«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Maktab ishini boshqarish va unga rahbarlik qilish


Download 1.4 Mb.
bet102/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Maktab ishini boshqarish va unga rahbarlik qilish.
Rahbarga ijtimoiy-pedagogik talablar.
Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishdan iborat.
Konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshirishi, o’quvchilarni har tomonlama kamol topishi uchun, ularning iste’dodi, qobiliyatini aniqlash, yuzaga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishi, shu bilan birga o’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlarini va qo’shimcha bilimlar olishi uchun imkoniyatlar yaratib berishi lozim.
Bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatini to’la aniqlaydigan, izlanuvchan fidoiy inson, o’zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog’lom avlodni tarbiyalash kabi vazifalarni bajarish umumiy o’rta talim maktabining bosh vazifasidir.
Maktab ishini har jihatdan to’g’ri tashkil qilish uning samarali natijasi garovidir. O’quvchilarni tarbiyalash ko’plab kishilarning umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan, demak bu mehnatning muvaffaqiyati ko’p jihatdan ularning kuchlari qanchalik to’g’ri yo’naltirilganligiga bog’liqdir, maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bog’liqdir, bu esa o’z navbatida maktab ishini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bog’liqdir. Maktabni boshqarish demokratiya, oshkorlik, o’z-o’zini boshqarish prinsplari asosida amalga oshiriladi.
Maktab jamoasi o’ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo’mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
Maktablarda pedogogik, metodik, vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo’mitasi Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari bilan o’rnatilgan tartibda, tasdiqlangan tegishli nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko’rsatadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabini uning rahbari-direktor boshqaradi.Maktab direktori o’quvchilarga mehr-muhabbatli, pedagogik jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lshi,yuksak axloqiy va tashkilotchilik, ijodkorlik, izlanuvhanlik ishbilarmonlik kabi kasbiy sifatlarga ega bo’lishi, keng jamoatchilik, o’quvchi-o’qituvchi va ota-onalar oldida obro’-e’tiborga, hurmatga sazovor bo’lishi kerak.
Maktab direktori bilimdan, sabr bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’ziga jalb qila oladigan, mustaqil fikrga ega,har qanday vaziyatda ham to’g’ri qaror qabul qila olishi kerak
Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi yoshlar orasida targ’ib qilishi, xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlarini yaxshi bilishi lozim.
Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z fazilatida hisobga olishi,kelajakni ko’ra olishi, hamma xodimlarni joy-joyiga to’g’ri taqsimlashi, har bir xodimdan o’z joyida mohirlik bilan foydalanishi, moddiy resurslarni kengaytirish to’g’risida har doim g’amxo’rlik qilishi lozim.
Jamoa bilan ishlay olish, bolalarni tarbiyalash va o’qitishdan iborat yuksak vazifalarni bajarish yo’lida pedagoglar jamoasini torta bilish,ular fikriga,tanqidga quloq solish, sezgirlik bilan yondosha bilishi, ishni sidqadildan bajarib, zarur vaqtda malakali yordam ko’rsata olishi bilan obro’ qozona olish- direktorning muhim sifatidir.
Maktabning o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga rahbarlikni maktab direktori olib boradi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling