiqush-xshtd, qush-ulim, ya`ni hindlar o`limi ma`nosini bildiradi. Gazlamalar: Boston (AQSh shahri). Jersi (Normondiya-Frantsiya qirg`og`i yaqinidagi orol nomidan) va hakoza. Oziq-ovqat nomlari: Lagmon-(xitoycha) lag-uzun «mann»-xamir manto-»mon»- xamir, «to»-kolloday go`sht ma`nosini bildiradi. Ichimliklar nomlari: Borjomi mineral suv (Graziya shahri) essentuki (Shimoliy Kavkaz kukort shahri), Toshkent mineral suvi (Toshkent shahrining nomi) va hakozo. 33
Kita`lar (materiklar) va dengizlar nomlaridan hosil bo`lgan toponimlar, Avstraliya- grekcha «Janubiy quruqlik» degan so`z. (XIX asrdan shunday atalgan (evropa osuri tilida ereb «qun botish», «Qorongulik», «G`arb» demakdir. Osie
– ruscha Aziya, xitoycha Yasiya, yaponcha Adziya. Bu nom dastlab Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asrlarida Osie deb hozirgi Turkiyaning «arbiy qismi anglashilgan. Xullos, Osie nomi O`rta dengiz sohillariga xos atoqli otdir. Bora-bora bu nom sharqiy erlarga ham eyilib, umumlashib ketadi va avali Quyi Osie, so`ngra Buyuk Osie, Markaziy Osie singari ayrim qismlarni anglatuvchi nomlar paydo bo`ladi. Osie nomining ma`nosi turlicha manba va adabietlarda turlicha izohlangan: Aziya shahri nomidan, filosof Aziya ismidan, Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb faraz qilinadi, osuri tilida asu «kun chiqish tomon», «Sharq» ma`nosida qullanilgan. Qizil dengiz-arabcha «Baxri axmlar, grekcha Eritreya, Afsonaga kura, Eron shohi Eritr (Qizil qalpoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazilgan ekan. Bosqacha izohi: qir»oqlarida qiz»ish suv utlari va chiganoqlar ko`p bo`lganligidan shunday nom olgan. Qora dengiz janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom. Qora so`zining «shimol», «salg`in» degan ma`nosi ham bor. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda yunonlar Qora dengizni «uzoq shimol» deb ham atganlar. O`rta dengiz-evropa, Afrika va Osie o`rtalarida joylashgan dengiz. Grekcha Meditrrano «Urta er» so`zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, o`zbekcha shakli shunday qisqartirib olingan. Tarixiy sharq manbalarida ko`pincha Rum dengizi, Shom dengizi nomlari bilan ham mashhur bo`lgan. Lotin Amerikasi-Markaziy va Janubiy amerikada ispan va portugal tillari tarqalgan. Bu erda yashovchi xalqlarning asosiy qismi lotin tilida so`zlashganligi uchun shunday nomni olgan. Balkon-evropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balkon, Balkan «tog`», «tog`li er» degan ma`noni aglatadi. Turkmonistondagi Balxan nomini turklar evropaga kuchirgan bo`lishi ham mumkin. (V.F.Minorskiy). Avstriya aslida nemischa Osterreyx: ost-»sharq», reyx «ulka», ya`ni «sharqiy ulka» degan ma`noni bildiradi. Antroponimika-Turkiy «Axmet», arabcha «Axmad-maktovli, maktovga sazavor» degan ma`noni anglatadi. Baxmet turkiy «boy» eki Axmet arabcha Ahmad so`zlarining qushilishidan Baxmetov familiyasi vujudga kelgan. Saymon-turkiy «saymon» (abjir, chaqqon, dadil ma`nolarida)-Saymonov familiyasi shunday olingan. Dashiq turkiy «dushuk»-»tashuk» (dimo»dor, kekkaygan ma`nolarida) so`zlaridan «Dashkov» familiyasi kelib chiqqan va xaqozolar. Toponimik ma`lumotlar o`lkashunoslikda tariximizni chuqurroq urganishda muhim manbadir. Masalan: Toshkent shahri-Chirchiq daresining sohilida bundan 2000 yil muhaddam vujudga kelgan. Shaharda 11 ta tumon bor: Ulug`bek, Shayxontovur, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Bektemir, Sobir Raximov, Sirg`ali, Hamza, Chilanzor, Akmal Ikromov tumonlari. Toshkent 1 asrda Chochgan, V-VIII asrlarda Choch, Shosh, Shoshkent, Binkent deb otalgan. IX asrda shahar oldingi urnidan shimoli-sharq tomonda Bozsuv kanali etagida barpo bo`lgan. X asrda eronliklar «Bonokent» deb yuritilgan. Beruniy va Mahmud Qashg`oriy ma`lumotlarga ko`ra shahar XI asrdan Toshken deb atala boshlagan. Ular Toshkent «tosh shahar» demkadir deb ko`rsatadi. M.e.Massonning firkicha: Shoshtepa- »Tuproqqurg`on» ma`nosida. XVIII asr urtalarida Toshkent 4 daxaga (Sebzor, Kukcha, Vesha»och, Shayxontovur) bo`lingan bo`lib, ularning har birini mustaqil hoqim boshqargan. Bu davr tarixda «Chor hokim» (to`rt hokim) nomi bilan mashhur. Shaharning 12 ta darvozasi bo`lgan: 1) Labzak. 2
34
Taxtapul, 3) Karasaroy, 4) Sagbon 5) Chig`toy, 6) Kukcha, 7) Samarqand, 8) Kamolon, 9) Beshe»och, 10) quqon 11) Qashg`ar, 12) Quymas. Sagbon atamasining ma`nosi «itbokor» demakdir. U qadimgi otashparastlik e`tiqodi bilan bog`liq. Taxtaaul-»taxta»-eg`och, pul-fors tilida ko`prik, ya`ni taxta ko`prik ma`nosini bildiradi. Termiz Grek Baktriya davlati davrida «Tarimata» nomi Bilan, Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan, samoniylar davrida «Shahriy somoniy» delingan. X asr oxirida shahar yana «Termiz» deb ataladi. Samarqand-Afrosieb, Marokanda, Samariana, Saramanka, Sakkana, Sanman-gen, Samakiyan, Sumron, Shamarkent, Samaran, Simroyat kabi variantlari bor. Sug`d tilida Samarokansa, IX asrdan boshlab fors tlida «Samarqand» deb atala boshlaydi. Turkcha «Semizkent» deyilgan. Bu so`zni «semiz shahar», «boy shahar» ma`nosini bildiradi degan fikr Beruniy, M.Qashg`ariy, Bobur, Mirxond, Klavixo asarlarida ham baen etiladi. Buxoro-Narshahiy o`zining «Numijkat», «Bumiskat», «Madinat-us-Sufriya»-yaxni «mis shahar» , «Madinat ut tujkor» ya`ni «Savdogarlar shahri» degan nomlarini aytadi. Hadisda Buxoro-Foxira deb ko`rsatilgan. V.A.Livshits fikricha Vixara (sanskritcha) so`zi sug`d tilida parxar shaklida kirgan. Vixara «ibodatxona» degann bildiradi, ya`ni «ilm makoni» demakdir. Xofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanomasida» Buxoro shahrining nomi aslida Limijkat bo`lgan deyiladi. Jizzax-asli oti Dizak. Diz-sug`dcha-»qal`a», «istekxom» demak, aq-bizdagi «cha» qushimchasiga tug`ri keladi. Demak «qal`acha». Nukus-urug` atamasidan olingan. K.Abdimurodovning ta`kidlashicha Nukus suzi- Eron tillariga mansub bo`lib nux-»tukkiz» kass «odam» shaklida yasalgan deyiladi ya`ni «9 bahodir» ma`nosida. (K.Abdimurodov, O proisxojdenii nazvaniya «Nukus», Vestnik KK N, 1965, N1, s.93-94). Yana bir ma`lumotga ko`ra Nukus Xorazm tilida so`zlovchi xalq tomonidan atalgan deyiladi. Bu shhar Xorazmshohlar hukmdorligi hududida qurishga ruxsat etilgan. Bu so`zning etimologiyasi Xorazm tili misolida aniq tushuntiriladi: Nux Nuv «Yangi, kass «Bekinch». («materialы po istorii turkmen i Turkmenii.t. 1. M-L.,1939, s.187). Demak, Nukus-»Yangi bekinch», «Yangi ovul» demakdir. E.Murzaevning fikricha Nu «tukkiz» Kesh-»uyi, joyi» degan ma`noni bildiradi. Shunday qilib, ulkashunoslikda toponimik tadqiqotlar ahamiyatli bo`lib, jumladan joylardagi har xil tarixiy-me`moriy edgorliklar nomlarining tarixini bilish ham zarurlidir. Ulkashunos-tarixchi bu edgorliklarning dastlabki va keyingi utmishini kimlarga tegishli bulganligi va hozirgi ahvoli, qanday maqsadlarda foydalanaetganliklari haqida ham batafsil ezib, bilib olishlari-ulkamiz tarixini yana ham chuqur urganishimizga yo`l ochadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling