Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Download 2.35 Mb.
bet49/123
Sana17.08.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1667659
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
UMK UMUMIY-4 yillik

Affekt

Ehtiros

Ruhlanish

Kayfiyat uzoq muddatli, o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan ruxny holatdir. Odamdagi hursandlik yoki g’amginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi. Shaxsning o‘z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik ruhiy tushkunlik g‘amginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining, ruhiy tushkunligi gamginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo‘lgan odamlar o‘z kayfiyatlarini boshqara oladilar. Hamma vaqt ularning ruhi tetik dimog‘i choq bo‘lib yuradi. Ular o‘z kayfiyatlarining quli bo‘lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo‘lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi. Ular kayfiyatning ko‘rinishlarini azob va qiynoq bilan o‘tkazadilar.

Tez paydo bo‘ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat a f f e k t dir. Odam affekt holatida o‘zini bilmay qoladi, hatti - harakatlarini nazorat qila olmaydi. To‘satdan yo’z beradigan kuchli tarzdagi qo’rquvga, g‘azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt holatidir. Bu holat odamda to‘satdan paydo bo‘lib, ba’zan hatto bir necha minut davom etadi. Odamdagi bu holat baqirish - chaqirish, hayqirish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi. Nutq keskin ravishda buziladi. Ba’zi hollarda affekt holati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yo’z beradi. Organizm bo‘shashadi. odam o‘zini tuta olmaydi. Mustahkam irodali odamlar affekt holatida ham o‘zlarini tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch holatlarini osonlik bilan o‘tkazadilar. Ular affekt holatiga kam beriluvchi bo‘ladilar. Qizg‘in temperamentli odamlar, ayniqsa affekt holatiga beriluvchan bo‘ladilar. Ehtiroslar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘ladilar. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo‘lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichilikbozlikka, qimorga, k:artabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo‘lgan ehtiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy mohiyatga ega bo‘lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruhlanishdir. Odam faoliyatining muvaffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho, uni rag‘batlantirish ham odamning ruhini ko‘taradi, tetiklashtiradi.


Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling