«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil


Harakat miqdorini o‘sishini hisoblash


Download 1.32 Mb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1500175
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YHBTV kurs loyihasi

Harakat miqdorini o‘sishini hisoblash.

SNiP 2.05.02 – 85 talabiga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining kategoriyasini kelajakdagi harakat miqdori qiymatiga asosan belgilanadi. Bu muddat o‘z navbatida 20 yil qilib belgilangan. Ya’ni loyihalash boshlangan yildan hisoblab 20 yildagi harakat miqdori qiymatiga ko‘ra, yo‘lning ko‘ndalang va bo‘ylama kesimdagi unsurlari (elementlari) qiymatlari hisoblab topiladi yoki belgilanadi. Shuning uchun kelajakdagi harakat miqdorini xisoblab topish muxim axamiyatga egadir. O‘z navbatida harakat miqdori quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:




Nn=N1(1+α)n-1
bu еrda:
N1- mazkur yildagi yil bo‘yicha bir sutkalik harakat miqdori
α- harakat miqdorining yillik o‘sish sur’ati koeffitsienti
n- hisobiy yil ko’rsatkichi (20 yil uchun n=20).

“α”ning qiymati loyixalash bajarilayotgan hududda iqtisodiy izlanishlarni bajarib aniqlanadi. Ya’ni loyixalash hududidagi iqtisodiy rivojlanish, sanoat korxonalari va turli ob’ektlarni qurilish suratlari maxsulotlar ishlab chiqarish xajmlari va turli yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashish miqdorini o‘sishini xisbga olgan xolda belgilanadi.


“α”ning o‘rtacha qiymatlari quyidagi jadvaldagidek belgilanishi mumkin.





Avtomobil yo‘llarining xalq xo‘jaligidagi axamiyati

Tumanlar

Yangi o‘zlashtirilayotgan

Uncha rivojlanmagan

Yuksak rivojlangan

Umumdavlat ahamiyatidagi

0.05 – 0.06

0.04 – 0.05

0.03 – 0.04

Respublika ahamiyatidagi

0.06 – 0.07

0.05 – 0.06

0.04 – 0.05

Viloyat va maxalliy ahamiyatidagi

0.07 – 0.08

0.06 – 0.07

0.05 – 0.06


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling